Mehnat bozori - ish kuchini sotish, sotib olish va undan foydalanish bilan bog’liq bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yig'indisi tushuniladi. Mehnat bozorida ish kuchini qiymati, baxolanish, uni yollash, ish haqining miqdori, mehnat sharoitlari, ta’lim olish, malaka oshirish, ish bilan bandlik, ishsizlik muammolari aniqlanadi.
Mehnat bozori infrastrukturasi - bu mehnat bozoriga xizmat qiluvchi muassasalar, kasbga tayyorlash markazlari, ish bilan bandlik fondi, mehnat birjalari, ishbilarmonlikka hamkorlik markazlari, davlat fondi, pensiya fondi, xayriya fondi va boshqalardan iborat. Mehnat bozorining eng aniq shakli bu - mehnat birjasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |