90
tashkilotni boshqarishda mehnatni ilmiy tashkil qilish va, o`z navbatida, industrial
kelishuv unsurlaridan foydalaniladi. Tashkilot ichida o`zining alohida madaniyati,
eskilik to`plamining shakllanishi uning faoliyatida an’anaviy kelishuvlar
unsurlarining paydo bo`lganligidan dalolat beradi. Tashkilotda «agentlar»
birlashgan manfaatlari - kasaba
uyushmasi vakilining ishtiroki, shuningdek
tashkilot
ichki
hayotining mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlariga bo`ysunishi
fuqarolik kelishuvi impertivini o`zida aks ettiradi. Tashkilotning ishbilarmonlik
doiralaridagi obro`si yoki iste’molchilar o`rtasida uning tovar belgisining
mashhurligi bizni ijtimoiy fikr imperativiga amal qilishga undaydi. Va nihoyat,
keng ma’nodagi innovatsiyalarga intilish (yangi tovar yoki xizmatlar ishlab
chiqarishdan tortib to tashkiliy tuzilmani optimallashtirishgacha)
tashkilotning
faoliyat ko`rsatishida ijodiy faoliyat imperativini aks ettiradi. Shunday qilib,
tashkilot asosida turli imperativlar o`rtasidagi
nizolar
yotadi.
Kelishuvlar nazariyasining ustunligi nafaqat tashkilot faoliyat ko`rsatishi
jarayonida yuzaga keladigan nizolarni ozmi yoki ko`pmi muntazam yoritishdan
iborat, balki u murosaning turli ko`rinishlarini tahlil qilish asosida nizolarni hal
etish variantlarini ham taklif etadi. Masalan, korxona rahbari, ishlab chiqarish
jarayonini oqilona tashkil etish hisobidan iste’molchilarga taklif
etilayotgan
mahsulot narxini pasaytirishni ko`zlagan holda, bosh muhandis (inustrial kelishuv)
va sotuv bo`limi (bozor kelishuvi) xizmatlarining manfaatlari o`rtasidagi nizoni hal
etish yo`lini qidirishi lozim. «Fordizm» tamoyillaridan biri industrial va bozor
kelishuvlari o`rtasidagi murosaning bunday ko`rinishini shunday izohlaydi: ishlab
chiqarishni konveyerli tashkil etish asosida ishlab chiqariladigan mashinalar
tannarxini pasaytirish, sotuvni rag`batlantirish va hatto iste’molning yangi
standartini tashkil etish imkonini beradi: «avtomobil - dahmaza emas, balki
harakatlanish vositasi».
Fransuz ishlab chiqaruvchisining «Pogrebok Affinua»
yangi pishloq navini
ishlab chiqarish to`g`risidagi qarori murosaning yanada murakkab ko`rinishiga
misol bo`ladi. Ushbu qaror an’anaviy retseptlar, zamonaviy texnologiyalardan
foydalanish va pishloqning ushbu xili ko`p sonli sovrinlar bilan taqdirlanadigan
nufuzli tanlovlarda ishtirok etishi asosida istemolchining nozik didli talablarini
qondirishga urinish ta’siri ostida qabul qilingan edi. Mazkur korxona faoliyat
ko`rsatishini belgilab beruvchi bozor, an’anaviy, inustrial kelishuvlar hamda
ijtimoiy fikr to`g`risidagi kelishuv murosasi ko`zga tashlanib turibdi (10.2-rasm.).
91
Har qanday korxona uchun yuzaga
keladigan muammolarni uning
yordamida identifikatsiyalash va ularni hal etish yo`llarini izlash yo`nalishlarini
belgilash oson bo`ladigan o`ziga xos kelishuvlar «xaritasini» tuzish mumkin.
Kelishuvlar nazariyasi nuqtai nazaridan tashkiliy tuzilmani optimallashtirish
tashkilot oldida turgan turli imperativlarni muvofiqlashtirishga yordam beruvchi
murosa tamoyillarini qidirib topishdan iborat.
Xulosa
Faqat transaksiya xarajatlarining miqdorini baholashga nisbatan ordinalist
yondashuv yordamida muayyan tashkilotlar tuzilmasini tahlil qilish uchun
transaksiya xarajatlari nazariyasini qo`llash mumkin. Mazkur yondashuv turli
shartnoma va tashkiliy shakllarda bitim tuzishda yuzaga keladigan
transaksiya
xarajatlari miqdorini ekspertiza yo`li bilan baholash yordamida taqqoslashdan
iborat. Ekspert baholaridan tashqari, tashkilotning buxgalteriya hisoboti ham
axborot manbai bo`lib xizmat qilishi mumkin. O`z navbatida, kelishuvlar
nazariyasi tashkilotlarni
miqdoriy jihatdan emas, balki sifat jihatdan tahlil qilishga
o`z ulushini qo`shadi. Uning asosida tashkilot ichida yuzaga keladigan nizolar
tabiatini izohlash va uning tuzilishini transaksiya xarajatlari mezoni bo`yicha emas,
balki nizolarning keskinligini pasaytirish mezoni bo`yicha optimallashtirish
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: