Jan Pol Sartr (1905–1980) –fransiyalik faylasuf, ekzistensializm maktabining yirik vakilliklaridan biri. U o‘zining asarlarida nemis faylasuflari–E.Gusserl, M.Xaydagger qarashlarini rivojlantirgan. Sartr o‘z qarashlarida borliqning ma’nosi va mohiyatini aniq ko‘rsatishga intiladi. Asosiy asarlaridan biri – “Borliq va hech narsa” nomli asarida inson borliq dahshatiga qarama–qarshi qilib qo‘yadi. Faqat o‘z qobiliyatiga ishonishi bois o‘zini erkin tuta oladi, o‘zining kimligini anglashga, narsadan esa hech narsaga aylanishiga ishonch hosil qiladi. YAratilgan, bilishgan hech narsa bu faqat inson erkinligi ulug‘vorligining belgisi, ramzi. Ana shu fikrlarga ko‘ra, inson nafaqat hayvonlardan, boshqa mavjudotlardan ham o‘zining “hech narsasi” bilan ustun turadi. Manashu tufayli inson hayot dahshatlaridan uzoqroq bo‘ladi, lekin "hech narsa", "borliq" kabi samarali tushuncha deb aytib bo‘lmasligini ham alohida ta’kidlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |