Mulkchilikning boshqa shakllari ham foydalidir.
Bozor iqtisodiyoti mulkchilikning barcha shakllariga keng yol ochib beradi. Aralash va qoshma mulk shakllari esa bir tomonning imkoniyatini boshqa tomonning imkoniyatlari bilan qoshib, samarali faoliyat korsatish uchun sharoit yaratadi. Masalan, qoshma korxonalar milliy iqtisodiyotda boshqa xorijiy davlatlar, kompaniya-lar, firmalarning ishtirok etishiga, iqtisodiy manfaatli hamkorlikka, pirovard samarali faoliyatga, iqtisodiy integratsiyaga keng yol ochadi, mamlakatga ilgor texnologiya, sarmoya, zamonaviy ilm-fan kirib kelishiga yordam beradi. Ayni vaqtda xorijiy davlatlar hamma fuqarolarning investitsiyalari asosida mamlakatda xorijiy mulk shakllanishi ruy beradi. Xorijiy davlatlar, xususiy sarmoyadorlarning mamlakat iqtisodiyotiga kirib kelishi milliy mustaqilligimizga havf solmaydimi, degan savol ham paydo bolishi mumkin. Davlat iqtisodiy siyosati milliy manfaatlarni himoya qilish asosida olib borilayotgan sharoitda bunday harakat xech qanday havf tugdirmaydi. Chunki barcha iqtisodiy munosabatlar xalqaro normativlar, qonunlar, shartnomalar, soliq va bank tizimi orqali boshqarilib turiladi va nazorat qilinadi. Shuni ham unutmaslik kerakki, xorijdan sarmoya bilan kelayotgan, mulk subektlari bolgan shaxslar ham ozlarining xususiy manfaatlarini ruyobga chiqarishlari tabiiydir. Chunki harakatdan xech qanday naf bolmasa, sarmoya sarflash foydasiz bulur edi.
Mamlakatimizda shaxsiy mulkchilik, oilaviy mulkchilik hamda yakka mulkchilik kabi shakllar ham oz orni va mavqeini egallaydi. Zero, bozor iqtisodiyoti degani har bir fuqaroning, ishlab chiqaruvchining hayotda oz orniga, oz mulkiga ega bolishini taminlash demakdir. Davlat mulkchilikning barcha shakllarini amal qilishi, tengligi, dahlsizligi uchun barcha huquqiy-iqtisodiy kafolatlarni yaratadi.
Mulkiy munosabatlarning rivojlanish tendentsiyasi qanday kechadi?
Xosh, mulkiy munosabatlarning rivojlanib borishida qanday tendentsiya kuzatilishi mumkin? Birinchidan, mulk shakllari ortasida raqobat tugiladi, bir-biridan ustun bolish, iqtisodiyotda ustuvor yonalishlarni egallash, yuqori mavqega chiqish sari harakat doimiy tus oladi. Bu jarayonda ozini saqlab qololmaydigan, ozini «oqlay olmaydigan» mulk shakllari chekinishi, hatto barjam topishi ham tarixiy haqiqatdir. Ikkinchidan, ularning ozaro raqobati iqtisodiyot kotarilishiga, iqtisodiy osish suratlarining tezlashuviga, samaradorlikning ortishiga, bozorning istemol buyumlari va xizmatlar bilan tuldirilishiga olib keladi. Bu tendentsiya mamlakatning ilgor davlatlar qatoriga chiqib olishiga, aholining umumiy farovonligini ortishiga xizmat qiladi.
Albatta, mulkiy munosabatlarning xilma-xilligi, kopmulklilik zamirida har xil ishlab chiqarish turlari yotadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning tarixiy bir davrida aralash iqtisodiyot kop ukladli iqtisodiyot bolib shakllanadi. Kop ukladli iqtisodiyotning tarixiy taqdiri qanday boladi? Bu savolga bozor iqtisodiyoti tizimining tarixiy rivoji javob beradi, yani bozor iqtisodiyoti amal qilar ekan, aralash iqtisodiet bolishi tabiiydir. Lekin shu narsa aniqki, har bir ukladning taqdiri ana shu ukladning ozida boladi,uning davrga qanday darajada hamoxang bolib borishida boladi. Davlatning biron-bir uklad tomonida bolishiga, uning manfaatlarini bir tomonlama himoya qilishiga, unga «yon bosishi»ga qaratilgan siyosat yurgizilmaydi. Bu narsa iqtisodiy jarayonlarning adolatli kechishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |