Kasaba uyushmalari. Kasaba uyushmalarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun asosida tashkil etiladi. Kasaba uyushmalari ko‘ngilli jamoat tashkiloti bo‘lib, faoliyat turiga qarab, o‘z saflariga mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilishda mushtarak manfaatlar bilan bog‘langan mehnatkashlarni birlashtiradi. O‘z a’zolarining mehnat qilish huquqini himoya etadi.
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati ham nodavlat notijorattashkilotlari tarkibiga kiradi. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati 2001 yil 25 aprelda tashkil topgan. Uning dasturi va Nizomi qabul qilingan. Unga 14-28 yoshdagi O‘zbekiston fuqarolari a’zo bo‘lishi mumkin. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatiningasosiy vazifalariga yoshlarni birlashtirish, sog‘lom turmush talablari asosida tarbiyalash va manfaatlarini himoya qilish kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |