(2 soat ma’ruza)
Reja:
Ishlab chiqarish fondlari va ularning aylanishi
Ishlab chiqarish harajatlari va ularning turlari.
Doimiy, o’zgaruvchan, yalpi harajatlar. Tannarx
Daromad va foyda.
Tayanch so’z va iboralar:
Ishlab chiqarish jarayoni, doimiy, o’zgaruvchan, umumiy xarajatlar, aylanma fondlar, asosiy fondlar, undagi mavjud bo’ladigan xarajatlar, korxona foydasi, rentabelligi.
Ishlab chiqarish fondlari va ularning aylanishi.
Odatda takror ishlab chiqarish yakka tarzda, ayrim ho’jalik yurituvchi sub’ekt, firma (korxona) doirasida amalga oshadi. Buning uchun firma hisobidan, uning «cho’ntagi» dan ishlab chiqarish harajatlari, chiqimlar qilinadi. Bu harajatlar moddiy va pul shakllarida sarflanadi. G’arb iqtisodiyotida korxonani ishlab chiqarish uchun avanslangan resurslarni investitsional resurslar deb yuritiladi. Bu resurslar korxonaga tegishli bo’ladi, uning ixtiyolri va tasarrufida harakatlanadi. Investitsion resurslarning qiymat (pul) shaklida firma (korxona) tasarrufida bo’lishi, ya’ni ularning firmaga biriktirilishiga ishlab chiqarish fondlari deyiladi. Korxona fondi pul, ishlab chiqarish va tovar shakllarini oladi. Bu yerda shuni eslatib o’tish kerakki, ayni bir vaqtda firmaning bir qism resursi pul shaklida, ikkinchi qism resursi unumli (ishlab chiqarish shaklida), uchinchi qism resursi tovar shaklida bo’lib, ular navbatma-navbat o’rinlarini almashtirib turadi. Korxona fondlarining doim, bosqichma-bosqich har uchchala bosqchni bosib o’tib qiymat shaklida avvalgi, asliga qaytib turish jarayoniga qimmati qo’llangan boshqa fondlar aylanishi deyiladi. Boshqacha qilib aytganda korxona fondlari doiraviy aylanishining uzluksizligi fondlar aylanishidir.
Fondlar aylanishida barcha fondlar bir hilda aylanmaydi. Ba’zi ishlab chiqarish fondi bir marta aylanishda bo’lganida boshqa fondlar bir necha marta doiraviy aylanishini o’tkazadi. Masalan, fabrika binosi 100 yilda bir marta aylansa (ya’ni 100 yilda uning qiymati qaytarib olinsa) mashina va asbob uskunalar 5—10 marta, xom-ashyollar 30—40 marta va ishchi kuchi uchun avanslangan pul resursi bundan ham ko’proq doiraviy aylanishni o’tkazadi. Ana shunga ko’ra fondlar asosiy va aylanma fondlarga bo’linadi.
Korxonaning asosiy fondlari deb fondlarning shunday qismiga aytiladiki, ular o’zlarining qiymatini yangi mahsulotga asta-sekin, yemirilishga qarab o’tkazib boradi. Bunda ular o’zining natural (buyum) shaklini saqlab qo’adi. Bularga bino va inshootlar, mashina, mexanizmlar, asbob-uskunalar, transport va aloqa vositalari kabilar kiradi. Asosiy fondlar korxona iqtisodiy saloxiyatining juda muxim ko’rsatkichidir. Albatta, ilmiy texnika taraqqiyoti tufayli korxonaning asosiy fondlari yangilanib, takomillashib boradi. Korxonaning asosiy fondlar bilan qanchalik ta’minlanganligi mexnatning fondlar bilan qurollanishi ko’rsatkichi orqali ifodalanadi.
Fondlar samaradorligi esa fond qaytimi ko’rsatkichida ifodalanadi. Bu ko’rsatkichni quyidagicha ifodalash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |