HOFIZ SHEROZIY (1320-1389)
Sharqningetuk vakili, shoir, mutafakkir Hofizning tarjimai holi haqida to`liq
ma'lumot yo`q. Ba'zi she'riy baytlarda shoir o`z tarjimai holi haqida gapiradi, xolos.
Shamsiddin Muhammad Hofiz Musallo mahallasida (Sheroz shahri) savdogar oilasida
tug`ilgan. Uning avlodi savdogar-tijjorlarga mansubligi uchun «Xoja» taxallusi berilgan.
Shoirning bobosi asli Isfahonlik bo`lib, Sherozda hunarmandchilik va savdo-sotiq qilardi.
Shoir oilasida uch o`g`il bo`lgan. Hofiz Sheroziy kattasi edi. Otasi vafot etgach Hofizning
oilaviy ahvoli qiyinlashadi. 1882-yilda Bombeyda nashr etilgan Hofiz kulliyotida
uqtiriladiki, Hofiz tirikchilik vajidan nonaoyxonada ishlagan. U bir qism topgan puliga
onasi va o`zini boqqan, bir qismini madrasaga sarflagan, yana bir ulushini beva-
bechoralarga tarqatgan. Keyinchalik ilmni mukammalroq o`rgangach, madrasda
mudarrislik qila boshladi. Asta-sekin Hofizning obro`yi osha boshladi. Forsu Iroq,
Ozarbayjonu Eron, Hindiston, Movorounnahru Xuroson shoir ash'aorlaridan bahramand
bo`la boshladilar. Bir baytida Hofiz yozadi:
12
Aim.uz
Ba she'ri Hofizi Sheroz mexonandu meraqsand,
Siyahchashmoni kashmiriyu turkoni Samarqandy.
Hofiz Sheroziyning adabiy merosi unchalik katta emas, bor-yo`g`i bir devon
kulliyot. O`zi devon tuzishga rag`bat ko`rsatmagan bo`lsa-da, jamoatchilik uning
she'rlarini jamlab, hijriy 827, melodiy 1423-yilda tartib berishgan. Mazkur kulliyotga 4
qasida, 495 g`azal, 34 qit'a, 2 masnaviy, 41 ruboiy jamlangan. She'rlarning asosi g`azal.
Unda jamiyatning turli qatlami, hayot tarzi, dunyoqarashi o`z ifodasini topgan. Shoir
yozadi:
Ustodi g`azal Sa'dist peshi hama kas, ammo,
Dorad suxani Hofiz tarzi suxani Xochu.
Shoir ijodini shartli ravishda ikkiga bo`lish mumkin: avvalo-davrayi javoni-yoshlik,
yigitlik to qirq yoshigacha. Ayni shu davrda zahmat va qiyinchilik, ilm tahsili, mayxo`rlik,
aysh-ishratu ulfatnamozlik paytlari:
Mo aybi kas ba rindivu masty namekunem,
La'li buton xush astu man xushg`uvor ham.
Hofiz yozadiki, yigitlikda mayu sharob, zebo majlislar yarashadi, qarilikda toatu
ibodat. Ammo hamma vaqt inson qilgan ishdan xulosa chiqarib, gunohlari uchun tovba
qilishi kerak:
Gar mayfurush Hochati rindon ravo kunad,
Ezid gunah bubaxshadu avfi xato kunad.
Hofizning ishq va so`fiylik to`g`risidagi fikrlari, ayniqsa so`fiylarning tabaqalanishi
alohida diqqatga molik. U haq kishilarni uch tabaqaga bo`ladi:
1. Zohidlar-karomat va ilohiy ilmdan bexabar, faqatgina dunyodar tarki invizo
qilgan xudojo`ylar, ya'ni ibodlar.
2. So`fiylar-hamma ishni xudodan bilib, zuhdu-taqvo bilan band muddaiyonlar.
Ularni «malomatiylar» deb ham atashadi. Shoir yozadi:
Vafo kunemu malomat kashemu xush boshem,
Ki dar tariqati mo kofirist ranchidan.
Ammo Hofiz zohidlikning qotib qolgan aqoidlarga qarshi bo`lsa-da, dinsiz emas.
Man na on rindam, ki taroi shohidu sog`ar kunam,
Mo`htasib donad, ki man in korho kamtar kunam.
3. Haq oshiqlari-odamlar orasida yashab, toat-ibodatni unutmagan holda halol,
pokiza tirikchilik o`tkazadiganlar
Visoli o` zi umri chovidon beh,
Xudovando, maro on deh, ki on beh!
Hofiz lirikasidagi eng muhim tushuncha – may. G`azallarda u quyidagi ma'noni
anglatadi:
Ijtimoiy hayotga nafratni ifodalash vositasi:
Soqiyo barxezu dar deh chomro,
Xok bar sar kun g`ami ayyomro.
2. Odamlarni ogohlikka chaqiruvchi qurol:
Bar mehri charxu ishvai u e'tibor nest,
Ey voh bar kase, ki shud emin zi makri vay.
3. May Hofizning «men» ini ifodalovchi asosiy omil. Masalan, ba'zi bir
aqidaparastlar musiqa va nag`mani insoniyatga makruh deb bilishadi:
Zohid sharobi kavsaru Hofiz piyola xost,
13
Aim.uz
To dar miyona xostai kirdigor chist?
Hofiz tu to ba kay g`ami molu jahon xo`ry,
Bisyor g`am maxo`r, ki chahon nest poydor.
Ma'naviy va lafziy san'atkorlar Hofiz g`azallarida o`zining go`zal ifodasini topgan.
Tashbeh:
Subhi davlat medamad, ki chomi hamchun oftob,
Fursate z on beh kucho boshad, bideh chomi sharob!
Tajohuli orifona:
Bog`i maro chy hochati sarvu sanavbar ast?
Shamshodi soyaparvari man az ky kamtar ast?
Tazod:
Zi podshohu gado forigam, bihamdulloh,
Gadoi hoki dar do`st podshohi man ast.
Talmeh:
Man az on husni ro`zafzun, ki Yusuf dosht, donistam,
Ki ishq az pardai ismat burun orad Zulayxoro.
Laffu nashr:
Faryod, ki az shash chihatam roh bubastand,
On xolu xatu zulfu ruhu orazu qomat.
Hofiz Sheroziy ijodiyoti nafaqat fors-tojik adabiyoti namoyandalari bilkim jahon
adabiyoti vakillari uchun ulug` manba sanaladi. Agar Hazrati Navoiy Hofiz she'rlariga
tatabbu' bitib, o`z shogirdlik mehrini ifodalagan bo`lsa, nemis klassigi Iogan Volfgang
Gyote «G`arb va sharq» asarini Hofizdan o`rganib, Hofizona usulda bitdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |