5. O’zgarishlarni kutish. Iste’molchilar ongida turli ko’rinishdagi kutishlar bo’lib turadi: xozirgiga nisbatan tovarlar narxi kelgusida oshadi, daromad ko’payib boradi, bozorda bo’lgan tovarlar taklifida o’zgarish bo’lmaydi. Bahor oylarida bo’lib o’tgan qattiq sovuq meva-chevalar hosiliga katta zarar yetkazdi. Buni sezgan iste’molchilar yoz va kuz oylarida katta miqdorda meva-cheva g’amlashga tushadi, ya’ni meva-chevagatalab oshadi. Iste’molchilarning daromadlari ko’payib boradi degan fikrga kelishi, ularni o’z pullarini ayamasdan sarflashlariga sabab bo’ladi. Bunda ham talab oshadi. Kelgusida daromadlar kamayadi, degan fikr esa iste’molchilar o’z pullarini juda extiyotlab sarflashadi, sotib olishni rejalashtirgan qator mahsulotlarni sotib olishni keyinga suriladi. Bunday holda talab kamayadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, narx ta’sirida talab miqdorida o’zgarishlar bo’ladi. Talab chizmasi narx va talab miqdori o’zgarishiga muvofiq bir nuqtadan boshqa nuqtaga o’tib turadi. Narxdan boshqa omillar ta’sirida esa, talab o’zgaradi, talab chizmasi o’ngga yoki chapga siljiydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |