O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti



Download 4,4 Mb.
bet168/418
Sana21.07.2021
Hajmi4,4 Mb.
#125570
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   418
Bog'liq
IJTIMOIY-FALSAFA

Zigmund Freyd (1856 – 1939) – avstriyalik ruhshunos va nevrolog, ruhiy tahlilning asoschisi. Libido haqidagi ta’limotning nuqtai nazaridan insonni ruhiy rivojlanish jarayoni o‘zining mohiyatida biologik determinlashgan seksual instiktning aylanish jarayonidir. Freyd ta’limoti eng avvalo, insonni maxsus anglashi va madaniyati bilan bog‘liq. Uning zamirida Freydning insondagi tabiiy ibtidolar antagonizmi, ongsizlikni seksual va agressiv impulslari bir tomondan va b. tomondan madaniyati yotadi. Ichki ruhiy jihatdan bu antagonizmning sababi, o‘z ideallari, me’yorlari, talablariga ega bo‘lgan madaniyatdir. Freydning ta’limoti bo‘yicha madaniyat ongsizlik hohishlarini qoniqishini rad etishga asoslangan va libidoning sublimlashgan quvvati hisobiga mavjuddir. Madaniyatni bunday tushunchasi uni romantik tanqid qilish natijasidir. Freyd shunday xulosaga keladiki, madaniyat taraqqiyoti insonni baxtini kamayishga va tabiiy hohishlarni amalga oshirish uchun o‘sib borayotgan cheklanishlar tufayli aybdorlik hissiyotini kuchayishiga olib boradi.

Madaniyat institutlarini paydo bo‘lishi va ular mohiyatini tushuntirishda Freyd individual va jamoa psixologik qonuniyatlarining o‘xshashligi haqidagi e’tiqodidan kelib chiqqan, shuningdek ruh normal va patologik hodisalarining bir xilligidan shu xulosaga kelgan. Bular unga nevrozning ergashuvchanlik simptomallari va diniy urf-odatlar o‘rtasidagi o‘xshashlikni ko‘rib, dinni "jamoa nevrozi", deb e’lon qilishga imkon berdi. Insonning psixikasiga e’tibor berish tipik shakllari (Edip kompleksi) va jamoa ramzlarining mavjudligi Freydning mulohazasi bo‘yicha insoniyat tarixidagi haqiqiy voqealarni ko‘rsatadi.

SHu pozitsiya turib, Freyd etakchilik muammosiga yondoshadi. U guruhdagi kishilar munosabati libidlik asosiga ega, deb hisoblaydi. Bu libidlik bog‘lanish shaxsning etakchi bilan identifikatsiyasidir. Bu holat har bir kishi uchun ichki ruhiy ideal bo‘lib qoladi. Bu idealni o‘zlashtirgan inson o‘zligini kashf etadi. Barcha uchun umumiy bo‘lgan guruh ideali – dohiy orqali boshqalar ideali bilan birlashadi. Freydning psixologik va sotsiologik qarashlari XX asrning birinchi yarmida shakllangan san’at, sotsiologiya, etnografiya, ruhshunosligi va psixiatriyasiga muhim ta’sir ko‘rsatdi.


Download 4,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish