O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi



Download 1,11 Mb.
bet11/97
Sana20.06.2022
Hajmi1,11 Mb.
#680553
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   97
Bog'liq
institutsional iqtisodiyot 1 1 1

Institut – bu jamiyat a’zolari o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni belgilab beruvchi rasmiy qoidalar va norasmiy normalar tizimi. Institutlar asosini uning tarkibiy qismlari hisoblangan normalar tashkil etadi.
Norma – institutsional muhitda individlarning o`z tanlovini amalga oshirishda foydalaniladigan asosiy unsur hisoblanadi. Ushbu unsur: tartibni saqlash funksiyasiga ega; o`zaro hamkorliklar tizimida majburiy xatti-harakat bajarilishini talab etadi; shaxslar xatti-harakatidagi ijtimoiy, iqtisodiy, yuridik sanksiyaga tayanuvchi muntazamlik hamda muqarrarlikni aks ettiradi; shaxsning turli vaziyatlarda o`zini qanday tutishi lozimligini belgilaydi. Norma amal qilishi uchun talab etiladigan tarkib beshta unsurdan iborat:

  • individlarning guruhlanish belgilari;

  • muqarrarlik omili (kerak yoki kerak emas);

  • maqsad;

  • norma harakatda bo`lgan shart-sharoitlar;

  • sanksiyalar.

Ajratilgan ushbu 5 ta unsur normalarning turli xillarini cheklash imkonini beradi, ya’ni g`amkorlik strategiyasini, xususan, normaning o`zini (tor ma’noda) va qoidalarni. Norma xillari quyidagilarga bo`linadi:
Hamkorlik strategiyasi q belgi Q maqsad Q shart-sharoit;
Norma q belgi Q muqarrarlik omili Q maqsad Q shart-sharoit;
Qoida q belgi Qmuqarrarlik omili Q maqsad Q shart-sharoit Q sanksiya.
Shaharda yoki supermarketda bir-birlarini yo`qotgan odamlarni qidirish hamkorlik strategiyasiga misol bo`ladi. Bunda: individlarning guruhlanish belgisi – bir-birini yo`qotganlik fakti; maqsad - bir-birini topish; shart-sharoit – uchrashish ehtimoli yaqin bo`lgan ko`zga tashlanuvchi narsa yoki buyumning mavjudligi bo`ladi.
Torroq ma’noda norma kelishuv tushunchasiga mos keladi. Chunki kelishuv ko`rsatmasini bajarish o`ta ixtiyoriy xususiyatga ega. Qoidaga o`tishda ko`rsatmalarni bajarishning ixtiyoriy xususiyati yo`qoladi, ya’ni bunda sanksiya ishga tushadi.
Normaning inson xatti-harakatiga ta’siri haqidagi munozara sotsiologiya va iqtisodiy nazariya o`rtasidagi chuqur tarixiy ildizga ega bo`lgan qarama-qarshilik bilan bog`liq. Sotsiologlar normada insonlar xatti-harakatining ularga tashqaridan berilgan va ekzogen xususiyatga ega bo`lgan mutlaq naimjasini ko`radilar. Homo sociologicus xatti-harakati umuman olganda jamiyatning normativ tarkibi bilan aniqlanadi. Normalarning o`zlari esa, sotsiologlarning fikriga ko`ra, jamiyat xususiyatlaridan hosil bo`lgan va uni takror ishlab chiqarish vazifasini ko`zlaydi.
Iqtisodchilar esa klassik siyosiy iqtisod davridan buyon normalarning bunday talqin etilishiga qo`shilmaydilar. Chunki norma tanlash erkinligini istisno etadi. Homo economicus o`z tanlovida, shu jumladan norma tomonidan qo`yiladigan cheklovlardan holi. Iqtisodchilar shaxs tanlovining institutsional cheklovchisi sifatida normalarning mavjud bo`lishini umuman inkor etadi. Yoki normalarga oqilona izoh berishga, aniqrog`i, ularda tashqaridan berilgan xatti- harakat natijasini emas, balki anglab yetilgan tanlov natijasini ko`rishga intiladi.
Umuman olganda, ijtimoiy tanlash nazariyasida normalar: oqilona tanlash natijasi sifatida qaraladi. Kelishuvlar iqtisodida esa normalar oqilona xatti- harakatning omili sifatida tahlil qilinadi.
Ijtimoiy tanlash nazariyasi (D.Byukenen) birinchi galda siyosiy tanlov natijasini aks ettiruvchi va huquqda qayd etiladigan yuridik normani o`rganadi. Yuridik normalarni izohlash uchun oqilona tanlashning neoklassik modelidan foydalaniladi. Xususan, shu narsa nazarda tutiladiki, Byukenen uchun siyosat - bu huddi insonlar bozorda faqat o`z afzal bilishlariga amal qilgan holda tovarni xarid qilgani kabi, uning asosida ular turli xil muqobil variantlarni, ularni o`z qadr- qimmati bilan qiyoslagan holda, tanlaydigan murakkab institutsional jarayon hisoblanadi. Boshqa so`z bilan aytganda, norma va qoidalar siyosat bozorida shaxslar o`rtasidagi o`zaro hamkorlik natijasida paydo bo`ladi. Bundan normalarni baholashning navbatdagi mezoni – ularning samaradorligi kelib chiqadi. Normalar faqat ular o`ziga xos qadr-qimmatga asoslanganda samarali bo`lib, yakka manfaatlarni o`zaro foydali tarzda amalga oshirishga ko`maklashadi [47].
Ijtimoiy tanlash nazariyasiga xos bo`lgan oqilona tanlov modeli yordamida normalarni talqin qilishdan farqli ravishda, kelishuvlar iqtisodi normalarga amal qilishda (bunda normalar tashqaridan berilgan) ekzogen hisoblanishiga qaramasdan, oqilona xatti-harakatning omilini ko`rishni taklif etadi. Bunday bir qarashda o`ziga xos xususiyatga ega bo`lgan oqilona tanlash natijasi
hisoblanmagan normalarni bajarish, oqilona xatti-harakatning shartiga aylanadi. Ammo bozordagi bitimlar ishtirokchilarining oqilonalik talabi ushbu o`ziga xoslikni izohlash imkonini beradi.
Kelishuvlar iqtisodi normani bozorda ishtirokchilar tomonidan istaklar va afzalliklarning o`zaro talqin etilishi uchun zamin sifatida ko`rib chiqishni taklif etadi (2.1-jadval). Shu nuqtai nazardan normaga amal qilish shaxs uchun o`z maqsadlari (signaling) haqidagi xabarlarni kontragentgacha yetkazish usuliga aylanadi. Shaxslar o`z xatti-harakatiga nisbatan bir-birini istisno etuvchi talablarni muvofiqlashtirishga va o`z tomonlarining harakatlariga nisbatan ishonchli fikrlarni bildirishga qodir bo`lmay qoladi. Ko`rib chiqilayotgan yondashuv doirasida kelishuvlar nisbatining quyidagi variantlari tahlil qilinadi.

  1. Ekspansiya – unda o`zaro hamkorlikni tashkil qilish ilgari boshqa kelishuvlar ustuvorlik qilgan sohalardagi kelishuvlardan birining normalari asosida amalga oshadigan kelishuvlar nisbati. Masalan, siyosiy soha siyosiy bozorga aylanishi mumkin, bunda fuqarolik kelishuvining normalari bozor kelishuvi normalari tomonidan siqib chiqariladi.

Bozor kelishuvining ekspansiyasi o`ta xavfli, u boylikning o`ta nomutanosib taqsimlanishiga va undan siyosiy hokimiyat omili sifatida foydalanishga olib kelgan holda jamiyat rivojlanishini barqarorlikdan mahrum etadi.

  1. Urinish – unda bir o`zaro hamkorlikning o`zi bir-birini istisno etuvchi normalar asosida amalga oshirilishi mumkin bo`lgan kelishuvlar nisbati. Shu nuqtai nazardan birinchi bo`lib K.Errou tomonidan tadqiq etilgan qon topshirish bunga aynan mos misol bo`ladi. Gap shundaki, qon odatda pulga (bozor kelishuvi) yoki birdamlik nuqtai nazardan bepul (fuqarolik kelishuvi) topshiriladi. Ushbu noo`xshatishlik shaxslarning qon topshirish yuzasidan o`zaro hamkorligida noaniqlikning yuqori darajasini belgilab beradi.

  2. Murosa – unda turli kelishuvlar talablari o`rtasidagi ziddiyatga barham beruvchi egiluvchan normalar namoyon bo`ladigan kelishuvlar nisbati. Masalan, har qanday reklama kampaniyasi bozor kelishuvi va ijtimoiy fikr talablari o`rtasidagi murosani topishni nazarda tutadi. Ushbu ikki kelishuv o`rtasidagi murosaga boshqa misol – ko`r-ko`rona iste’mol, bunda shaxs o`z iste’mol tanlovida tovar yoki xizmatni iste’mol qilishdan foydalilikni oshirishni emas, balki u iste’mol qilish tufayli qo`lga kiritadigan hurmatga erishishni ko`zlaydi.

    1. Download 1,11 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish