O’zbekiston Respublikasi Farg’ona viloyati Qo’shtepa tumani


VII. KORXONANING IJROIYA ORGANI



Download 97 Kb.
bet4/5
Sana13.04.2022
Hajmi97 Kb.
#549469
1   2   3   4   5
Bog'liq
ICE CREAM SAVDO NIZOMI

VII. KORXONANING IJROIYA ORGANI
7.1. Korxonaning ijroiya organi direktor bo’lib, u korxona ta’sischisi tomonidan tayinlanadi, unga xisobot beradi va uning qarorlari bajarilishini tashkil etadi.
Korxona ta’sischisi, agar lavozim bo’sh turgan bo’lsa, bir vaqtning o’zida korxona direktori vazifasini bajarishi xam mumkin.
7.2. Direktor korxona faoliyatiga taalluqli masalalarni o’z vakolatlari doirasida mustaqil xal qiladi, ishonch qogozisiz uning nomidan ish ko’radi, barcha darajalarda korxona manfaatlarini ximoya qiladi, korxona mulkini tasarruf etadi shartnomalar tuzadi, ishonch qogozlari beradi, bankda xisob rakamlar ochadi shtat jadvalini tasdiqlaydi, korxonaning barcha xodimlari bajarishi shart bo’lgan buyruqlar chiqaradi va ko’rsatmalar beradi, amaldagi qonunchilikka asosan korxonani boshqarishga daxldor boshqa xuquqlardan foydalanadi.


VIII. KORXONA XISOBOTINI YURITISH VA UNING
FAOLIYATINI NAZORAT KILISH.
8.1. Korxona amaldagi Qonunchilikda belgilangan tartibda buxgalteriya, statistika xisobi va xisobotlari yuritadi.
8.2. Korxonaning moliya- xo’jalik faoliyati ustidan nazoratni korxona ta’sischilar - mulkdor o’zi mustaqil yoki u tomonidan tayinlanadigan taftishchi amalga oshiradi.
Taftishchi korxonaning mansabdor shaxslaridan barcha zarar materiallar , buxgalteriya va boshqa xujjatlarni talab qilish xuquqiga ega
Taftishchi o’tkazilgan tekshirish natijalarini korxona ta’sischiga taqdim etadi.
Taftishchi yillik xisobotlar natijalari bo’yicha xulosa tuzadi, xulosasiz korxona balansi mulkdor tomonidan tasdiqlanmaydi.
8.3. Korxonaning moliyaviy-xo’jalik faoliyati ustidan shuningdek, chetdan taklif etiladigan auditorlik xizmatlari, soliq va boshqa davlat idoralari o’z vakolatlari doirasida maxsus nazoratni amalga oshiradi.
IX. KORXONANI QAYTA TASHKIL
ETISH VA TUGATISH TARTIBI
9.1 Korxona faoliyatini to’xtatish qayta tashkil etish (yuborish, qo’shib olish, bo’lish ajratib chiqarish va o’zgartirish) shaklida amalga oshiriladi.
Korxonani qayta tashkil etish paytida uning xuquq va burchlari vorisiga o’tadi.
Korxonani tugatish uning xuquq va burchlari xuquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga o’tmasdan be’kor qilinadi.
9.2 Korxona quyidagi xollarda:
- ta’sischining qarori bo’yicha;
- Korxona bankrotlikka uchragan, korxonani ro’yxatga olish xaqiqiy emas deb topilgan, faoliyat ruxsatnomasiz (litsenziyasiz) yuritilgan yoki ,qonunda taqiqlangan va qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa xollarda sud qarori bilan tugatilishi mumkin.
9.3 Korxonani tugatish to’g’risida qaror qabul qilgan ta’sischi yoki organ korxonani ro’yxatga olgan idora bilan kelishgan xolda tugatish komissiyasini tayinlaydilar xamda korxonani tugatish tartibi va muddatini belgilaydilar.
Tugatish komissiyasi tayinlanishi bilan korxona ishlarini boshrish soxasidagi vakolatlar uning ixtiyoriga o’tadi. Tugatish komissiyasi korxona nomidan sudlarda ishtirok etadi.
Tugatish komissiyasi yuridik shaxslarni davlat ruyxatidan o’tkazish xaqidagi ma’lumotlar bosib chiqariladigan matbuot organlarida korxonani tugatish, uning kreditorlari talablarini ko’rib chiqish muddatlari va tartibi to’g’risidagi e’lonni chop ettiradi. Bu muddat korxona tugatilishi xaqidagi e’lon chiqqan kundan boshlab, ikki oydan kam bo’lishi mumkin emas.
9.4 Korxonani tugatish ishlari O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida ko’zda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
9.5 Kreditorlarning talablari qanoatlantirilgandan so’ng korxona mulki uning ta’sischisiga beriladi.
9.6 Yuridik shaxslarni ro’yxatga olish yagona davlat reestriga korxona tugatilishi xaqidagi qaydlar kiritilganidan so’ng korxonani tugatish tamomlangan, korxona faoliyati esa tugagan xisoblanadi.



Download 97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish