Ehtiyojlarni qondirish vositalari va usullari. Inson fiziologik, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ruhiy ehtiyojlarga ega ekanligini va bu ehtiyojlar yakka ehtiyoj, guruhiy ehtiyoj va umumjamiyat exhtiyojlari ko’rinishida namoyon bo’lishini ko’rib chiqdik. Aytib o’tilgan barcha turdagi ehtiyojlar maqsadga muvofiq ravishda qondiri-lishini talab qiladi. Har bir hamda ayrim iste’molchiga qoniqish baxsh etadigan yoki naf keltiradigan tovarlar va xizmatlar sotib olishni va ishlatishni hohlaydi. Bu tovarlar va xizmatlarning ro’yxati xayron qolarlik darajada xilma xil va ko’pdir: uy-joy, pal’to, tugma, un, konfet, ip, televizor, ketmon, elektr xizmati, o’yinchoq, tufli, dasturxon, kitob, shifonner, chelak, kompakt-disk, atir-upa, radio ta’miri, munchoq, va boshqalar. Kundalik hayotda inson ehtiyojlarini qondirishga kerakli mahsulotlarni ikki turga ajratadilar:
a) hayotiy ehtiyoj buyumlari (oziq-ovqat, uy-joy, kiyim-kechaklar);
b) zebu-ziynat buyumlari (oltin, qimmatbaho buyumlar, shirinliklar, ondatra telpagi, norka shubasi, brilliant).
Hayotda shunday o’zgarishlarning guvohi bo’lib turamiz: Ahmadullo uchun birinchi hayotiy ehtiyoj buyumi bo’lgan narsa (masalan, avtomobil, ondatra telpagi) bo’lsa Rahmatullo uchun zebu-ziynat buyumi bo’lish mumkin. Yoki bir necha yillar oldin aholi uchun zebu-ziynat buyumi bo’lgan narsalar keyinroq birinchi hayotiy ehtiyoj buyumlariga aylanib qolishi mumkin.
Masalan, yaqin yillarda ham televizor, magnitofon, kiryuvgich, soat, gilam kabilar zebu-ziynat buyumi sanalar edi. Hozirgi kunlarga kelib ular birinchi hayotiy ehtiyoj buyumlariga aylanib qoldi.
Moddiy ehtiyojlar insonlardan tashqari xususiy korxonalarga, davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga, jamoat tashkilotlariga ham xosdir. Har bir korxona doimo fan-texnika yangiliklariga, mashina mexanizmlarga, yangi xil xom-ashyo va yoqilg’iga, energiyaga ehtiyoj sezadi.
Insonlarga xos siyosiy, ma’naviy, ruhiy, huquqiy ehtiyojlarning qondirilishi ham moddiylik bilan boliq. Siyosiy ehtiyojni qondirish uchun siyosiy gazetalar, jurnallar, adabiyotlar, majlislarda qatnashish yoki majlislarni o’tkazish uchun muxtasham binolar, zallar, transport vositalari zarur.
Qisqasi, insoniyat jamiyati ehtiyojlarining asosida moddiylik yotadi. Moddiy ehtiyojlar cheksiz. Jamiyat iqtisodiy faoliyatining pirovard maqsadi yoki vazifasi — xuddi shu cheksiz, xilma xil ehtiyojlarni qondirishga intilishdir. Ammo, o’ziga xos muammo shuki, moddiy ehtiyojlar cheksiz, bu ehtiyojlarni qondirishga kerakli iqtisodiy resurslar cheklangandir. Inson ehtiyojlarining umumiy hajmi iqtisodiy resurslar hajmi-ga nisbatan ancha ko’pdir. Shunday ekan, jamiyat hohlagan hajmdagi tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish imkoniyatiga hech qachon erisholmaydi.
Insoniyat jamiyati paydo bo’libdiki, cheksiz moddiy ehtiyojlarni talab darajasida qondirishga harakat qilib keladi. Yuksalib kelayotgan ehtiyojlarni qondirishning birdan-bir vositasi ishlab chiqarish ekanligi ming yillar avval ma’lum bo’lgan. Ming yillardan buyon ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish rivojlanib, takomillashib kelmoqda. Bu jarayon davlatni vujudga kelishi bilan yanada tezlashdi.
Davlatning paydo bo’lishi bilan aholi ehtiyojlarini qondirishning ichki va tashqi manbalari to’g’risida bosh qotirish boshlandi.
Aholi ehtiyojlarini qondirishning ichki manbai—mamlakat hududidagi iqtisodiy resurslarni ishga solishi natijasida yaratiladigan boyliklardir. Bu boyliklar mehnatni tashkil etish va resurslardan samarali foydalanish yo’li bilan yaratiladi. Bunda inson mehnati unumdorligi juda katta rol o’ynaydi. Mehnat kishilari ishlab chiqarishga qanchalik faol, samarali faoliyat ko’rsatsa, shunchalik ko’p moddiy ne’matlar yarati-ladi, resurslar tejaladi va ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari oshadi.
Mehnatni tashkil etish va amalga oshirishda ehtiyoj kishilarni mehnatga jalb etishning o’ziga xos undovi, boisi (motivatsiyasi) xizmatini bajaradi. Ehtiyoj bor ekan odamlar ishlashga, moddiy-ma’naviy ne’matlarni yaratishga majburdirlar. Lekin, odamlar yakka holda, faqat o’z ehtiyojini qondirish uchun harakat qilmaydi. Har bir inson jamiyatda, odamlar orasida yashaydi, uning taqdiri butun jamiyat taqdiri bilan bog’langan. Shunday ekan ular ijtimoiy mehnatda qatnashishlari zarur.
Insoniyat jamiyati ijtimoiy mehnatga jalb etishning quyidagi usullaridan foydalanib kelgan: zulm va kaltak yo’li bilan mehnatga jalb etish, iqtisodiy chorasizlik yo’li bilan mehnatga jalb qilish; xulq-atvor hohish yo’li bilan mehnatga jalb etish.
Jamiyat a’zolarini mulkdorlarga va mulksizlarga ajralib qolishi mehnatni tashkil etish va boshqarishni ancha qiyinlashtirdi. Mulksiz kishilarni ishlab chiqarishga o’z hohishlari bilan kirib kelishlari va ishlab chiqarish jarayonida ongli holda, o’zlarida mujassamlangan butun iqtisodiy imkoniyatlarini ishga solib mehnat qilishdan manfaatdorligi keskin kamaydi.
Sanoat ishlab chiqarishini vujudga kelishi, ishlab chiqarishda mashina mexa-nizmlardan keng foydalanish—mehnatga bo’lgan talabni qiskartirdi, minglab million-lab mehnatga yaroqi odamlar ishsiz, shu bilan bir vaqtda tirikchilik vositalarisiz qoldi. Kapitalizm deb ataluvchi tuzumda mulksizlik va uning oqbatida kelib chiqqan ochlik, nochorlik mehnat kishilarini ishlab chiqarishga «iqtisodiy majburlab» olib kirdi.
XX asr — fan-texnika inqilobi asri bo’ldi. Bu asr o’n yilliklarida ishlab chiqa-rishni elektrlashtirish, mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, komp’yuterizatsiya-lashtirish ishlari amalga oshirildi, biotexnologiyadan keng foydalanilmoqda. Har bir ish joyining bahosi beqyos darajada o’sdi. Bu ish joylarida faoliyat ko’rsatayotgan ishchi-hodimlarning yaratuvchilik imkoniyatlari juda kengaydi. Mehnatning aksariyat ko’p hissasi murakkab mehnatga, oliy bilim, yuksak intellektual qobiliyat talab qiladigan aqliy mehnatga, shu bilan birga, katta daromad keltiradigan mehnatga aylana boshladi. Yana bir haqiqat shuki, bu asrda ayrim mamlakatlarning (u kattami, kichikmi, taraqqiy etganmi, kam tarixiy etganmi, bundan qat’iy nazar) iqtisodiy hayoti xalqaro bozorga bog’liq, bo’lib qoldi. Qaysi mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar haridorgir bo’lsa, bu mamlakatning jahon bozoridagi ta’sir doirasi kengayib boradi, u oladigan foyda ko’p bo’ladi, aholi ehtiyojlarini qondirish imkoniyatlari oshib boradi. Albatta, tovarlar va xizmatlarning sifati va turli-tumanligi va tashabbuskorligiga bog’liq. Har bir ishchi o’z korxonasini o’z oilasidek qadrlashi, uni rivojlanishi va xalqaro obro’-e’tibor qozonishi uchun o’z hissasini qo’shishga intilishi kerak.
Bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari asosida borayotgan dunyodagi rivojlangan mamlakatlarda mulksizlarni mulkdorlarga aylanish jarayoni yuz bermoqda. Bu mamla-katlarda mehnatga jalb etishning xulq-atvor va hohish yo’lidan foydalanish boshlandi.
Mamlakat aholisining yuksalib boruvchi ehtiyojlarini qondirishda tashqi manba-lardan foydalanish tarixi ham o’ziga xosdir. Asrlar davomida kuchli davlatlar o’zga mamlakatlar hisobiga boyish maqsadida harakat qilib keldi. Insoniyat qanchadan-qancha mintaqaviy va jahon urushlarining guvoh bo’ldi. Qudratli armiyalar tashkil etib boshqa mamlakatlar hududlarini bosib olib, behisob o’ljalarni qo’lga kiritish, mag’lub mamlakatlar xalqlarini asir olib, ular mehnati hisobiga, Shu mamlakatlardan olinadigan o’lpon va soliqlar hisobiga boyish, o’tmish imperiyalarining asosiy maqsadi bo’lgan.
Hatto ilmiy yo’nalishga ega bo’lgan buyuk geografik kashfiyotlarning asosiy maqsadi o’zga yurtlarni bosib olib, boyliklarini o’marish bo’lgan. Ilmiy izlanishlar olib borish uchun okeanlararo yo’lga chiqqan ulkan kemalarda olimlar bilan birga kuchli armiya va hisobsiz qurol-yarog’lar suzib borgan. Xalq xo’jaligi davrga kelib aholi ehtiyojlarini qondirishning tashqi manbaida tub o’zgarishlar yuz berdi. Aytib o’tganimizdek, mamlakatlar dunyo bozori foydasidan ko’proq hissani egallab olishlari uchun jahon bozorining kattaroq qismini egallab olishlari kerak. Bunga jahon bozoridagi raqobatga bardosh bera oladigan yangi, xaridorgir tayyor tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va sotish, o’zga mamlakatlardan arzon narxda resurslar sotib olish orqali erishiladi. Ehtiyojlarning qondirilishi samarali ishlab chiqarish bilangina cheklanmaydi. Buning uchun iqtisodiyotnint taqsimlash va ayriboshlash kabi jihatlari ham maqsadga muvofiq, amal qilish, hayotiy ne’matlar taqsimlanish va ayriboshlash orqali iste’molchilarga kerakli miqdorda, tarkibda etib borishi talab qilinadi.
Kishilik jamiyati shaxsiy ehtiyojni qondirishning ikki usulidan foydalanib kelmoqda:
1. Ehtiyojni natural iste’mol orqali qondirish;
2. Ehtiyojni tovar iste’moli orqali qondirish.
Birinchi usul yaratilgan mahsulotni ishlab chiqarilgan joyning o’zida, uning egalari tomonidan bevosita iste’mol etilishidir. Dehonchilik mahsuli bo’lgan don, meva, sabzavot, go’sht, sut kabilarni dehqonning o’zini o’z oilasi bilan iste’mol etishi bunga misoldir. Ehtiyojning bunday usul bilan qondirilishi quloq iqtisodiyotga, xususan natural iqtisodiyotga xos bo’lgan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida ehtiyojlar tovarlarni sotib olish orqali qondiriladi. Bu iqtisodiyotda ishlab chiqarish ixtisoslashgan bo’lib, ishlab chiqarilgan mahsulotlar o’zgalar ehtiyojini mo’ljallaydi va shu sababli bozorga chiqdi. Bozorda mahsulotlar sotilib, pulga aylanadi tushgan pulga sotuvchi o’ziga kerakli tovarlar va xizmatlarni sotib oladi va iste’mol qiladi. Bu usul ehtiyojni tovar iste’moli orqali qondirilishini bildiradi.
Ko’rib o’tganimizdek, cheksiz ehtiyojlarni qondirishining asosiy vositasi ishlab chiqarishdir, moddiy ne’matlar ishlab chiqarish uchun mehnat qilinadi. Jamiyat a’zolarining mehnat unumdorligi qanchalik yuqori bo’lsa, shunchalik ko’p moddiy ne’matlar yaratiladi. Moddiy ne’matlarni ko’p bo’lishi — cheksiz ehtiyojlarni to’laroq, qondirishga imkon beradi. Kishi mehnati unumdorligi ko’p jihatdan uning bilimi, kasb-hunari, mehnatga ongli yondashuvi, harakati bilan bog’liq. O’zbekistonda tarmoqli tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarning umumiy yo’nalishi — barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan. Barkamol inson ehtiyojlari baland bo’ladi va bu ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari ham yuksakligi bilan ajralib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |