29-Mavzu: Iste'mol, jamg’arma va investitsiyalar.
(2 soat ma’ruza)
Reja:
Iste’mol va jamg’arish nima? Jamg’arish qanday manba hisobidan amalga oshiriladi?
Jamg’arish va fan-texnika inqilobi.
Jamg’arish va inson.
Investitsiyalarning iqtisodiy taraqqiyotdagi roli.
Tayanch so’z va iboralar:
Iste’mol va jamg’armalarning iqtisodiy mazmuni, ularning o’zaro bog’liqligi, jamg’arishning mohiyat,i omillari va samaradorligi, investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar.
Milliy iqtisodiyotda yangidan vujudga keltirilgan qiymat, ya’ni milliy daromad iste’mol va iqtisodiy jamg’arish maqsadlarida ishlatiladi. Iste’mol keng ma’noda jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida ishlab chiqarilgan Tovar va xizmatlardan foydalanishni, uni iste’mol qilishni bildiradi. Bunda unumli va shaxsiy iste’mol farqlanadi.
Unumli iste’mol bevosita ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bo’lib, ishlab chiqarish vositalari va inson ishchi kuchining iste’mol qilinishini, ya’ni ulardan foydalanish jarayonini anglatadi.
Shaxsiy iste’mol ishlab chiqarish sohasidan tashqarida ro’y berib, bunda iste’mol buyumlaridan bevosita foydalaniladi yoki ular to’liq iste’mol qilinadi.
Iste’mol jarayonida turli xil moddiy va ma’naviy ne’matlardan foydalaniladi. Iste’mol qilinadigan ne’mat turiga bog’liq ravishda moddiy ne’matlarni va xizmatlarni iste’mol qilish ajratiladi.
Individual va jamoa bo’lib iste’mol qilish ham farqlanadi. Alohida oila yoki jamiyat a’zolarining ixtiyorida bo’lgan moddiy ne’matlarni iste’mol qilish individual iste’molga, jamiyat a’zolarining guruhlari moddiy ne’mat va hizmatlardan foydalanishi jamoa bo’lib iste’mol qilishga kiradi.
Jamg’arish — hayotiy zarurat. Oldingi boblarda ta’kidlandiki, odamlarning ehtiyojlari va ularni qondirilishi darajasi bo’lgan iste'mol miqdor va sifat jixatdan o’zgarib turadi, ya’ni to’xtovsiz ravishda ortib, o’sib turadi. Aslida kishilik jamiyati-ning taraqqiyoti iste'molning qondirilishiga ham bog’liq. Ehtiyojlarning, shundan kelib chiqqan holda odamlar iste’molining o’sishi zamirida ikkita sabab yotadi: birinchi sabab — yer kurrasi aholisining yildan-yilga son jihatdan ko’payib borishidir (garchi insoniyat tarixida aholi soni urushlar va boshqa sabablarga ko’ra kamayib tursa ham); ikkinchi sabab — ijtimoiy rivojlanish tufayli borgan sari odamlarning ne'matlar iste'mol qilishi tuzilishida o’zgarishlar yuz berishi, uning rang-baranglashib, sifat jihatdan o’sib borishidir. Dunyo o’sib borayotgan ehtiyojlarni qondirish uchun iste'mol ne'matlarini (oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, maishiy va madaniy xizmatlar va x.k.) tobora ko’paytirish lozim.
Xo’sh, odamlarning o’sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun jamiyatning imkoniyatlari yetarlimi? Bu savolning amaliy va nazariy yechimlari mavjud. Amaliy jihatdan yechimi shuki, ishlab chiqarishning moddiy-texnikaviy bazasini o’stirish, moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish, moddiy ishlab chiqarishda va xizmatlarda band bo’lgan hodimlar sonini oldingi darajasidan oshirish, ishlab chiqarishga qo’shimcha ravishda mehnat vositalari, xom ashyolarni jalb qilishdir; nazariy jihatdan esa odamlar-ning o’sib borayotgan ehtiyojlarini qondirib borish uchun jamg’arishni amalga oshir-moq lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |