O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti



Download 4,4 Mb.
bet165/418
Sana21.07.2021
Hajmi4,4 Mb.
#125570
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   418
Bog'liq
IJTIMOIY-FALSAFA

Seren Kerkegor (1813—1855)–Hayot falsafasining rivojiga katta hissa qo‘shgan faylasuf daniyalik xristian ekzistensializmining asoschisi.

Yoshlik yillaridayoq yozgan kundaliklarida Kerkegor o‘ziga shunday savol qo‘yadi: “Men nima qilishim kerak, mening hayot yulim nimadan iborat?”. Bu savolga shunday javob beradi: “Men shunday haqiqatni topishim shartki, ana shu haqiqat uchun yashashim, ana shu haqiqat uchun o‘lishim kerak bo‘lsin”. Bu savollar keyinchalik Kerkegorda shunday shaql oladi, “Nasroniy bo‘lish nima? Nasroniy bo‘lish uchun nima qilish kerak? Hotirjamlikka qanday qilib erishish kerak?”

Yuqoridagi masalalarni o‘rganish natijasida Kerkegor din insondan mutlaq e’tiqodni va tobe’likni talab qilishi lozimligiga ishonch hosil qiladi. E’tiqod aqidalari qanchalik bema’ni bo‘lsa, ularga ishonch shunchalik mustahkam bo‘ladi.

Kerkegor aqlga qarshi bo‘lgan. Uning uchun aql bilan e’tiqod bir-biri bilan hech kelishmaydigan xodisalardir, aql e’tiqodning ashaddiy dushmanidir.

Kerkegorning ta’kidlashicha, o‘zligi bilan “uchrashuv” inson hayotining to‘fonli davrlarida sodir bo‘ladi, qachonki (“Yoki-yoki”) tanlash zarurati paydo bo‘lganida sodir bo‘ladi. Aynan shunday vaziyatda inson o‘z mavjudligini yaqqol his qiladi, anglaydi. Kerkegor o‘z ma’shuqasi Reginadan voz kechganda, osoyishta oilaviy hayotdan voz kechdi, o‘zini bir umrga sargardonlikka mahkum qildi, Demak o‘z hayotidagi bunday misol bilan Kerke­gor shuni isbotlaydiki, tanlash vaziyati mavhum fikrda emas, balki hayotningeng og‘ir damlarida o‘zini namoyon qiladi.

Kerkegor fikricha, tanlash vaziyati insonni iztirobidan xalos etish bilan bog‘liqdir. Bu masalani hal qilishda u o‘z ruhiy rivojining turli davrlarini tahlil qiladi, buni in­son mavjudligining rivojlanish davrlariga tadbiq qiladi35.

Bu pog‘onalar quyidagilardan iborat: estetik, axloqiy va diniy. Birinchi, ikkinchi davrlar “Yoki-yoki” asarida to‘liq tahlil qilingan. Uchinchi davr esa “Ko‘rquv va hayajon” asarida ochib berilgan. Har uch davr qaytadan yana “Hayotiy yo‘l chorraxalari”da chuqurroq tahlil qilingan inson tom ma’noda o‘zligini namoyon qila olmaydi. Shuning uchun xam ahloqiy hayot tarzi xam to‘liq qoniqishni bera olmaydi.

Inson qanday tanlashni ixtiyor qilishi kerak? Bu e’tiqod va e’tiqodsizlik o‘rtasidagi, e’tiqod va tafakkur o‘rtasidagi tanlashdir. Aqlni inkor qilib, inson o‘z erkinligini ta’minlaydi. Inson o‘zini qutqarishni e’tiqoddan topadi. Faqatgina mutloq tanlashda inson o‘zining mutloq erkinligini topadi. Bu inson o‘zining abadiy hotirjamligiga, iloxiyligiga erishishidir. Dunyoni o‘zgartirish yoki hayotni o‘zgartirish erkinlik emas.

Tanlash, e’tiqodli bo‘lish yo‘qlikka sakrash orqali sodir bo‘ladi, bunda u o‘zligini butunlay yo‘qotadi. Shunda uning atrofini bo‘shlik qamrab oladi, inson nadomat qila boshlaydi. In­son bo‘shlikda sakrab, shu yo‘lni tanlasa, u nihoyat o‘zini topadi, o‘zining haqiqiy meniga erishadi. Bu “men” xam cheklilik xam cheksizlikdir. SHunda e’tiqod gunohkor inson oldiga tushadi, inson o‘z erkini xis qiladi, e’tiqod bilan muloqotga kirishadi. Tafakkurdan voz kechib, inson o‘z e’tiqodini topadi36.


Download 4,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   418




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish