O’zbekiston respublikasi davlat soliq qo’mitasi



Download 1,9 Mb.
bet126/224
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#232563
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   224
Bog'liq
iqtisod2008

Ff = Fd - Ix
Bu yerda: Ff — firma foydasi;

Fd — firma daromadi;

Ix — ishlab chiqarish harajatlari (tannarx).

Foyda — moddiy jixatdan yaratilgan qo’shimcha mahsulotning korxona o’zlashtirgan bir qismi xolosdir. Chunki, qo’shimcha mahsulotning hamma ham foyda shaklini olavermaydi, u boshqa ijtimoiy ko’rinishlarga ham kiradi. Odatda, bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda faqat pul shaklida bo’ladi, u iqtisodiyotda ishlovchi sub’ektlarning umumlashgan iqtisodiy natijasi, iqtisodiy faoliyat mezoni va pirovard maqsadidir.

Foyda shunday murakkab iqtisodiy ko’rsatkichki, uning vujudga kelishi, taqsimlanishi va iste’mol qilinishi iqtisodiyotda bir qancha omillar bilan bog’liqdir. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin: mahsulotning ishlab chiqarish chiqimlari (tannarx), sifati, ishlatilgan xom-ashyo, yoqilg’i, texnologik liniyalar qiymati va sifati, ishchi mutaxassislar kasb mahorati, madaniyati, ma’naviyati kabilar. Foyda massasiga yana tejamli va chiqindisiz texnologiyalar qo’llash, tadbirkorlik saloxiyati, ilg’or ish va boshqaruv usullarini qo’llash kabilar ham ta’sir etadi. Xulosa qilib aytganda, foyda korxona faoliyatining haqiqiy iqtisodiy samarasidir.

Foyda bozor iqtisodiyotining kategoriyasi, tovar ishlab chiqaruvchilarning oliy maqsadidir. Ayni chog’da u juda keng ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tushunchasidir. Firma fondlarini kengaytirish, sifat jihatdan yangilash, xodimlarning rag’batlantirilishi, dam olishi, davolanishi, tabiiy va sog’lomlashtirish markazlarining mavjudligi va ishlashi, bolalar bog’chalari va tarbiya muassasalarining ta’minoti foyda bilan bog’liqdir. SHuningdek, foyda davlat byudjetiga tushumlar, to’lovlar, xayriya fondlari, kredit foizlari, harajatlarni qoplash kabi miqdorlarga yo’naltiriladi.

Foyda g’oyat boy mazmun va tuzilishga ega bo’lgan iqtisodiy kategoriyaki, davlat va jamiyat hayotining barcha jihatlarida u bilan bog’liq, munosabatlar vujudga keladi. SHuning uchun uning shakllanish manbalari yoki uning turlari haqida tasavvurga ega bo’lish maqsadga muvofiqdir.

Foydaning turlari quyidagilardir:

1) Mahsulot sotishdan (xizmat ko’rsatish) olingan yalpi foyda. Uning miqdori mahsulot bahosi bilan ishlab chiqarish harajatlari o’rtasidagi farq bilan belgilanadi.

2) Asosiy faoliyatdan olingan foyda (qarzdordan o’ndirib olingan jarimalar, peniyalar, joriy yilda aniqlangan o’tgan yillar foydasi, yordamchi xo’jaliklardan tushgan daromadlar, korxona mulkini sotishdan tushgan daromad kabilar).

3) Moliyaviy faoliyatdan olingan foyda (sho’ba korxonalar va uyushmadagi korxonalardan olingan dividentlar, ularga berilgan qarzlar yuzasidan olingan foizlar, investitsiya qilingan mablag’larni qayta baholashdan olingan foyda kabilar).
4) Favqulodda olingan foyda (ko’zda tutilmagan, odatdagi harakterda bo’lmagan korxona faoliyatidan chetga chiqadigan harakat natijasida tushgan daromadlar).

Bozor iqtisodiyoti sharoitida foyda olmaydigan korxonaning istiqboli yo’q, u xonavayron bo’ladi. Yangi iqtisodiy tizimda iqtisodiy holat sohasining har bir sub’ekti o’rtacha (normal) foyda olib ishlashi lozim. Bunday foyda firmaning saqlanib qolishiga ma’lum dastak bo’lishi mumkin. Agar firma arzon xom-ashyo, ish kuchi, zamonaviy texnologiya, qulay sotish bozori, foiz stavkasi pastroq kredit va boshqa qulay tabiiy-iqtisodiy imkoniyatlarga ega bo’lsa, foyda ortiqcha (ko’p) olishi ham mumkin. Agar firma monopol, ya’ni faqat ungagina tegishli qulay imkoniyat egasi bo’lsa u monopol foyda ham o’zlashtiradi. Demak, bunday korxona ham oddiy foyda, o’rtacha foyda, ortiqcha foyda, ham monopol foyda o’zlashtiradi. Masalan, biron mahsulotni faqat bir o’zi chiqarsa yoki tabiiy cheklangan imkoniyatga ega bo’lsa, faqat shunday firma monopol foyda egasi bo’ladi. Ko’pgina mamlakatlarda xususan bizning Respublikamizda ham shunday korxonalar bor.

Bozor iqtisodiy holati sharoitida firma tovarlarni shunchaki ishlab chiqaruvchi emas. Balki tijorat faoliyati bilan ham shug’ullanishi mumkin. Albatta, tijorat ishi har qanday iqtisodiy faoliyat kabi ma’lum chiqimlarr bilan bog’liqdir. U tovarlarni tashish, saqlash, so’rtalash, bezash, reklama qilish, bozorlarni ko’rish yoki idoraga harajatlar qilish maqsadlariga ham pul sarflanadi (chiqim qiladi). Bu harajatlar tijorat harajatlari deb ataladi. Bu harajatlar ham tovar baholari orqali qoplanishi va tijorat foidasi keltirilishi kerak. Xozirgi sharoitda tijorat daromadi ham bozor sub’ektlarining daromad shakli bo’lib, uning ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Bozor iqtisodiy holatida faqat o’z mablag’i, sarmoyasi bilan tiklanish yoki rivojlanishi juda qiyin masala.

Firmaning normal faoliyati o’z o’rnini saqlab qolish va rivoj (kamol) topish kuch jixatdan kredit (qarz) mablag’ bilan ham kafolatlanadi. Albatta, kredit tovar bo’lgani uchun ham u tekinga berilmaydi, u ma’lum xaq evaziga, ma’lum foiz to’lash sharti bilan beriladi. Biroq kredit olishdan maqsad korxona faoliyatini yaxshilash, qo’shimcha mahsulotni ko’paytirish vositasidir. Kredit olgan korxona yaratilgan qo’shimcha mahsulotining (foydaning) bir qismini bank foizi uchun to’lasa, qolgan qismi uning soxibkorlik, tadbirkorlik daromadi bo’ladi. Demak, foiz qarzga olingan sarmoya uchun to’langan xaqdir, kredit berilgan korxona uchun daromadning bir manbaidir. SHuni aytish kerakki, bozor iqtisodiy holati firmalar uchun ham iqtisodiy faoliyat turlarini kengaytiradi, cheklamaydi. Uning faoliyatini diversifikatsiyalash (ko’p tarmoqli qilish) imkoniyatini yaratadi. Zero, bozor iqtisodiy holatining kuchli unsuri bo’lgan raqobat kurashi diversifikatsiyalashni taqozo etadi. Buning ma’nosi shundaki, diversifikatsiya sharoitida korxona daromad olish yoki o’zini raqobatdan himoya himoya qudratini yaratadi. Natijada daromad foyda olishning shakllari ham ko’payadi.

Foyda ham jamiyat miqiyosida (makroiqtisodiy holat darajasida) ham, korxona (mikroiqtisodiy holat darajasida) ham jamg’arish fondini tashkil etishda manba bo’lib xizmat qiladi. Jamg’arish esa iqtisodiy o’sish, ravnaq topish manbai bo’lish bilan birga bozor raqobatchilik sharoitida korxonani himoyalashning asosiy omilidir. Foyda tushunchasi ayrim olingan yakka sub’ekt uchun ham taalluqli ekanligini ham unutmaslik kerak.

Foydani maksimallashtirish va zararni minimallashtirish shart-sharoitlari. Bozor iqtisodiy holati sharoitida korxona faoliyatining samarali bo’lishi shartlaridan biri bu uning shunchaki foyda olishini ta’minlashgina emas, shu bilan birga olinadigan foyda masalasini maksimallashtirish (ko’paytirish) juda muxim ahamiyata ega. Umumiy tarzda qaraganda foydani maksimallashtirish ko’riladigan zararni minimallashtirish (eng kam zarar ko’rish) bilan bog’liqdir.

Foyda korxonaning raqobatbardoshligini oshirib borishning moliyaviy manbalaridan eng muhimidir. SHunday ekan, bu masala korxona jamoasining diqqat markazida turishi lozim. Foydani maksimallashtirishi shart-sharoitiga quyidagilarni kiritish mumkin:

— Korxona o’z mahsulotining tannarxini uzluksiz pasaytirib borishiga harakat qilishi, ishlab chiqarish va sotish harajatlarini kamaytirish hamda boshqa omillarni safarbar qilish demakdir. Buning uchun xom-ashyo qo’l materiallari va boshqa mexnat ashyo qurollarini arzon turlaridan foydalanish, ularni tejaydigan va chiqindi qilmaydigan texnologiyalar o’rnatish;

— Imtiyozli kreditlar olishga erishish va kreditni o’z vaqtida belgilangan foiz bilan qaytarish;

— sifatsiz, qoloq, jaxon standartlari, halqaro bozor talabiga mos bo’lmagan tovarlar ishlab chiqarishga yo’l qumaslik;

— eksportbop tovarlar ishlab chiqarishga to’la moslashish, ichki va tashqi bozor talablarini to’la hisobga olish asosida ish ko’rish;

— korxona mahsulotlariga oldindan buyurtma olish asosida ishlashni ta’minlash;

— o’zaro tovar yetkazib berish shartnoma va bitimlarni to’la va o’z muddatida bajarishga erishish;

— mutaxassis va xodimlarni rag’batlantirib borish asosida ularning manfaatdorligi hamda ma’suliyatliligini oshirish kabilar.

Amaliy xo’jalik holatida shunday ham bo’ladiki, korxona faoliyatida foyda bilan chiqish mumkin, biroq uni to’g’ri tasarruf eta bilmaslik xo’jalik yuritishda katta xatolarga yo’l qo’yish oqibatida korxona ixtiyorlarida sof foyda qolmasligi mumkin. Masalan, korxona yil yakuniga ko’ra 10 mln. so’m foyda oldi deylik, biroq korxona olingan buyurtmani bir oy kechiktirib bajargani uchun 5 mln. so’m buyurtmachi zararini qoplash talab etildi. SHuningdek, bankdan olingan kreditni qaytarish muddati 2 oyga cho’zib yuborish hisobiga 3 mln.so’m miqdorida tovon to’lash talab etildi. Demak, olingan foydaning 8 mln. so’mi samarasiz ketdi. Bunday holat korxona jamoasining bir yillik ijobiy ish faoliyatini samarasiz bo’lishiga sabab bo’ladi.

Korxona diqqat markazida turadigan ikkinchi muxim masala ko’riladigann zararni eng kam darajaga tushirish holi zarar olishga yo’l qo’ymaslikdir. Zarar ko’rishni minimallashtirish uchun eng muxim omil raxbar va xodimlarning iqtisodiy savodxonligiga erishishdir. Zero har bir ishlovchi moliyaviy zarar ko’rishining salbiy oqibatlarini chuqur idrok eta olishi lozim.


Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish