Jamg’arish nima va u qanday manba hisobidan amalga oshiriladi?
Jamg’arish deyilganda ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish miqyoslarini kengay-tirib borish jarayoni tushuniladi. Har qanday jamiyatda ishlab chiqarish miqyosni kengaytirib borishning ma'lum manbalari bo’ladi. Ishlab chiqarishni kengaytirish zarurati paydo bo’lgach, foyda ikki yo'nalishda taqsimlana boshlandi:
1) ishlab chiqarishning moddiy-texnikaviy hamda shaxsiy omillarini ko’paytirish;
2) ehtiyot (rezerv) va sug’o’rta (ro’y berishi mumkin bo’lgan tabiiy ofatlarning oqibat-larini bartaraf qilish, ekologik ahvolni yaxshilash maqsadlari uchun) hamda ijtimoiy iste’mol (jamiyatning mehnatga yaroqsiz a’zolari, madaniy ehtiyojlar, sog’liqni saqlash, sog’lomlashtirish, xalq tahlimi, mudofaa kabilar) fondlarini tashkil etish.
Ko’rinib turibdiki, jamg’arish ma’naviy iqtisodiy jarayon (ne’matlarni ko’paytirish), shu bilan birga ijtimoiy jarayon hamdir. Mamlakatda qancha ko’p foyda olinsa va u to’g’ri, maqsadga muvofiq, taqsimlansa, bu jarayon jamiyat uchun shunchalik foydali bo’ladi.
Jamg’arish va fan-texnika inqilobi. Jamg’arish bevosita foydaning hajmi va me’yoriga bog’liq, bo’lsada, ijtimoiy jarayon bo’lgani uchun unga jamiyatda kechadi-gan boshqa jarayonlar ham ta’sir etadi. Jamg’arishga ta’sir etadigan omillardan biri fan-texnika taraqqiyotidir. Bu jarayon asrimizning 50-yillaridan boshlanib, ishlab chiqarish vositalariga, ish kuchiga, texnikaga shunday ta’sir o’tkazdiki, bugungi hayotimizdagi jiddiy o’zgarishlar ana shu taraqqiyot natijasidir.
Fan-texnika inqilobi jamg’arish imkoniyatlarini kengaytirib bormoqda, ya’ni jamg’arish uchun yangi manba tug’dirmoqda. Ma’lumki, fan-texnika inqilobi sharoiti-da texnika vositalarining emirilishi kuchayadi,uning ham tez ishlatilishi, ham ma’naviy eskirishi (yangi vositalarning tez yangilanib borishi) ortadi. Demak, asosiy fondlarning amortizatsiyasi ortadi, tezlashadi. Natijada ularni yangilash, takomillashtirish, kapital ta’mirlash uchun amortizatsiya fondidan foydani oshirish uchun sarflashga sharoit yaratilgan shaklga aylanishi demakdir. Oddiy takror ishlab chiqarish. Aslida oddiy takror ishlab chiqarish kishilik jamiyatining dastlabki davrlariga, natural xo’jalik hukmron bo’lgan davrga ko’proq muvofiq, keladi. Ammo oddiy — ne’matlar va xizmatlarni avvalgi hajmda, o’zgarmas miqdorda takrorlamoqdir takror ishlab chiqarish sharoitida ham jamg’arish imkoniyati bor bo’lsa-da, uni amalda ro’yobga chiqarish g’oyat cheklangan bo’ladi.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish — ishlab chiqarish hajmining ortishi, ne’matlar miqdorining ko’payishi, tarkibi va sifatining yaxshilab borilishidir. Kengay-tirilgan takror ishlab chiqarishning moddiy zamini — jamg’arishdir. Takror ishlab chiqarishning bu shaklida jamg’arish imkoniyatlari o’z-o’zidan ko’payib boradi. Chunki bunda iqtisodiy taraqqiyot tezlashadi, ishlab chiqarish samaradorligi ortadi, iqtisodiyotda o’sish yuz beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |