Mikrotsikllarning turlari va ularning xillari
Mikrotsikllarning quyidagi xillarini bir-biridan farq qilinadi: kirishtiruvchi, zarbdor, yaqinlashtiruvchi (modelli), musobaqa va tiklanish.
Kirishtiruvchi mikrotsikllar. Bunday mikrotsikllar yuklamalar yig’indisining juda yuqori darajada bo’lishi bilan ajralib turadi. Hajmi sportchi organizmini tayyorgarlik ishlariga jalb etishga qaratilgan bo’ladi. Bunday mashqlar tayyorgarlik (umumiy tayyorgarlik ko’rish) davrining birinchi bosqichida qo’llaniladi.
Zarbdor mikrotsikllar ish hajmining juda katta miqdorda jamlanganligi, yuklamalarning yuqori darajada bo’lishi bilan ajralib turadi.
Bunday mikrotsikllarning asosiy maqsadi sportchilar organizmida sodir bo’ladigan moslashish jarayonini rag’batlantirish ham texnik-taktik, jismoniy, ahlokiy, irodaviy, maxsus ruhiy va integral tayyorgarlikning asosiy vazifalarini hal qilishga qaratishdan iborat bo’ladi. Ularning asosiy o’rni - tayyorgarlik (ayniqsa uning ikkinchi bosqichida) hamda musobaqalar davrida yaqqol seziladi.
YAqinlashtiruvchi, modellashtiruvchi mikrotsikllar. Bunday mikrotsikllarning asosiy vazifasi sportchida musoba-qalashish sharoitidagi mashqlarni bajarishni talab etishdan iboratdir. Ularda bo’lajak musobaqalarning tartibi asos qilib olinadi va undagi mashqlar qayta takrorlab bajariladi. Bunda mehnat va to’la tiklanish dam olish tartibi masalalariga alohida e’tibor berish kerak. SHunday qilish lozimki, sportchi musobaqalarga horib-charchab kelmasligi zarur.
Tiklanish mikrotsikllari – odatda xaftalik mikrotsikllar seriyasi mana shu tiklanish mashqlari bilan poyoniga yetkaziladi. Ularni qizg’in musobaqalar faoliyatidan keyin ham o’tkazish rejalashtiriladi.
Musobaqa mikrotsikllari. Bunday mikrotsikllar orqali bellashuvlarda ishtirok etiladi. Ularni u yoki bu sport turi bo’yicha o’tkazilishi mo’ljallanayotgan musobaqalar dasturiga muvofiq ravishda tuzib chiqiladi. Tayyorgarlik mikrotsikllarini to’g’ri tuzib chiqish uchun quyidagi omillarni bilish zarur. Kattaligi va yo’nalishi turlicha bo’lgan yuklamalar sportchi organizmiga qanday ta’sir ko’rsatadi? Bunday yuklamalardan keyin, kuch-quvvatni tiklash dinamikasi va jarayonlari qanday davom etadi? Ancha kattaroq jismoniy zo’riqishlardan keyin kuch-quvvatni tiklab olish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida kichik va o’rtacha yuklamalardan foydalanish imkoniyati qanday? Mikrotsiklda yuklama bilan dam olishni o’zaro almashtirib turish quyidagi uch xil ko’rinishdagi reaksiyalarga olib kelishi mumkin:
– tayyorgarlik – mashq ko’rsatkichi darajasining maksimal sur’atining o’sishi;
– unchalik katta bo’lmagan tayyorgarlik samarasining mavjudligi yoki bunday samaraning umuman bo’lmasligi;
– sportchining qattiq toliqishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |