15.2. Platformalarning afzalliklari va asosiy ko’rsatgichlari
Platformalarning biznes modellarga ta’siri bir qancha yo’nalishlarda amalga
oshadi, shu jumladan, uni oxirgi iste’molchilar tomonidan birgalikda ishlatilish
imkoniyati
mavjud,
mutaxassislar
esa
platformadan
foydalanib,
foydalanuvchilarning “
talablari bo’yicha
” turidagi biznesni amalga oshira oladilar.
Platforma ishtirokchilarining tarmog’i qanchalik keng miqyosda bo’lsa,
iste’molchilarning muammolarini hal qilish uchun kerakli bo’lgan variantlarni
qidirish uchun kerak bo’lgan ma’lumotlar manba’i ham shunchalik keng miqyosda
bo’ladi. Platforma esa kelishuvlarning foydaliroq bo’lishini kafolatlaydi.
Zamonaviy tarmoq texnologiyalari bunday tarmoq effektini kuchaytiradi. Bu esa
o’z navbatida, munosabatlarni shaxsga yo’naltirishga, talabni agregatsiya qilishga,
yangi ilovalar ishlab chiqishga olib kelib, tarmoqning kengayishiga hizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |