O’zbеkistоn rеspublikаsi хаlq tа’limi vаzirligi nаvоiy dаvlаt pеdаgоgikа instituti


O‘qituvchining pedagogik texnikasi-



Download 2,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/86
Sana05.08.2021
Hajmi2,41 Mb.
#139329
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   86
Bog'liq
pedagogik mahorat

O‘qituvchining pedagogik texnikasi-nafaqat ta’lim-tarbiya jarayonida, balki 
butun  mehnati  faoliyatida  zarur  bo'lgan  umumiy  pedagogik  bilim  va 
malakalarining  yig'indisidir.  Pedagogik  texnikaning  muhim  jihatlari-pedagogik 
faoliyatda uning savodli va ifodali so'zlay olishi, o'z fikr-mulohazasini va bilimini 
tushunarli tilda ta’sirchan bayon qilishi, o'z his-tuyg'ularini jilovlay olishi, o'zining 
shaxsiy xususiyatlariga xos mimik va pantomimik qobiliyatlarga ega bo'lishi, aniq 
imo-ishora,  ma’noli  qarash,  rag'batlantiruvchi  yoki  istehzoli  tabassum,  so'zning 
cheksiz  qudrati  orqali  o'quvchilar  ongiga  va  tafakkuriga  ta’sir  o'tkazishi, 
hozirjavoblik,  psixologik  bilimlarga  ega  bo'lishi  kabi  o'qituvchining  mahoratini 
belgilovchi qizg'in mehnatida namoyon bo'ladi. 
O'qituvchi  mehatida  pedagogik  texnika  qanday  ko'nikma  va  malakalardan 
iborat  ekanligi,  pedagogik  texnika  o'qituvchining  ta’lim  muassasalarida  ta’lim-
tarbiyaviy  faoliyatini  zamonaviy  talablar  asosida  tashkil  qilishida,  o'quvchilarga 
tarbiyaviy  ta’sir  ko'rsatishida  qanday  ahamiyat  kasb  etishi  doimo  dunyo 
olimlarining diqqatini o'ziga jalb etib kelmoqda. 
O'qituvchi  mehnatida  pedagogik  texnika  uning  shaxsiy  axloqiy  fazilatlari  va 
xulqi  bilan  bog'liq  bo'lib,  ayniqsa,  o'z-o'zini  boshqarish  malakalarida  (  refleksiya) 
namoyon bo'ladi: 
• 
o'z xatti-harakatlarini boshqarishi, (mimika, pantomimika); 
• 
o'z  hissiyotini  va  kayfiyatini  jilovlay  olishi  va  turli  nojo'ya  ta’sirlarga 
berilmasligi; 
• 
ijtimoiy perseptiv qobiliyatlarga (diqqat, kuzatuvchanlik, xayol) egaligi; 
• 
nutq texnikasini bilishi va o'z o'mida qo'llay olishi. 


Pedagogik  texnika  o'qituvchi  mehnatida  shaxs  va  jamoaga  ta’sir  ko'rsatish 
malakalari  bilan  bog'liq  bo'lgan  ta’lim-tarbiya  jarayonining  texnologik  tomonini 
ham qamrab oladi: 
• 
ta’lim  va  tarbiyaviy  rejalar  asosida  o'z  oldiga  qo'yilgan  talablarning 
bajarilishini nazorat qilishi; 
• 
o'quvchilar jamoasida ta’lim-tarbiya bilan bog'liq bo'lgan har qanday ijodiy 
faoliyatni tashkil eta olishi; 
• 
o'quvchilar  bilan  pedagogik  muloqot  jarayonini  bir  muvozanatda  saqlab 
boshqara olishi. 
O'qituvchi  mehnatida  aktyorlik  san’atiga  xos  bo'lgan  xususiyatlar,  ya’ni 
mimik  va  pantomimik  qobiliyatlar  muhim  rol  o'ynaydi.  O'qituvchi  yuksak 
pedagogik texnik tayyorgarlikka ega ekanligi, uning butun o'quv yili davomida, har 
bir  darsda  yangi  mavzuni  o'tilgan  mavzular  bilan  bog'lab,  zamonaviy  integratsion 
usullar  asosida  o'quvchilar  ongiga  yetkazishida,  sinf  jamoasida  o'ziga  xos 
pedagogik  va  psixologik  muhitni  yarata  olishida,  har  bir  o'quvchining  shaxsiy 
psixologik  xususiyatlarini  e’tiborga  olib  mashaqqatli  mehnati  bilan  ulkan 
mas’uliyatni his etib, uni yuqori saviyada bajarishida namoyon bo'ladi. 
Demak, pedagogik texnika o'qituvchining mehnat faoliyatida shunday  kasbiy 
va  shaxsiy  malakalar  yig'indisiki,  u  o'qituvchining  pedagogik  faoliyatiga  ijobiy 
ta’sir  ko'rsatishida,  asablarining  bir  maromda  harakatlanishi  va  saqlay  olishida, 
ta'lim-tarbiya  jarayonini  to'g'ri  tashkil  qilish  va  boshqarishida  yuksak  natijalarga 
erishishi uchun asosiy yo'l ko'rsatuvchi bo'lib xizmat qiladi. 

Download 2,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish