O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа`limi vаzirligi



Download 0,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/100
Sana02.01.2022
Hajmi0,6 Mb.
#307813
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   100
Bog'liq
Jahon Adabiyoti Ma'ruzalar Matni

BERDAQ (1827-1900)
Berdimurod Qarg`aboy o`g`li Berdaq Muynoq tumanida baliqchi oilasida tug`ilgan.
Yoshligida ota-onasi vafot etgach, shoir ovulma-ovul yurib tirikchilik qiladi. Dastlabki
tahsilni ovulidagi maktabda keyinchalik madrasada davom ettiradi. Berdaqning ijodi 18-19
yoshlarida   do`mbira   chertib   she'r   aytishidan   boshlangan.   25   yoshida   ichte'dodli   shoir
sifatida xalq orasida tanildi. Berdaq xalqning ahvolini yaxshi tushunardi. Uning «Xalq
uchun»   she'rida   mavjud   hayot   hech   bir   bo`yoqsiz   tasvirlangan.   Shoirning   «Shajara»,
«Xorazm»,   «Amongeldi»,   «Aydosbiy»,   «Ahmoq   podsho»   asarlarida   ilk   bor   jafokash,
munis   ayollar   siymosi   chizilgan.   O`zbek   kitobxonlari   1961-   yilda   Berdaqning   she'rlar
to`plamidan bahramand bo`lishdi.
Yigit bo`lsang arslon kabi tug`ilgan,
Hamisha sen xizmat etgil xalq uchun.
Yigit bo`lsang asrlon kabi tug`ilgan,
O`zim deyman, g`amxo`rlik  qil xalq uchun.
32


Aim.uz
Shoirning   nazdida,   yigit   kishi   el   yurti   uchun   xizmat   qilsa,   murodiga   yetadi.
Dushmanning dodini bersa, Vatanni himoya qilsa, ulus undan minnatdor bo`ladi.
Etarsan murodga, gar xizmat etsang,
Eling yo`llaganda har qayon ketsang.
Har qachon dushmanning boshiga yetsang,
Kuch ayamay, xizmat ayla xalq uchun.
Bilim insonni yuqori cho`qqilarga olib chiqadi. Agar yigit bilimdon bo`lsa, ustiga
ustak hunar egasi bo`lsa, xalqqa undan katta foyda keladi.
Yigit degan yaxshi bilimdon bo`lur,
Bilim, hunar yigit uchun shon bo`lur.
Aqlsizlar ishi ko`p yomon bo`lur,
Ahmoqlar hech xizmat etmas xalq uchun.
Berdaq   o`zining   og`ir   ahvolda   yashagani,   yoshligida   ovulma-ovul   yurib   og`ir
mehnat qilganini satlarda jo etgan.
Bo`lmadi hech yerda manzil-makonim,
Zahru zaqqum bo`ldi ichgan-eganim.
Aytmas-da bo`lmadi mening deganim,
Kuyganlikdan jon qiynalur xalq uchun.
Ammo shoir barcha qiyinchiliklarni xalq, el-ulus farovonligi yo`lidagi qiynalish deb
qabul qiladi. Og`ir kunlar o`tib, yaxshi, farovon, ozod kunlar kelishiga ishonadi:
Shoir edim, ko`zim ko`rganin yozdim,
Ko`nglimning bilganim, sezganim yozdim.
Zamon jafosidan sarg`aydim, ozdim,
Kelurmi deb yaxshi kunlar xalq uchun.
«Yoz   kelurmi»   asari   Berdaqning   siyosiy   qarashlarini   to`liq   aks   ettirgan.   Unda
istilochilar   tomonidan   ezilgan   qoraqalpoq   xalqining   ko`ksiga   qachon   istiqlol,   ozodlik,
quyoshi tegarkin degan ilinj yotibdi.
Dovul turdi, tuman yurdi,
Fuqaroga yoz kelurmi?
Qo`shnimning qamishin surdi,
Fuqaroga yoz kelurmi?
Qish   va   yoz   faslining   qarama-qarshi   qo`yish   asnosida   shoir   aytmoqchiki,
istilochilarning hatti-harakati qishga, fuqaroga ozodlik kelishi yozga mengzatiladi.
Jon achitar qora sovuq,
Yoz kelmasdan bo`ldi yovuq.
Umr bo`yi shunday xo`rlik,
Fuqaroga yoz kelurmi?
Qishning qahri shunchalik qattiq keldiki, bechora fuqarolarningn ichishga yovg`oni,
yurishga ot ulovi, yotishga to`shak-to`shi qolmadi.
Yovg`onim yo`q, ichay desam,
Ot-ulov yo`q , tushay desam.
To`shagim yo`q, to`shay desam,
Sho`rlik elga yoz kelurmi?
Shoirning   ozodlik   haqidagi   ilinjlari   u   yoki   bu   darajada   boshqa   asarlarida   o`z
ifodasini  topgan.  Umr   bo`yi  haq  va  haqiqat   deb  kurashgan  shoir  ishonadiki,   yashnab,
yayrab yoz fasli keladi.
33


Aim.uz
Haq qayda, haqiqat qayda?
Shunday azob hamma joyda.
To`qlaridan yo`q, qittak foyda,
Yashnab, yayrab yoz kelurmi?

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish