O’zbekiston respublikasi davlat soliq qo’mitasi


-Mavzu: Ijtimoiy iqtisodiy ehtiyojlar



Download 1,9 Mb.
bet18/224
Sana31.12.2021
Hajmi1,9 Mb.
#232563
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   224
Bog'liq
iqtisod2008

3-Mavzu: Ijtimoiy iqtisodiy ehtiyojlar.

(2 soat ma'ruza)

Reja:

  1. «Ehtiyojlar» tushunchasi

  2. Ehtiyojlarning turlari

  3. Ehtiyojlarni qondirish vositalari va usullari.

Tayanch so’z va iboralar:



Ehtiyojlarning mazmuni. Ehtiyojlarning tarkibi. Moddiy, ma’naviy ehtiyojlar va mehnat ehtiyoji. Ehtiyojlar tabaqalashuvi. Ehtiyojlarning cheksizligi. Ehtiyojlarning yuksalish qonuni. Chegaralangan resurslar, cheksiz ehtiyojlar, yakka, guruhiy, umumjamiyat ehtiyojlari.
Inson tabiatning ajralmas bo’lagidir. Hamma tirik mavjudotlarda bo’lgani kabi insonlarda ham ehtiyojlar bor. Hamma mavjudotlar yashashi va amal qilishlari uchun yeyishi, ichishi, nafas olishi, dam olishi, uxlashi, issiq va sovuq havfidan saqlanishi va avlod qoldirishi kerak. Bularning hammasi insonga hamrox bo’lib, ular fiziologik ehtiyojlar deb ataladi. Insonning o’ziga xos xususiyati shundaki, u faqat biologik mavjudotlargina emas, balki ijtimoiy mavjudot hamdir. Shunday ekan inson extiyojlari boshqa mavjudotlar ehtiyojlaridan farq qiladi. Sof fiziologik ehtiyojlardan tashqari insonlarda iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy, ma’naviy, ruhiy, huquqiy ehtiyojlar ham bor. Bularning barchasi insonni yashashi va faoliyat ko’rsatishini ta’minlaydigan hayotiy ehtiyojlardir. Ehtiyoj va muxtojlik bir-birlaridan biroz farq qiladi. Ishlab chiqaruvchilar o’ylaydiki, talabalarga kitoblar kerak. Aslida talabalarga kitob emas, kitob varaqlarida mujassamlangan mazmun kerak. Yoki, hammamiz avtobusni tezroq kelishiga muxtoj bo’lib o’tiribmiz. Bizda avtobusga emas, balki uni manzilga tezroq eltib qo’yish xususiyatiga ehtiyoj bor. Bizga avtobusning tezligi kerak.

O’z tabiatiga ko’ra fiziologik ehtiyojlar — jismoniy ehtiyojlar yoki birlamchi ehtiyojlardir. Har bir insonning jamiyatga kirib kelishi, avvalo ushbu ehtiyojlarni qondirishi asosida yuz beradi. Yana insonni shaxs sifatida kamol topishi, jamiyatda o’zligini topishga intilishi bilan bog’liq bo’lgan ehtiyojlar ham bor. Insonlarning yashashi, mehnat qilishi va ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy mavqega ega bo’lishi uchun iste’mol etilishi zarur bo’lgan mahsulotlar va xizmatlar majmui — ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar deb ataladi. Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarning odatdagi jismoniy ehtiyojdan farqi shuki, uni mehnat vositasida va tabiat ishtirokida qondiriladi, ya’ni u ishlab chiqarish faoliyatini talab qiladi.

Ehtiyojlar nimalarnidir iste’mol etilishi orqali qondiriladi. Ko’lami va iste’mol etuvchilarning soniga qarab ehtiyojlar yakka, guruhiy va umumjamiyat ehtiyojlariga ajraladi. Har bir kishining ta’bi, xulq-atvori va jamiyatda tutgan mavqeiga qarab vujudga keladigan ehtiyojlar —yakka ehtiyojlardir. Masalan, Axmadullo — oddiy mehnat kishisi. Oddiy, ammo pokiza kiyinishni yaxshi ko’radi. Do’stlari ko’paygan sari o’zini yaxshi xis etadi. Raxmatillo — oliy ma’lumotli, katta xususiy korxonani boshqaradi. Korxonaning samarali faoliyati haqida qayg’uradi. Yangi modeldagi avtomobilda yurishni qoida qilib olgan. Restoranlarda ovqatlanishni afzal deb biladi, go’shtli taomlarni xush ko’radi. Shaklan yakka, mazmunan ko’pchilik bilan birgalikda qondirishini talab qiladigan ehtiyojlar — guruhiy ehtiyojlardir. Masalan, bir guruhda 30 ta o’quvchi bor. Har bir o’quvchi ko’proq bilim olish niyatida kollejga keladi. Ammo bu niyatga u butun guruh o’quvchilari bilan birgalikda dars tinglash, vazifalar tayyorlash, to’garaklarda va jamoat ishlarida faol qatnashish orqali erishadi. Bu yerda har bir ayrim o’quvchining yakka ehtiyoji uchun va kollejning umumiy ehtiyoji bilan, birlashadi. Bu ehtiyojlarni qondirishda kollej jamoasi va kollej ixtiyoridagi mol-mulk qatnashadi. Oilaviy ehtiyoj guruhiyiy ehtiyojning o’ziga xos ko’rinishidir. Ota-onalarimiz, opa-akalarimiz zavodlarda, fabrikalarda va turli tashkilotlarda ishlaydi. Bu yerlarda ham guruhiy ehtiyojlar amal qiladi. Har bir ishchi, har bir hodim yaxshi ishlab, daromad olishga harakat qiladi. Ammo bu yakka ehtiyojlarni talablar darajasida qondirishi uchun mehnat jamoalarining umumiy ehtiyojlarining umumiy istagi— korxona faoliyati yuksak samara berishi lozim.

1. Mamlakat iqtisodiy taraqqiyotidagi erishilgan darajaga;

2. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy Mamlakatda millionlab aholi yashaydi, minglab korxona, tashkilot va muassa-salar faoliyat ko’rsatadi. Aholi va mehnat jamoalarining yakka va guruhiy ehtiyoj-larining majmui umumjamiyat ehtiyojlarini vujudga keltiradi. Mamlakat aholisi va mehnat jamoalarining jamiyatga birlashib, yaxlit organizm sifatida amal qilishini ta’minlaydigan ehtiyojlar ham umumjamiyat ehtiyojlarining tarkibiy qismlaridir. Bular: mamlakat tinchligi; aholining sihat-salomat yashashi va kamol topishi; cheklangan resurslardan tejamli foydalanish; atrof-muhit tozaligi; yalpi milliy mahsulot va yalpi milliy daromadning ko’payib borishi; davlatning jahon miqyosidagi mavqeini oshib borishi va boshqalar. Jamiyatdagi ehtiyojlarning miqyosi va bu ehtiyojlarni qondirish imkoniyati quyidagilarga bog’liq:

tuzumiga;

3. Hayot kechirishning tabiiy-jug’rofiy sharoitiga;

4. Tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlarga;

5. Xalqaro muhitga va hamkorlik darajasiga.

Ma’lumki, dunyoda xalq xo’jaligi rivojlangan mamlakatlar, rivojlanayotgan va kambag’al mamlakatlar bor. Masalan: Efiopiya, Samoli, Chad kabi mamlakatlardagi yakka, guruhiy va umumjamiyat ehtiyojlarini AQSH, Yaponiya, Lyuksemburg kabi mamlakatlardagi yakka, guruhiyiy va umumjamiyat ehtiyojlariga solishtirsak, bu mamlakatlardagi ehtiyojlar miqyosi va qondirish imkoniyatlarida juda katta farq borligini ko’ramiz. Rivojlangan mamlakatlar ehtiyojlarining miqyosi keng va xilma xildir. Kishilik jamiyati turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarni bosib o’tmoqda. XX asrning 70 yildan ortiqroq davrda dunyoda ikki bir-biriga qarama qarshi tuzum — kapitalizm va ijtimoiyizm amal qildi. Kapitalizm sharoitida jamiyat aholi yoppasiga mulksiz ishlab chiqarish vositalariga tayanadi. O’tgan o’n yilliklarda kapitalistik mamlakatlarda mulkiy munosabatlarning insoniylashuvi yuz berdi va juda ko’p mulksiz kishilar mulk egalariga aylanib qoldi. Bozor iqtisodiyoti deb atalmish yangi iqtisodiyotda odamlar-ning mulk egalariga aylanib borishi ularning ehtiyojlarini kengayib, xilma xillashib borishi bilan birgalikda bordi. Jamiyat a’zolarining aksariyat ko’pchiligida o’zlarida mujassamlangan butun iqtisodiy imkoniyatlarini ishga solib, halol mehnat qilish orqali boyib borishga intilish ehtiyoji tarkib topdi aholi mulksizligiga asoslangan ijtimoiyistik jamiyatda esa aholining yashash darajasi yillardan-yillarga pasayib bordi. Shunga muvofiq ravishda aholining ehtiyojlari torayib, bir xillashib bordi. Aholini aksariyat ko’pchiligida birlamchi hayotiy ehtiyojlar ustun bo’lib qoldi. Yoki bo’lmasa, ehtiyoj-larning jamiyat taraqqiyotiga butunlay zid shakllari: amalidan foydalanib boyib olishga intilish; qo’shib yozish hisobiga boyish poraxo’rlik; tamagirchilik bilan kun o’tkazish; boqimandalik ehtiyojlari vujudga keldi va avj oldi.

Hayot kechirishning tabiiy-jug’rofiy sharoitini ehtiyojlarga ta’siri shunda ifodalandiki, sovuq iqlimli mintaqa xalqlarning ehtiyojlari issiq iqlimli mintaqa xalqlarining ehtiyojlariga qaraganda kengroq va xilma xilroqdir. Sovuq iqlimli mintaqada yashashlari va faoliyat ko’rsatishlari uchun odamlarga issiq kiyim-boshlar, poyafzallar, issiq uy-joy, yuqori kalloriyali ovqatlar kerak. Holbuki, issiq mintaqa xalqlari bunday narsalarga ehtiyoj sezmaydi. Har bir xalqning o’ziga xos tarixiy-milliy an’analari va odatlari bor. Bu an’ana va odatlar shu halq ehtiyojlari tarkibidagi o’ziga xoslikni keltirib chiqaradi. Masalan: kishilar jahon miqyosida keng iste’mol etiladigan ust-bosh va poyafzallardan kostyum-shim, pal’to, plash, kurtka, mayka, shlyapa, tuflilarni xavas bilan kiyadilar. SHu bilan birga, milliy liboslarimiz to’n, do’ppi, chakmon, yaktak, poyafzallardan maxsi, kovushlarni nihoyatda qadrlaydilar. Cho’chqa go’shtini kamdan-kam iste’mol etganlari holda, qo’y go’shtiga o’chlar. Ehtiyojlar o’z harakteri va nimaga qaratilganligiga qarab ham guruhiylanadi. Shu jihatdan ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar uch qismga bo’linadi: 1) Moddiy ehtiyojlar; 2) Ma’naviy-ruxiy ehtiyojlar; 3) Mehnat ehtiyojlari.

Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo’lishi bilan birga yuzaga kelgan. Ular fiziologik ehtiyojlardir. Ulardan farqliroq, ma’naviy-ruhiy ehtiyojlar azaliy bo’lmay, jamiyat taraqqiyotining keyingiroq bosqichlarida, aniqrog’i tsivilizatsiya paydo bo’lishi bilan yuzaga keladi. Moddiy ehtiyojlar odamlar uchun eng zarur va hayotiy bo’lib, oziq-ovqat, kiyim-bosh, uy-joy, salomatlik vositalari, transport, aloqa ehtiyojlaridan iboratdir. Moddiy ehtiyojlarning qondirilishi yashashning birlamchi shartidir. Moddiy ehtiyojlar jamiyat taraqqiy etib borgani sari tarkiban o’zgarib, mazmunan kengayib boradi. Bu hol ayniqsa, aloqa, transport va salomatlik vositalari ehtiyojlarida sezilarli kechadi. Ma’naviy-ruhiy ehtiyojlar insonni jamiyatga kirib kelishini ta’minlashga qaratilgan ehtiyojlardir. Baxtli bo’lishga intilish, tabiiy xudbin-lik, bilim olish, takomillashuvga intilish, adolatga chanqoqlik, baxslashish, vatanpar-varlik ehtiyojlarini qondirishi insonni kamolot sari yetaklaydi.

Menat ehtiyojining mavjudligi faqat mehnatsiz nozu-ne’matlar yaratib bo’lmasligidan emas, balki mehnatsiz inson hayotining bo’lmasligida, mehnatsiz inson shaxsi kamol topa olmasligidadir. Mehnat ehtiyoji insonni o’zida mujassamlangan, uning doimiy shakli yo’q, u ishlashga bo’lgan ishtiyoqda ifoda etiladi. Mehnat ehtiyoji insonda mehnat qilish, ijod etish qobiliyati borligidan kelib chiqadi. Inson mehnatda o’z o’rnini topishi, o’z qobiliyatini ishga solib, elga tanilishi kerak. Mehnat ehtiyojining o’zi moddiy shaklda bo’lmasada, ma’lum moddiy shart-sharoitni talab qiladi. Mehnat ehtiyoji moddiy jihozlangan ish joyi bo’lishini talab qiladi. Ehtiyojlarning uchala turi bir-birini taqozo etadi, ular faqat uzviy birlikda ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarni bildiradi.

Ehtiyojlarning o’sib borishi — iqtisodiy qonun. Inson har doim baxtli bo’lishga intiladi. Baxtga qachon erishishi mumkin? Qachonki uning ehtiyojlari to’laroq qondirilganda. Kishi o’z organizmiga zarur energiyani bera oladigan xilma xil oziq-ovqatlarni yesa va ichsa, uning salomatligi ta’minlanadi. Salomat odam yaxshi kiyinsa, yaxshi uy-joylarda yashasa, yaxshi transport vositalaridan foydalansa, o’z vaqtida bilimini, kasb-xunarini oshirib borsa, yaxshi ish joylarida faoliyat ko’rsatsa, yaxshi dam olsa, jamiyat a’zolari o’rtasida yaxshi obro’-e’tibor topsa yana ham yaxshidir. Ehtiyojlarni shunday yo’sinda qondirilib borilishi kishini tetik qiladi, kayfiyatni yaxshilaydi, umrni uzaytiradi, u inson bo’lib dunyoga kelganidan rozi bo’lib yashaydi. Shuning o’zi baxtlilikdir. Ammo baxtlilikning chegarasi yo’q. Baxtlilikning chegarasi yo’qligi — inson ehtiyojlarining cheksizligida namoyon bo’ladi. Nima uchun barcha jonli mavjudotlarning ehtiyojlarini chegarasi bor-u, inson ehtiyojlari chegarasiz? Gap shundaki, insonda boshqa barcha jonli mavjudotlar tabiat bergan ne’matlarni iste’mol qilib, o’z ehtiyojlarini yetarli darajada qondira oladi. Ularda faqat fiziologik, tabiiy ehtiyoj bor. Inson esa o’z ehtiyojlarini qondirishi uchun tabiat bergan ne’matlarni iste’mol qilishi bilan kifoyalana olmaydi. Bu hakda Abu Ali Ibn Sino ta’kidlagan edi. Chunki bu ne’matlar inson ehtiyojlari miqyosiga nisbatan juda oz. Qolaversa, inson faqat fiziologik ehtiyojgagina emas, aytib o’tganimizdek, yana iqtisodiy, siyosiy, ruhiy, ma’naviy, madaniy, huquqiy yakka ehtiyojlarga ham ega. Bu ehtiyojlarning har birini qondirilishi u yoki bu darajada moddiy ne’mat bo’lishini taqozo etadi. Binobarin, inson o’zining xilma xil ehtiyojlarini qondira olishi uchun moddiy ne’matlarni ishlab chiqarishlari, ishlab chiqarganda ham kunlardan-kunlarga, yillardan-yillarga tobora ko’proq ishlab chiqarishlari kerak. Inson ehtiyojlari va ishlab chiqarish o’rtasida o’zaro bog’liqlik, o’zaro aloqadorlik bor. Ehtiyojlar ishlab chiqarishning rivojlanishining motori, uni xarakatga keltiruvchi kuch. Chunki ishlab chiqarishning maqsadi inson ehtiyojlarini qondirish. Inson ehtiyojlarisiz ishlab chiqarishning o’zi yo’q. Bir tomon-dan, jamiyat taraqqiy etib borgani sari har bir kishining yakka ehtiyoji o’sib, xilma xillashib boradi. Ikkinchi tomondan mamlakat va umuman dunyo aholisi sonining ko’payib borishi, inson ehtiyojlari hajmini yanada ortishi bilan birgalikda boradi. Bu ikki jarayonning qo’shilishi natijasida tobora o’sib boruvchi — umuminsoniy ehtiyojlar tarkib topadi va moddiy ne’matlar ishlab chiqarilishini uzluksiz ko’payib borishini talab qiladi.

Inson ehtiyojlari cheksiz, ammo bu ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo’lgan resurslar cheklangan. Ishlab chiqarish cheklangan resurslar asosida cheksiz ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlarini inson mehnati va aql-zakovati vositasida topish-ga xarakat qiladi. Bu xarakat davomida ishlab chiqarish takomillashib, rivojlanib, o’sib boradi. Kundalik ehtiyoj tovarlari va xizmatlarini ko’proq, ishlab chiqarilishini ta’min-laydi. Shu bilan birga hali noma’lum, iste’molda bo’lmagan yangi-yangi narsalarni yaratib, odamlarga ko’z-ko’z qiladi. Odamlarda o’sha narsalarga nisbatan butunlay yangi ehtiyojlar paydo bo’ladi va ishlab chiqarishga ushbu narsalardan yanada ko’proq, ishlab chiqarishini so’rab, buyurtma beradi. Inson ehtiyojlarini yanada kengayishi va yangilanishi yuz beradi. Xuddi shu vaqtning o’zida, yangi, o’sib boruvchi ehtiyojlarni qondirish, yo’lida ishlab chiqarish yanada rivojlanadi, kengayadi. Bunday ob’ektiv voqelik ta’sirida kengaygan takror ishlab chiqarish va ehtiyojlarni o’sib borishi —umumiqtisodiy qonunlari vujudga keladi va amal qilib kelmoqda. Ehtiyojlarning yuksalib borishi qonuniga ko’ra jamiyat a’zolarining, butun ahlining ehtiyojlari uzluksiz yuksalib boradi. Ehtiyoj miqdori o’sib, tarkiban yangilanib turadi, eski ehtiyojlar o’rniga yangisi keladi.

Ehtiyojlarning rivojlanib borishi murakkab tarzda yuz beradi. Odamlar ayrim narsalarga uzoq vaqtlargacha afzallik beradi va ular ehtiyoj sifatida uzoq saqlanadi. Ayrim narsalar esa, yetarli darajada jamiyatda o’rin topmay afzalligini ehtiyojlar tarkibidan tushib qoladi. Uchinchi ehtiyojlar, mutlaqo yangisi bilan almashmasdan turib rivojlanib, takomillashib borishi mumkin. Bunga misol qilib turar joy binolari, oziq-ovqatlar, chorva mollari ehtiyojlarini olsak bo’ladi. Vaqtlar bo’lganki, ot-arava, omoch, arifmometr, sham va kerosin lampa, sandal, bo’yra kabilarga ehtiyoj juda katta bo’lgan. Yuk mashinalari, poezdlar, traktorlar, elektron hisoblash mashinalari, elektr, elektr va gaz plitalari, gilamlarning paydo bo’lishi, ularni ehtiyojlar tarkibidan siqib chiqarib, keyingi aytib o’tilgan narsalarga butunlay yangi ehtiyojlarni tarkib toptirdi. Eski ehtiyojlar siqib chiqarilib, mutlaqo yangi ehtiyojlar paydo bo’lishini — ehtiyojlarning transformatsiyaasi deyiladi.

Ehtiyojlar zanjirli reaktsiya singari bir-birini taqozo etib o’sib boradi. Bir ehtiyoj o’z ketidan boshqa ehtiyojni chaqiradi. Tuzilishi murakkab va iste’moli malaka talab qiluvchi mahsulotlarga bo’lgan ehtiyoj ketidan, ularning ishlatilishi bilan bog’liq, bo’lgan ehtiyojlar kelib chiqadi. Masalan, avtomobilga ehtiyoj ketidan uni garajda saqlash, yonilg’i bilan ta’minlash, ta’mirlash, texnikaviy xizmat ko’rsatishdan o’tkazish, avtomobilni boshqarishni o’rganish ehtiyoji kelib chiqadi.

Hozirgi zamon fan-texnika inqilobi sharoitida vujudga kelayotgan ehtiyojlarda bunday bog’lanish ayniqsa, sezilarlidir.

Ehtiyojlar yuksalishining to’rt jihati bor:

1. Muayyan ehtiyoj kengayib miqdori o’sib boradi. Ya’ni ehtiyoj saqlanib qolgani holda, u ko’payib boradi. Masalan, aholining donga bo’lgan ehtiyoji 1960 yillarda 1 mln. tonna bo’lgan bo’lsa, 2000 yillarga kelib 3,5 mln. tonnaga yetdi.

2. Mutlaqo yangi ehtiyojlar paydo bo’lib, eskilarini surib qo’yadi, ehtiyojning ichki tarkibi — strukturasi o’zgaradi. Masalan, rejali iqtisodiyot barxam topib mulkni davlat tasarrufidan chiqarilishi va xususiylashtirilishi natijasida odamlar mulkka egalik qilish, tadbirkorlik, mulk asosida boyib borish, mustaqillik ehtiyojlari paydo bo’ladi, boqimandalik, ta’magirchilik ehtiyojlari tugatiladi.

3. Muayyan ehtiyojlar guruhiyligi doirasida turli ehtiyojlar nisbati o’zgaradi. Bunda muayyan ehtiyoj umumiy tarzda saqlanadi. Lekin uning ko’rinishlari va shaklari o’zgaradi. Masalan, umuman transport ehtiyoji saqlangan holda, transportning aniq turlariga ehtiyoj o’zgaradi. Temir yo’l transporti o’rniga havo transportiga, suv transporti o’rniga avtomobil transportiga ustivor ehtiyoj paydo bo’ladi. Uning zamirida transportning qulayligi yotadi.

4. Bir ehtiyojning ikkinchisi bilan almashtirilishi. Bunday almashuvni amalga oshiruvi uchun muayyan ehtiyoj o’rnini bosa oladigan ehtiyojlar bo’lishi zarur. Fan-texnika yutuqlari asosida rivojlanadigan iqtisodiyot bunga imkon yaratadi. Bir vaqtlar patefonga ehtiyoj katta edi. Hozirgi davrga kelib radio, televizor, audi-video magnita-fonlar magnitafon, patefon— kabilar o’rnini egalladi. Ular bir-birlari o’rnini bemalol bosa oladilar. O’rinbosarlik mahsulotlarning sifatiga, dizayniga, narxiga, iste’molchi uchun qulayligiga bog’liq. Ehtiyojlar yuksalishining to’rt jixati bir vaqtning o’zida amal qiladi. Lekin mamlakatlar, mintaqalar taraqqiyoti darajasiga qarab bu jihatlar tarkibini tashkil etgan mahsulotlar turli mamlakatlarda turlicha bo’lishi mumkin.


Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish