O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»


Firma ichidagi nizolarni tahlil qilish va ularni kelishuvlar nazariyasi



Download 0,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/151
Sana01.01.2022
Hajmi0,7 Mb.
#304504
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   151
Bog'liq
institutsional iqtisodiyot

Firma ichidagi nizolarni tahlil qilish va ularni kelishuvlar nazariyasi
asosida hal etish
Tashkilotni amaliy tahlil qilishga kelishuvlar nazariyasi ham o`z ulushini
qo`shadi. Uning yordamida tashkilot ichidagi nizolar tabiatini, optimal shartnoma
nazariyasi va  transaksiya xarajatlari nazariyasining tarafdorlari taklif etganidek,
«prinsipal» va «agent» manfaatlarining qarama-qarshi qo`yilishiga yo`yish
mumkin emas. Kelishuvlar nazariyasi tashkilot tuzilmasining
murakkabligi
dan
kelib chiqadi – u turli xildagi kelishuvlar unsurlarini o`z ichiga oladi. Odatda, har
qanday tashkilotning faoliyat ko`rsatishi kamida quyidagi kelishuvlar imperativiga
javob berishi lozim: bozor, industrial, an’anaviy, fuqarolik, ijodiy faoliyat va
ijtimoiy fikr. Har qanday tashkilot, hatto foyda ko`rmay ishlayotgan korxona ham,
o`zining daromadlarini xarajatlarga muvofiqlashtirishi va o`zining moliyaviy
majburiyatlarini bajarishi zarur (bozor kelishuvining unsurlari). Har qanday


90
tashkilotni boshqarishda mehnatni ilmiy tashkil qilish va, o`z navbatida, industrial
kelishuv unsurlaridan foydalaniladi. Tashkilot ichida o`zining alohida madaniyati,
eskilik to`plamining shakllanishi uning faoliyatida an’anaviy kelishuvlar
unsurlarining paydo bo`lganligidan dalolat beradi. Tashkilotda «agentlar»
birlashgan manfaatlari - kasaba uyushmasi vakilining ishtiroki, shuningdek
tashkilot
ichki
 hayotining mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlariga bo`ysunishi
fuqarolik kelishuvi impertivini o`zida aks ettiradi. Tashkilotning ishbilarmonlik
doiralaridagi obro`si yoki iste’molchilar o`rtasida uning tovar belgisining
mashhurligi bizni ijtimoiy fikr imperativiga amal qilishga undaydi. Va nihoyat,
keng ma’nodagi innovatsiyalarga intilish (yangi tovar yoki xizmatlar ishlab
chiqarishdan tortib to tashkiliy tuzilmani optimallashtirishgacha) tashkilotning
faoliyat ko`rsatishida ijodiy faoliyat imperativini aks ettiradi. Shunday qilib,
tashkilot asosida turli imperativlar o`rtasidagi
nizolar
 yotadi.
Kelishuvlar nazariyasining ustunligi nafaqat tashkilot faoliyat ko`rsatishi
jarayonida yuzaga keladigan nizolarni ozmi yoki ko`pmi muntazam yoritishdan
iborat, balki u murosaning turli ko`rinishlarini tahlil qilish asosida nizolarni hal
etish variantlarini ham taklif etadi. Masalan, korxona rahbari, ishlab chiqarish
jarayonini oqilona tashkil etish hisobidan iste’molchilarga taklif etilayotgan
mahsulot narxini pasaytirishni ko`zlagan holda, bosh muhandis (inustrial kelishuv)
va sotuv bo`limi (bozor kelishuvi) xizmatlarining manfaatlari o`rtasidagi nizoni hal
etish yo`lini qidirishi lozim. «Fordizm» tamoyillaridan biri industrial va bozor
kelishuvlari o`rtasidagi murosaning bunday ko`rinishini shunday izohlaydi: ishlab
chiqarishni konveyerli tashkil etish asosida ishlab chiqariladigan mashinalar
tannarxini pasaytirish, sotuvni rag`batlantirish va hatto iste’molning yangi
standartini tashkil etish imkonini beradi: «avtomobil - dahmaza emas, balki
harakatlanish vositasi».
Fransuz ishlab chiqaruvchisining «Pogrebok Affinua» yangi pishloq navini
ishlab chiqarish to`g`risidagi qarori murosaning yanada murakkab ko`rinishiga
misol bo`ladi. Ushbu qaror an’anaviy retseptlar, zamonaviy texnologiyalardan
foydalanish va pishloqning ushbu xili ko`p sonli sovrinlar bilan taqdirlanadigan
nufuzli tanlovlarda ishtirok etishi asosida istemolchining nozik didli talablarini
qondirishga urinish ta’siri ostida qabul qilingan edi. Mazkur korxona faoliyat
ko`rsatishini belgilab beruvchi bozor, an’anaviy, inustrial kelishuvlar hamda
ijtimoiy fikr to`g`risidagi kelishuv murosasi ko`zga tashlanib turibdi (10.2-rasm.).


91
Har qanday korxona uchun yuzaga keladigan muammolarni uning
yordamida identifikatsiyalash va ularni hal etish yo`llarini izlash yo`nalishlarini
belgilash oson bo`ladigan o`ziga xos kelishuvlar «xaritasini» tuzish mumkin.
Kelishuvlar nazariyasi nuqtai nazaridan tashkiliy tuzilmani optimallashtirish
tashkilot oldida turgan turli imperativlarni muvofiqlashtirishga yordam beruvchi
murosa tamoyillarini qidirib topishdan iborat.
Xulosa
Faqat transaksiya xarajatlarining miqdorini baholashga nisbatan ordinalist
yondashuv yordamida muayyan tashkilotlar tuzilmasini tahlil qilish uchun
transaksiya xarajatlari nazariyasini qo`llash mumkin. Mazkur yondashuv turli
shartnoma va tashkiliy shakllarda bitim tuzishda yuzaga keladigan transaksiya
xarajatlari miqdorini ekspertiza yo`li bilan baholash yordamida taqqoslashdan
iborat. Ekspert baholaridan tashqari, tashkilotning buxgalteriya hisoboti ham
axborot manbai bo`lib xizmat qilishi mumkin. O`z navbatida, kelishuvlar
nazariyasi tashkilotlarni miqdoriy jihatdan emas, balki sifat jihatdan tahlil qilishga
o`z ulushini qo`shadi. Uning asosida tashkilot ichida yuzaga keladigan nizolar
tabiatini izohlash va uning tuzilishini transaksiya xarajatlari mezoni bo`yicha emas,
balki nizolarning keskinligini pasaytirish mezoni bo`yicha optimallashtirish
mumkin.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   151




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish