O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа`limi vаzirligi


ABDURAHMON JOMIY (1414-1492)



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/100
Sana02.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#307813
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   100
Bog'liq
Jahon Adabiyoti Ma'ruzalar Matni

ABDURAHMON JOMIY (1414-1492)
XV asr fors- tojik adabiyotining rivoji uchun eng muhim davr bo`ldi. Temuriylar
saltanatining   takomili,   temuriyzoda   hukmdorlarning   fan   va   san'atga   homiyligi   misli
ko`rilmagan   darajadagi   yutuqlarga   olib   keldi.   Hirot,   Xuroson,   Movorounnahr,   Shom,
Samarqad ulkan madaniyat va ma'rifat maskaniga aylandi. Tasviriy san'atda Kamoliddin
Behzod, Mirak Naqqosh, Qosimali, Muhammad Muzahhib, Muhammad Naqqosh, Shoh
Muzaffar,   naqqoshligu hattotlikda Amir Ali Tabreziy, Sulton Ali Mashhadiy, Sulton Ali
Xandon,  Mir Ali  Qilqalam,  Darvesh  Muhammad  Buxoriy,  Udiy, Hoja Yusuf,  Darvesh
Ahmad G`ijjak nom chiqargan bo`lsa adabiyo muhitda bir qator adibu ulumolar qalam
tebratishdi.   Shoir   Ashraf-   Shohruh   Mirzo   zamonida   Hirtda   yashagan.   Nizomiyning
«Maxzan ul asror» iga javob tarzda «Minjoh ul -afror», «Haft paykar»iga «Haft avrang»,
«Layli va  Majnunga» «Riyoz ul-oshiqin»,  «Xusravu Shirin» ga «Ishqnoma» asarlarini
yozgan. Beshinchi asarni ham bitgani haqida ma'lumot bor, xolos. Ali Osiy «Layli va
Majnunga» javob tariqasida «Xayol va visol», Faseh Rumiy «Xamsa», Xoja Imomiddin
Lohuriy «Layli va Majnun», Amir Shayxim Suhayliy  «Layli va Majnun», Abdullo Hotifiy
«Xamsa»,   Kotibi  Turshezi   Nishopuriy   «Gulshani   abror»,   «Nazir   va   Manzur»,   Kotibiy
«Synoma»,   Mavlono   Orifiy   «Go`yu   Chavgon»,   Mavlono   Muhammad   Ahlii   Sheroziy
«Sha'mu   parvona»,   «Sehri   xalal»   asarlarini   yozgan.   Shu   bilan   birga   Qosim   Anvar,
Jamoliddin   Hamzai   Azuriy,   Og`a   Malik   Shohiy,   Sirojiddin   Bisoti     Samarqandiy,
Burunduqi  Buxoriy   kabi  shoirlar  g`azal  janrini  baland  mavqega   yetkazishdi.  Ayni  shu
davrda   yashagan   Husayn   Voiz   Koshifiyning   «Anvori   Suhayliy»   asarini,   Davlatshoh
Samarqandiyning «Tazkirat ush-shuaro» tazkirasini ta'kidlash joiz.
14


Aim.uz
Abdurahmon   Jomiy   hijriy   817-yilning   23   sha'boni   melodiy   1414-yilning   8-
noyabrida   Jom   shahrida   tug`ilgan.   Otasi   Ahmad   ibni   Muhammad   Dashtiy   o`z
zamonasining   yetuk   ziyolilaridan   edi.   Uning   avlodi   Isfahondan   Jomga   ko`chib   o`tadi.
Otasi bilan Hirotga kelgan Jomiy Nizomiya madrasasida Junayd Usuliydan ilk saboqni
oladi. Keyinchalik zamonasining ulug` mudarrislari Mavlono Xojali Samarqandiy, Sayid
Sharif Jurjoiy, Shahobiddin Muhammad Jojarmiy, Sa'diddin Taftazoniylardan saboq oladi,
so`xbatlaridan bahramand bo`ladi.
Jomiy   Naqshbandiya   tariqatining   buzurg   murshidlaridan.   Uning   tariqatdagi   ilk
ustozi Sa'diddin Qoshg`ariy, ikkinchisi Xoja Ahrori Valiy edi. Hayot davomida Jomiy yetti
marta safar qilgan:
Avvalo Jomdan Hirotga; ikkinchisi, Shohruh Mirzo zamonida ilm olish maqsadida
Samarqandga;   uchinchisi,   Samarqanddan   Hirtga;   to`rtinchisi,   Xoja  Ahrorni   kutib   olish
maqsadida   Hirotdan   Marvga;   beshinchisi,   1466-yilda   Xoja   Ahrori   Valiy   suhbatlariga
yetishish uchun samarqandga; oltinchisi, Samarqandga. Ayni shu safar chog`ida Toshkand
atrofida 1469-1470 yillarda Xoja Ahror bilan uchrashadi. yettinchisi, 1471-yilda Hirtdan
Hijozga, Makkaga. Safar chog`ida Jomiy, Nishopur, Sabzavor, Bastom, Domgon, Simnon,
Qazvin, Jomiy Hirotga qaytib, umrining oxirigacha shu joyni manzil qiladi. U 1492-yil 25-
noyabrda (hijriy 898, 17 muharram) Hirotda vafot etadi. Ulug` murshidning o`limi Navoiy
kabi   shaogirdlarga   juda   og`ir   edi.   Hazrat   Alisher   ustoziga   bag`ishlab,   «Xamsat   ul-
mutahayyirin» asarini yozgan  edi.
Jomiy adabiy merosini quyidagilar tashkil etadi:
1. «Haft avrang» (haft sitora, haft taxt)
- «Foteh-ush-shabob» (1479)
- «Vasat ul-aql» (1480)
- «Xotimat ul-hayot» (1491)
- «Silsilat-uz-zahob» (1485)
- «Tuhfat ul-ahror» (1481)
- «Solomon va Absol» (1485)
- «Suhbat ul -abror»(1481)
- «Yusuf va Zulayho» (1483)
- «Layli va Majnun» (1484)
- «Xiradnomai Iskandariy» (1484)
2. «Bahoriston»
3. «Nafahot ul-uns»
4. «Risolai muammoi kabir»
5. «Risolai mutavassit»
6. «Risolai tarihi xojagon»
7. «Manoqibi xoja Abdulloi Ansory»
8. «Risolai qofiya»
9. «Favoidi Ziyoiya fi sharhi qofiya»
10. «Sarfi forsii manzum va mansur»
11. «Risolai Aro`z»
12. «Risolai musiqy»
13. «Munshaot»
14. «Risolai tarihi» so`fiyon»
15. «Ash'at – ul-lamaot»
15


Aim.uz
16. «Sharhi ruboiyot»
17. «Sharhi bayte chand az masnaviy Mavlavy»
18. «Risolai taqiqi mazhai so`fy va mutakallim va hakim»
19. «Tarchutai arabayni hadis»
olimlarning   fikricha,   Jomiyning   barcha   asarlari   96   nafarni   tashkil   etadi.   Uning
tasavvuf  tariqatiga   mansubligi   g`azallarida   ham    o`z   ifodasini   topgan.   Shu   barobarida
asarlar   qat-qatida   xalq   og`zaki   ijodining   namunlari   sindirilgan.   Jomiy   g`azalchilikda
Xayyom va  Hofiz yo`lidan borsa, qit'anavislikda Ibn Yamin, dostonchilikda Sa'diyni ustoz
deb biladi. Masalan, «Bahoriston» da boblarni tartib berish, hikoyatlarni joylashtirishda
«Guliston» an'anasidan foydalanadi.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish