O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi



Download 1,11 Mb.
bet71/97
Sana20.06.2022
Hajmi1,11 Mb.
#680553
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   97
Bog'liq
institutsional iqtisodiyot 1 1 1

Firma «agentlar» ittifoqi sifatida. Ushbu qaror avvalgisidan shunisi bilan tubdan farq qiladiki, bunda nafaqat «agentlar»ning faoliyatdan olinadigan daromadlarda ishtirok etishiga yo`l qo`yiladi, balki «prinsipal» funksiyalarining o`zi «agentlar» tomonidan navbati bilan bajarila boshlaydi. «Prinsipal» vaqtincha

«tenglar ichida birinchi» bo`ladi. Ta’kidlash lozimki, hukumronlik munosabatlari
«agentlar» tomonidan o`z harakatlari ustidan nazoratning boshqalarga topshirilishi bilan tugatilmaydi, shunchaki nazorat qilish va vazifalarni taqsimlash funksiyalari tashkilotning barcha ishtirokchilari tomonidan navbatma-navbat bajariladi. Vaqtinchalik axborot oqimlarining kesishuvidagi mavqeni egallagan va buning oqibatida aylanadigan axborotni to`plash imkoniyatiga ega bo`lgan «agent»
«prinsipal»ga aylanadi.
Bunday tuzilma «boshoqsimon» deb nomlanadi. «Agentlar»ning «prinsipal» mavqeiga rotatsiyasi faqat ishonchli axborotni uzatishni rag`batlantirish muammosini hal etadi. Lekin eng asosiysi, u «agentlar» o`rtasida ishonchli munosabatlarni mustahkamlash va raqobatni rivojlantirish uchun zamin yaratadi. O.Uilyamson «agentlar» o`rtasida ishonchli munosabatlarning paydo bo`lishida firma ichida foydalilikni oshirish strategiyasi sifatida opportunizmdan bosh tortishga olib keluvchi «assotsiativ muhit» paydo bo`lishining muhim omilini ko`radi: «Unumdorlik umumiy ishga adolatli ulush qo`shganlik uchun javobgarlik hissi tufayli ortadi». O`zini o`zi boshqaruvchi firma bunday ittifoqni amaliyotga joriy etish shakli sifatida ishtirok etadi.
Assotsiativ muhitning paydo bo`lishi bilan bog`liq foyda nafaqat nazorat xarajatlarida tejashdan, balki yangi manba – kooperatsiyadan yutishdan iborat. Klassik iqtisodiyot fani Adam Smit ortidan mehnat taqsimotida tashkilot a’zolarining u yoki bu vazifalarni hal etishdagi qiyosiy ustunliklarining asosiy manbasini ko`radi. Ushbu yondashuvga ko`ra, kooperatsiya foydali, chunki alohida vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan xodimlar birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan ular tomonidan barcha vazifalar mustaqil hal etilgandagiga qaraganda ko`p mahsulot ishlab chiqaradi. «Ishchining chaqqonligini rivojlantirish u bajarishga qodir bo`lgan ishlar miqdorini oshiradi. Mehnat taqsimoti esa, har bir ishchining ishini qandaydir oddiy operatsiyaga yo`yib va ushbu operatsiyani uning butun hayotidagi yagona mashg`ulotga aylantirgan holda, ishchining abjirligini kerakli darajada oshiradi». Assotsiativ muhit nafaqat mehnat taqsimoti, balki «jamoaviy ish» asosida kooperatsiyadan foyda olish imkonini beradi. Kooperatsiyadan olinadigan ijobiy samara birgalikda ishlash va tashkilot a’zolari – «jamoa»ning o`zaro qo`llab-quvvatlashi bilan shartlangan.
Xulosa qilib, shuni ta’kidlash joizki, «agentlar» ittifoqi sifatida firmada
«prinsipal»dan «agentlar»ni ularning umumiy natijaga qo`shgan ulushiga muvofiq mukofotlashini, «agent»dan esa «prinsipal» tomonidan qo`yilgan vazifalarning vijdonan bajarilishini talab qiluvchi «oltin qoida» asosida «prinsipal» va «agent» muammosini hal etish imkoniyati paydo bo`ladi. Misol tariqasida quyidagi modelni keltiramiz, unda o`yinchilar uchta strategiyadan bittasini tanlashadi: «oltin qoida», teng sa’y-harakatlar standarti va opportunistik xatti-harakat. «Prinsipal» tomonidan teng sa’y-harakatlar standarti «agentlar» mehnatiga qat’iy belgilangan teng haq to`lanilishini qo`llashdan iborat, agentlar tomonidan esa yaxshi ham, yomon ham emas, «hamma qatori» ishlashdan iborat. «Prinsipal» opportunizmi, bunda «agent» bozordagi barcha vaziyat haqida to`liq axborotga ega bo`lmaydigan noqulay «tabiiy» shart-sharoitlar (masalan, bozor kon’yunkturasi) belgisi ostida
«agent»ni pasaytirilgan tarzda mukofotlash shakliga ega bo`lishi mumkin. Ta’kidlash lozimki, Nesh bo`yicha muvozanat hisoblanmaydigan «oltin qoida» strategiyalarini faqat, bir tomondan, «agentlar» o`rtasida, ikkinchi tomondan,
«agentlar» bilan «prinsipal» o`rtasidagi o`zaro ishonch me’yorlari asosida qabul qilish mumkin. Ko`rib chiqilayotgan model unda o`zaro ishonchsiz o`yinchilar ham o`z aybini inkor etishi mumkin bo`lgan «hukm qilinganlar dilemmasi»ning varianti hisoblanadi.

Ko`rsatkichlar

«Prinsipal»

«Oltin qoida»

Teng sharoitlar
andazasi

Opportunizm

«Agent
»

«Oltin qoida»

7; 7 [P]

4; 8

1; 9

Teng sharoitlar andazasi

8; 4

5; 5

2; 6

Opportunizm

9; 1

6; 2

3;3 [N, St1, St2]

Shunga qaramay «agentlar» ittifoqi sifatida firma modelinig tarqalishini quyidagi omillar chegaralaydi:



      • «agentlar»ning xatarga moyilligi;

      • tashkilot ishtirokchilarining soni: samarali bo`lish uchun, rotatsiya federativ tamoyillari asosida yagona tashkilotga birlashgan 5-10 kishidan iborat guruh doirasida qo`llinilishi mumkin; tashkilot a’zolarining umumiy soni 100 kishidan oshmasligi kerak (10 kishidan iborat 10 ta guruh).

      • tashkilot a’zolari tomonidan «ijtimoiy» sarmoyaga, ya’ni o`zaro qo`llab- quvvatlash va o`zaro ishonch an’analari, umumiy maqsadlar va manfaatlarga dastlabki egalik qilish; ijtimoiy sarmoya tashkilot faoliyat ko`rsatishining dastlabki bosqichida «agentlar» rotatsiyasini boshlash uchun zarur.




    1. Download 1,11 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish