ARMAN ADABIYOTI
Arman xalqi qadimiy boy madaniyat va adabiyotga ega. Ertak, qo`shiq, terma, epik
doston va afsona, maqol va hikmatli so`zlarni o`z ichiga olgan arman xalq og`zaki ijodi
yozma adabiyot uchun asos manba sanaladi. Turli davrlarda ijod etilgan Artashes va
Snetik, Tigran va Ajdaak, Arshak va Shapux, Tarush va Mush, Mokaz Mirzolar
to`g`risidagi dostonlarning katta tarixiy hamda ma’naviy ahamiyati bor. VIII-X asrlarda
arab bosqinchilariga qarshi kurashgan arman xalqining hayotini qahramonlik dostoni
«Sosunlik Davud», o`z ichiga singdirgan. Arman xalq og`zaki ijodi namunalaridan- XIX-
XX asrning taraqqiyparvarlari X.Abovan, P.Proshyan, G.Agayan, A.Isaakyan,
O.Tumanyanlar o`z asarlarida keng ko`lamda foydalanishgan.
V asrga kelib armanlarning mustaqil davlat bo`lib birlashishiga intilishlari
kuchaygan bir vaqtda adabiy hayotning birmuncha jonlanishi arman tilida yozma
adabiyotning paydo bo`lishiga ehtiyoj tug`dirdi.
VI asrda (393) mashhur ma’rifatparvar olim-episkop Mesrop Mashtoq tomonidan
arman yozuvining ixtiro qilinishi original va tarjima adabiyotining jadal tarzda
rivojlanishiga turtki bo`ldi.
VII-IX asrlarda arab istilochilari zulmida armanlar ezilgan va 886 yildagina ozod
bo`lgan bo`lsa, XI asr o`rtalarida Vizantiya bu xalqni mustamlakasiga aylantirdi. XII asrda
Gruziyaning ko`magi bilan armanlar Vizantiya va saljuqiylar bosqinidan ozod bo`lishdi.
Mustaqil armanga Kilikiya rodsholigi o`rnatildi. XII asrga kelib «grabar» deb ataluvchi
qadimgi arman tili o`lik tilga aylana borib, shoirlar o`z asarlarini «O`rta arman tili» deb
yuritiladigan tilda yoza boshladilar. XIV asrda Kilikiya davlati yiqitilib, Eron va Turkiya
hukmdorlari tarafidan armaniston tuprog`idagi xalq talandi. Ammo armanlar o`z ona
tilining sofligi va milliy adabiyotining ravnaqi uchun kurashni izchillik bilan davom
ettirdi. Bu sohada Ovanes Tulkurantsi (XIV) Mkrtich Nagosh (XIV), Grigor Axtaramtsi
(XVI), Naapeg Kuchak (XVI), Nagash Ovnagan (XVIII), Bagdasar Dpir, Sayat Nova
singari shoir va adiblarning xizmati katta. XIX asr boshlarida Sharqiy Armanistonni
Rossiya bosib oldi. Uch tarafdan ezilgan arman xalqining ohu-nolalarini arman
adabiyotining asoschilaridan biri Xachutur Abovyan o`zning «Armaniya yaralardi» asarida
tasvirlagan. G`afur G`ulom, Uyg`un, Sharof Rashidov, Zulfiya singari yozuchilarning
asarlari chop etildi. O`zbek kitobxonlari O.Tumanyanning «Anush», Ye.Charentsning
«Charentsdan salom», N.Zaryanning «Atsavan», G`.Sevuntsning «Tehron» epopeyasi,
Kaputikyanning she’riy to`plamidan bahramand bo`lishdi. Shu barobarida «Farhod va
Shirin» ni Mikael Koryun arman tiliga, «Sosunlik Dovud» eposini Maqsud Shayoxzoda va
G`afur G`ulom o`zbek tiliga tarjima qildilar. Hozirda Armaniston milliy markazi to`laqonli
faoliyat yuritib, ikki mustaqil davlatning hamkorligini mustahkamlashga harakat qilyapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |