O’zbekiston respublikasi davlat soliq qo’mitasi



Download 1,9 Mb.
bet187/224
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#232563
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   224
Bog'liq
iqtisod2008

Davriy ishsizlik ishlab chiqarishning tushib ketishi va ishchi kuchlariga talab yetarli emasligi natijasida kelib chiqadi. Davriy pasayish tovar va xizmatlarga bo’lgan yalpi talabni pasayishini, shunga muvofiq, yalpi taklifning kamayishini, oqibatda aholini ish bilan bandligini qisqarishini va ishsizlikning o’sishini bildiradi.

Modomiki, jamiyatda friksion va strukturaviy ishsizlik muqarrar ekan, to’liq bandlik ishsizlikni mutlaq yo’qligini bildirmaydi va doimo ishchi kuchining 100% dan kam deb hisob qilib kelinadi.

Boshqa o’tish davri iqtisodiyoti mamlakatlari kabi, O’zbekiston uchun ham ishsizlikning yuqorida sanab o’tilgan ko’rinishlari taalluqlidir. Ayniqsa, struktura-viy ishsizlik o’ta muhim muammoga aylanmoqda. Chunki respublika iqtisodiyoti-da ilm-fanga asoslangan ishlab chiqarishni tashkil etishga yo’naltirilgan yirik tarkibiy siljishlar amalga oshirilmoqda hamda umumittifoq mehnat taqsimoti natijasida haddan ziyod keng tarqalgan tarmoqlar yoki eskilari qisqartirilmoqda.

Ishsizlikning tabiiy yoki me’yordagi darajasi – bu aholini ish bilan to’liq bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasidir. U sodir bo’lishi mumkin, qachonki ishchi kuchi bozori muvozanatlashgan bo’lsa, ya’ni ish qidiruvchilar soni bo’sh ish joylari soniga muvofiq kelsa. Bunday holatda mavjud bo’lgan barcha ishlab chiqarish quvvatlari to’liq harakatga keladi.

Iqtisodiyotda ishchi kuchining tabiiy darajasi ijobiy xodisa sifatida qabul qilingan, chunki friksion va strukturali ishsizlikda ishdan mahrum bo’lgan shaxslarga maqbul keladigan yangi ish joyini topish uchun ma’lum vaqt kerak bo’ladi. Bu davrda ular mehnat bozoriga tazyiq ko’rsatmaydi. Faqat, ishchi kuchi taklifida bozor talabini yanada to’liqroq hisobga olishga qaratilgan tarkibiy o’zgarishlar bo’ladi.

Ishsizlikning tabiiy darajasi yoki to’liq bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasi friksion va strukturali ishsizlik darajalarining yig’indisi sifatida aniqlanadi.

Odatda, ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan yuqori va ishlab chiqarish quvvatlari to’liq ishlatilmaydi. Qariyb barcha mamlakatlarda iqtisodiy resurslardan to’liq foydalanmaslik holatlari mavjud. Ammo, kamdan-kam paytlarda, masalan urush harakatlari ketayotgan davrda, iqtisodiy resurslar shu jumladan ishchi kuchiga talabni keskin o’sib ketishi natijasida ular ishlab chiqarishga to’liq safarbar qilinadilar va natijada ishsizlikning tabiiy darajasidan past bo’lgan ishsizlik holati paydo bo’ladi.

Ishsizlikning tabiiy darajasi doimiy miqdor deb hisoblanmaydi. Хar bir mamlakatda friksion va strukturali ishsizlik ko’lami iqtisodiy vaziyatning, me’yoriy-huquqiy asoslarining aholi turmush tarzining o’zgarishiga bog’liq holda o’zgarib turadi. Hozirgi vaqtda ishsizlikning tabiiy darajasi 6-7% atrofida qabul qilingan bo’lsada, biroq bu foizlar turli mamlakatlar bo’yicha tebranib turishi mumkin.

Barcha mavjud resurslardan to’liq foydyalanish yoki ishsizlikning tabiiy darajasi holatida iftisodiyotda yaratilishi mumkin bo’lgan mahsulot hajmini iqtisodiyotning ishlab chiqarish potensiali deb ataladi. Odatda mahsulotni haqiqiy ishlab chiqarilish hajmi potensial ishlab chiqarishi bilan teng bo’lmayli: iqtisodiy pasayish davrida u potensial hajmdan past, iqtisodiy ko’tarilishlar davrida, aksincha, barcha ishlab chiqarish omillaridan maksimal foydalanish natijasida yuqori bo’ladi.

Mahsulotni potensial va haqiqiy ishlab chiqarilishi o’rtasidagi farq yalpi milliy mahsulot hajmining: uzilishi yoki orada qolishi deb ataladi. U potensial ishlab chiqarishga nisbatan foizda aks ettiriladi.


mahsulotning potensial mahsulotning haqiqiy

ishlab chiqarilishi - ishlab chiqarilishi

YaMM tuzilishi = ------------------------------------------------------ x100%

Mahsulotni potensial ishlab chiqarilishi


Agarda, iqtisodiyot resurslardan to’liq foydalanmaslik sharoitida faoliyat ko’rsatayotgan bo’lgan, ya’ni ishsizlikning haqiqiy darajasi tabiiy darajasidan yuqori bo’lsa, unda YaMM uzilishi ko’rsatkichi ijobiy miqdor bo’ladi. Lekin, iqtisodiyotning ishlab chiqarish imkoniyatlari maksimal darajada harakatga keltirilgan bo’lsa, unda haqiqiy ishlab chiqarish potensial ishlab chiqarishdan yuqori va uzilish miqdori manfiy bo’ladi.

Milliy mahsulotning haqiqiy va potensial hajmi teng bo’lgandagi ishsizlikning tabiiy darajasi muqobil xisoblanadi. Shu darajadan har qanday oshib ketish jamiyatdyagi iqtisodiy va ijtimoiy yo’qotishlar bilan bog’langan; chunki mamlakatdagi mavjud ishchi kuchlaridan to’liq foydalanmaslik YaMM uzilishini yoki uning hajmini potensial hajmdan ortda qolayotganini bildiradi. Ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan qanchalik yuqori bo’lsa, YaMM uzilishi shuncha ko’p bo’ladi. Ishsizlik darajasi va YaMM uzilishi o’rtasidagi miqdoriy nisbat makroiqtisodiyot sohasidagi taniqli tadqiqodchi Artur Ouken tomonidan aniqlangan va iqtisodiy adabiyotlarda Ouken qonuni sifatida keng tarqalgan. Bu qonun mohiyati shundan iboratki, agarda ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan 1% ga oshsa, YaMM xajmini orqada qolishi 2,5% tashkil etadi. Ushbu nisbat ishsizlikning turli darajalaridagi mahsulot yo’qotishlarini aniqlash imkonini beradi:


YaMM uzilishi = -2,5 ( ishsizlikning + ishsizlikning )

tabiiy darajasi haqiqiy darajasi


Masalan, agarda t yilda mamlakatda ishsizlikning tabiiy darajasi 6,5% deb qabul qilingan bo’lsa, haqiqiy darajasi esa 8,5% yetgan bo’lsa, u holda YaMM farqi 5% tashkil etadi (-2,5x(6,5-8,5). Bu shuni bildiradiki, shu yilda ishsizlikning tabiiy darajasi ta’minlangan bo’lganda, YaMM hajmi amaldagidan 5%ga oshiq bo’lardi. YaMMning pastroq darajasi, o’z navbatida, ishlab chiqarishda qatnashuvchilar daromadlarining nisbatan kamroq bo’lishini va iqtisodiyotni kelgusi taraqqiyoti investitsiyalash imkoniyatlarini qisqarishini bildiradi. Ishsizlik nafaqat iqtisodiy yo’qotishlarga olib keladi, balki jamiyatga katta ijtimoiy zarar ham keltiradi, ayniqsa, aholining zaif qatlamlarini (ayollar, keksalar va boshqalarga) uzoq muddat davomida ishsiz yurish oilaning, shaxsning moddiy faravonligini va ijtimoiy mavqeini pasayishiga sabab bo’ladi.


Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish