O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi



Download 1,11 Mb.
bet19/97
Sana20.06.2022
Hajmi1,11 Mb.
#680553
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   97
Bog'liq
institutsional iqtisodiyot 1 1 1

4.1.-jadval.


Iqtisodiyot konstitutsiyalari normalarining guruhlanishi

Bozor konstitutsiyasi

Buyruqbozlik iqtisodiyoti
konstitutsiyasi

Murakkab utilitarizm

Oddiy utilitarizm

Ratsional maqsadli fe’l-atvor

Mafkuraviy qadriyat ratsionalligi

Depersonifikatsiyalangan ishonch

Personifikatsiyalangan ishonch

Empatiya

«Sen – menga, men - senga»,

Ijobiy ma’noda erkinlik




Qonunga ixtiyoriy bo`ysunish

Qonunga tilda buysunish

Quyida ushbu normalarning iqtisodiyotda amalda namoyon bo`lishi ko`rib chiqilgan.
    1. Buyruqbozlik iqtisodiyoti normalari


Buyruqbozlik iqtisodiyotining normal holatlari uchun zarur bo`lgan normalardan biri oddiy utilitarizm hisoblanadi. Bunda individ tomonidan o`z foydaliligini oshirilishi o`ziga xos ravishda namoyon bo`ladi. Ya’ni, oddiy utilitarizm - individning samarali faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan holda o`z foydaliligini oshirishga intilishidir.
Individ iste’mol madaniyatidagi oddiy utilitarizm “kvartira – mashina – dala hovli” uchligida aks etadi. Individda bunday idealning tarqalishi va qulay hayot sharoitlarini ta’minlashga intilish sho`rolar (sovetlar) jamiyati namunasida XX asrning 70-80-yillardagi o`ziga xos shaklga ega tendensiyalar bilan tavsiflanadi. Bunda iste’molning ma’lum darajasiga erishish uchun noyob (taqchil) resurslardan foydalanish imkoniyati samarali mehnat bo`yicha emas, balki ma’lum kasb toifasidagi xodimlar (savdo sohasi, byurokratik apparat, temir yo`l va havo yo`li transporti xodimlari, chet elga chiqish imkoniyatidagilar) o`rtasida bo`lingan edi.
Ya’ni, utilitarizm normasi buyruqbozlik iqtisodiyotida faqat oddiy shaklda – individning samarali faoliyat bilan bog`liq bo`lmagan holda foydalilikni oshirishga intilishi sifatida mavjud bo`lgan. Ikkinchidan, taqchillik sharoitidagi iste’molda foydalilikni oshirishga intilish navbatda turish zarurligi, asabbuzarliklar, ovoragarchiliklar, janjallar (nizolar) tufayli kelib chiqqan yuqori ruhiy kechinmalar bilan cheklandi. Buyruqbozlik tizimining bu tavsifi «sabr chegarasi» tushunchasi bilan ham izohlanadi. Sabr chegarasi deganda nizolar va keskinliklar jamlanishining undan keyin iqtisodiy agentlar shikoyat qila boshlaydigan va norozilik namoyish etadigan darajasi tushuniladi. Shunday qilib, buyruqbozlik iqtisodiyotining birinchi normasi oddiy va cheklangan utilitarizmdan iborat.
Buyruqbozlik iqtisodiyoti normalari tizimining ikkinchi unsuri to`liqsiz ratsional faoliyat bilan izohlanadi. Bunda, birinchi navbatda axborotning cheklanganligi va to`liqsizligi bilan shartlangan to`liqsiz ratsionallik tushuniladi. Iqtisodiy agentlar erkin shakllanmagan narx va taqchil resurslar sharoitida narxlardagi mavjud axborotni narxga taalluqli bo`lmagan – zahiralar hajmi, navbatlarning uzunligi va hokazolar haqidagi ma’lumotlar bilan to`ldiradilar. Natural ko`rsatkichlarda axborot olish esa, hamma vaqt uni yig`ish bilan bog`liq yuqori darajadagi xarajatlarni keltirib chiqaradi. Natijada tizimda «nizo», ya’ni
sotuvchilar va xaridorlar pozitsiyalarini muvofiqlashtirishda kechikishlar paydo bo`ladi. Nizo prognozlardagi xatolar, manfaatdor shaxsda boshqa sub’ektlarning holati va maqsadlari to`g`risida axborotning mavjud emasligi, manfaatdor shaxsning qaror qabul qilishdagi beqarorligi, o`zgaruvchan sharoitga moslashishdagi o`ng`aysizligi shakliga ega bo`ladi. Bundan tashqari, to`liqsiz ratsional faoliyat, iqtisodiy agent uchun faqat tashqaridan belgilangan maqsadlarga erishish vositalarini tanlash erkinligi bilan shartlangan. Mafkura bilan belgilangan partiya-xo`jalik apparatining mafkuraviy maqsadlari reja topshiriqlari shaklini qabul qiluvchi muayyan ma’muriy va xo`jalik vazifalariga aylanadi. Boshqacha aytganda, buyruqbozlik iqtisodiyotida iqtisodiy sub’ektlarning faoliyati– mafkuraviy qadriyat ratsionalligi normasiga asoslanadi.
Ishonch normasi ikkita shaklda davlatga ishonch sifatida va bir birini yaxshi bilgan shaxslar doirasi bilan cheklangan mikrodarajadagi ishonch sifatida mavjud bo`ladi. Har qanday ahamiyatli bitimning davlat organiga: partiya, reja, ta’minot organiga murojaat etish bilan bog`liqligi sababli davlatga ishonmasdan turib, yo`l tutishning iloji yo`q. Bunday vaziyatda bevosita kontragentga ishonish mutaqo ortiqcha – davlat uchinchi tomon sifatida bitim shartlarining bajarilishini kafolatlaydi. Biroq mikrodarajadagi ishonch baribir maksimal personifikatsiyalangan shaklda mavjud bo`ladi.
Bu norma ham uy xo`jaligida, ham korxonada amal qiladi. Uy xo`jaligining ijtimoiy va iqtisodiy hayotida og`irlik markazining oila- qarindoshchilik tarkibiga, do`stlar va tanish-bilishlarga ko`chiriladi. Masalan, o`zaro hamkorlik umuman vrach, sartarosh bilan emas, balki tanish vrach yoki sartarosh bilan amalga oshiriladi. Korxonalar xatti-harakatini ham huddi shunday ta’riflash mumkin. Ulardan har pbiri barqaror sherikchilik doirasiga ega bo`lib, bunda ushbu korxonalar rahbarlari o`rtasida shaxsiy darajada ishonchli munosabatlar yo`lga qo`yiladi. Ya’ni, direktorlar o`rtasida o`zaro yordam va o`zaro ishonch tamoyillari asosiga qurilgan korporativ munosabatlar shakllanadi.
Buyruqbozlik iqtisodiyotining navbatdagi bazaviy normasi «sen – menga, men - senga», yoki o`zaro xizmatlar ko`rsatish to`g`risidagi kelishuvdir. Taqchil resursni olishning keng tarqalgan variantlaridan biriga ko`ra, iste’molchi va yetkazib beruvchi vaqti vaqti bilan vazifalarini almashtirib turadi, ya’ni “bugun men po`lat berib turaman, sen esa ertaga boltdan yordam qilib turasan”. Aynan har qanday barter bitimining asosida «Sen – menga, men - senga» normasidan foydalanish yotishiga ishonch hosil qilish mumkin. Hatto, barter almashuvi zanjir bo`yicha amalga oshirilishi mumkin bo`lsa-da, ushbu normaga lokal va tanish- bilishlar doirasi bilan cheklangan xususiyatni yo`qotish imkonini bermaydi.
Va nihoyat, qonunga bo`ysunish normasi. Har qanday o`zaro munosabatning davlat nazorati ostida bo`lishiga qaramay buyruqbozlik iqtisodiyoti doirasida qonunlar partiya manfaatlariga bo`ysungan. Buning uchun rasmiy asos bo`lmasa- da, partiya qarorlari de fakto qonun kuchiga ega bo`lgan. Hatto e’lon qilingan de yure umumxalq mulkchilik shakli ham de fakto mulkchilik shakli bilan, xususan, byurokratik organlar – «idoralar» (vazirliklar va idoralar) mulki bo`lgan. Byurokratiyaning bunday o`zboshimchaligi oddiy fuqarolarning qonunga nisbatan
munosabatiga aks ta’sir o`tkazgan. Boshqacha aytganda, buyruqbozlik iqtisodiyotida iqtisodiy sub’ektlarning xatti-harakati qonunga tilda buysunish normasi sifatida tavsiflanadi. Demak, buyruqbozlik iqtisodiyoti konstitutsiyasining asosiy normalari tizimning muvozanatsiz holatini barqarorlashtirga xizmat qiladi.

    1. Download 1,11 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish