Shu jumladan quyidagi xulosalarga kelishimiz mumkin:
Dengizdagi tuzlarning asl manbai mantiyadir.
Okean bilan quruqlik o`rtasida tuz almashinuvi mavjud.
Okean suvlarining tuz rejimini tirik organizmlar tartibga solib turadi.
Dunyo okeani suvining sho`rligi arxey yerasida 25% dan hatto 10% dan kam bolgan, ya`ni o`sha vaqtdagi suv havzalari salgina sho`r bolgan xolos. Okeanlarning yuza qismidagi suvlar sho`rligi turli joylarda kam farq qiladi, biroq sho`rlikning tarqalishida ham har holda zonallik qonuniyati mavjud. Ekvatorial zonada suvning sho`rligi 35% va undan ham bir oz kamroq. Zond orollari atrofida esa 32% gacha tushib ketadi. Suv sho`rligining kamligiga sabab yomg`irning juda ko`p va havoning serbulut ekanligidir. Tropik oikalardagi okean suvlari ancha sho`r 36,9% ga yetadi. Bu o`lkalarda suvning juda sho`rligi ochiq havoda va muttasil etuvchi passat, shamollari natijasida bug`lanishning kattaligi va yog`in miqdorining kamligidir. Mo`tadil maqsadda normal 35% atrofida bo`lib, qutbiy kengliklarda daryolarning ko`plab chuchuk suv kelishi natijasida va muzlarning kelayotgan suvlar natijasida 32% gacha tushib qoladi.
Dengiz suvlari sho`rligining o`zgarishidagi umumiy zonallikni Dunyo okeanidagi oqimlar murakkablashtiradi, iliq suvlar sho`r, sovuq suvlar chuchuk bo`ladi. Yog`in haddan tashqari ko`p tushadigan zonalarda joylashgan dengizlar suvi okean suviga qaraganda har doim chuchukroq boladi, bunday dengizlar suvining sho`rlik muzlari bo`g`ozlarining kengligiga va dengizning qumqlik ichkarisiga qancha kirib borganligiga bog`liqdir. Masalan: Oq dengiz suvining sho`rligi Gorlo boynida 34% bolsa, dengizning o`rta qismida 25%, Dvina gubasida 7%.
Yog`in kam tushadigan zonalarda joylashgan dengizlar suvi okean suviga nisbatan sho`r boiadi, chunki qizib yotgan quruqlik dengizning suvning bug`lanishiga ta`sir etadiy Dunyo okeanidagi eng sho`r suv Qizil dengizda bolib, bu yerda sho`rlik 41% ga yetadi. Dengiz mo`tadil iqlimli quruqlikning qanchalik ichkarisida bolsa, sho`rligi shuncha kamaya boradi. Chunonchi Marmar dengizida 25%, Qora dengizda 18%, Azovda 12%, Chekka dengizlarda suvning sho`rligi okeandagiga tengyo km kam. Dunyo okeanidagi tuz mo`tadillari shu qadar ko`pki, agar uni suvning ajralib olib, materiklar ustida yoyilsa qalinligi 153 m li tuz qatlami hosil bo`ladi.
Dengiz suvning osh tuzi, magniy, brom, kaliy tuzlari va boshqa ko`plab elementlar hamda birikmalar olinadi. Bundan tashqari suvda Azot, S02, 02 ba`zan esa oltingugurt ham bor. Azot suvga atmosferadan o`tadi. O`simliklarning oziqlanishi organik birikmalar asosan nitratda azot ham ishtirok etadi.
Suvga atmosferadan o`tuvchi, vulqanlar otilganda va organik moddalar parchalanganda hosil bo`luvchi karbonat angidrit S02 gazi okean suvida har doim yetarli miqdorda bo`ladi. Ba`zan okeanlar tagidagi hayvonlar ko`p joylarda bu gaz me`yoridan ortiq ham bo`ladi. Dengizlarning chuqur cho`kmalarida okeanning sho`r suvi tutib qoladi va yuqorig ko`tarila olmay oltingugurt vodorodiga to`yinib qoladi va oltingugurt hosil bo`ladi.
Yer sirtining okeanlar va dengizlar suvlari bilan qoplangan yuzasi umumiy nom bilan Dunyo okeani deb ataladi. U planetamizning suv qobig`i bo`lgan gidrosferaning ajralmas va asosiy qismidir. Gidrosfera dunyo okeanidan tashqari yuqorida aytilganidek, quruqlikdagi suvlar, daryolar, ko`llar va muzliklardan, atmosferadagi suv bugiaridan, tuproqdagi namlikdan, shuningdek, yer osti suvlaridan tashkil topgan.
Dunyo okeani Yer kurrasi umumiy maydoni (510 mln km)ning 361 mln. km yoki 71% ini egallagan, quruqlik yuzasi esa 149 km yoki uning 20% ini tashkil etadi. Yer kurrasida quruqlik va suv yuzalari notekis taqsimlanadi: quruqlikning katta qismi shimoliy yarim sharda bo`lib, uning yuzasi 39% ni tashkil etadi: Janubiy yarim sharda esa quruqlik bor yo`g`i 10% ni egallagan. Bunday taqsimlanish atmosferaning umumiy tsirkulyatsiyasiga va suvning tabiatdan aylanishiga katta ta`sir ko`rsatadi. Gidrosferaning turli qismlarida suv miqdorining taqsimlanishi to`g`risidagi ma`lumotlardan ko`rinib turibdiki, Yer kurrasidagi suvning umumiy hajmi 1386 mln. km dan ortiq.
Bundan 1338 mln. km dunyo okeanida, 294 mln. km Yer po`stida, 26 mln. km muzliklarda, 176 ming km ko`llarda, 2,1 ming km esa daryolardadir. Yerdagi suvning umumiy hajmi taxminan hisoblangan, chunki yer osti suvlarining miqdori ham unchalik hisoblangan emas.
Dunyo okeanida, 294 mln. km Yer po`stida, 26 mln. km muzliklarda, 176 ming km ko`llarda, 2,1 ming km esa daryolardadir. Yerdagi suvning umumiy hajmi taxminan hisoblangan, chunki yer osti suvlarining miqdori ham unchalik hisoblangan emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |