Birinchidan, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik huquqini himoya qilishga doir qonunchilikni yanada mustahkamlash masalasiga e’tibor qaratish lozim.
Ikkinchidan, biz xususiylashtirish ishlariga nisbatan munosa-batimiz va yondoshuvlarimizni ham tubdan o’zgartirishimiz, iqtisodiyotning kimyo, elektrotexnika sanoati, qishloq ho’jaligi mashinasozligi, qurilish materiallari sanoati va boshqa yetakshi tarmoqlarga qarashli korhonalarning aktsiyalarini kimoshdi savdosiga qo’yish bo’yicha choralar ko’rishimiz zarur.
Uchinchidan, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini keskin kamaytirish bo’yicha yuqorida qo’yilgan maqsadlarga erishishda davlat nazorat organlarining korxonalar ho’jalik faoliyatiga har qanday noqonuniy aralashuviga to’la barham berish muhimj ahamiyatga molik masala bo’lib qolmoqda.
To’rtinchidan, kooperatsiya aloqalarini kuchaytirish va hamkorlikni mustahkamlash, maqsadga muvofiq holatlarda, transmilliy korporatsiyalar tarkibiga kirish ochiq iqtisodiyot yo’lida izchil rivojlanishimizning muhim omili hisoblanadi.
Beshinchidan, biznesning muvoffaqiyati bozor iqtisodiyoti institutlari, xususan, yuksak professional darajadagi mustaqil auditni, sug’urtaning zamonaviy shakllarini va moliyaviy xizmatlarning boshqa turlarini keng rivojlantirishga bevosita bog’liq.
Tadbirkorlik yoki ishbilarmonlik — biznesning mudom shakli bo’lib, u moddiy ne’matlar va xizmatlar yaratadi, milliy boylikni ko’paytiradi, bozorni tovar va xizmatlar bilan to’ldiradi. Tadbirkorlar jamiyatni iqisodiy rivojlanishini ta’minlaydi. O’zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlikni rivojlantirish to’g’risida»gi qonunda tadbirkorlik faoliyatining qonuniy, huquqiy asoslari belgilab berilgan. Unda qayd qilinadiki, tadbirkorlik mulkchilik sub’ektlarining foyda olish maqsadida tavakkal qilib, mulkiy javobgarlik asosida amaldagi qonunlar doirasida, tashabbus bilan iqtisodiy faoliyat ko’rsatishdir.
Kichik va o’rta biznes — tadbirkorlikning asosiy samarali shakllaridan bo’lib, u mamlakat iqtisodiy siyosatida ustuvor yo’nalish deb belgilangan.
Beshinchi eng muhim ustuvor masala - bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, shu asosda aholi-ning bandligi va farovonligini oshirish muammolarini hal etishdan iborat:
Birinchidan, jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, kichik biznes ichki bozorni zarur tovar va xizmatlar bilan to’ldiradigan, iqtisodiyotning tarkibiy negizini belgilab beradigan eng muhim sestor hisoblanadi, shuningdek, aholini ish bilan ta’minlashda, uning daromadlarini oshirishda eng asosiy omil va manba bo’lib xizmat qiladi.
Ikkinchidan, hozirgi sharoitda jahon va mintaqaviy bozor-larda raqobat keskinlashib bormoqda. Aynan kichik biznes o’zining harakatchanligi, kam sarmoya talab qilishi hisobidan ishlab chiqarishni yengilroq va tez modernizatsiya qilish, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turlarini yangilash imkoniyatiga ega ekani va shu tariqa bozor kon’yukturasining o’zgaruvchan talablariga yaxshi moslasha olishi bilan e’tiborlidir.
Uchinchidan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bugungi kunda aholi bandligini ta’minlaydigan va uning asosiy daromad manbai bo’lgan muhim bo’g’inga aylanmoqda.
Ayni paytda u iqtisodiyotni izchil rivojlantirishning eng muhim omili, jamiyatimiz ijtimoiy va siyosiy barqarorligining kafolati, mamlakatimizni taraqqiyot yo’lidan olg’a yetaklaydigan faol harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo’lmoqda.
So’nggi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yo’lida ko’p ish qilindi.
Yuqorida aytilganidek, davlatning biznes faoliyatiga aralashuvi keskin cheklandi, kichik biznes sub’ektlarini ro’yhatga olish jarayoni sezilarli darajada soddalashtirildi va ularning oshkoraligi ta’minlandi, soliq stavkalari unifikatsiya qilindi va kamaytirildi, mahsulotlarni standartlash va sertifikatsiyalash tizimi takomillashtirildi, birja savdolarini rivojlantirish orqali tadbirkorlarning moddiy texnik resurslardan erkin foydalanishi bilan bog’liq ko’p masalalar hal qilindi, mikrokreditlash va mikrolizing yo’li bilan tadbirkorlarga kredit berishning yanggi shakllari joriy etildi.
Shuni ta’kidlash lozimki, bularning barchasi o’zining ijobiy natijasini berdi. Faqat 2006 yilning o’zida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasida qo’shimcha ravishda 290 ming yangi ish o’rinlari yaratildi, bu esa mamlakatimizda ochilgan yangi ish joylarining 50 % dan ortig’ini tashkil etadi.
2007 yilning boshida faoliyat ko’rsatayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarining soni qariyb 350 mingtaga yetdi yoki 2000 yildagiga nisbatan 2,3 marta ko’paydi. Bugungi kunda kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 42,1 % ni tashkil etmoqda. Qolaversa 2007 yilda uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 45 5 ga, 2010 yilda esa 50-52 % ga yetkazishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |