Sakkizinchi guruh – joylarda ijtimoiy ahamiyati va ijodiy qiziqishiga ko‘ra tashkil etilgan birlashmalar (Urush faxriylari Birlashmasi, avtomotohavaskorlarning Ko‘ngilli jamiyati, ixtirochilar va ratsionalizatorlar Jamiyati, sayyohlar va havaskorlik qo‘shiqlarining klublari, nogiron bolalar ota-onalarining uyushmasi va boshqalar).
Mamlakatimizda O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tashkil topdi. U O‘zbekistondagi 300 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlarni birlashtirgan. O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, gumanitar, huquqiy, yoshlarga oid masalalarni hal etish borasida faoliyat olib boradi.
Bugungi kunda mamlakatimizda jamiyat hayotining turli sohalarida 7000 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining soni yildan-yilga oshib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |