127
tomonidan davlatdan olinadigan pul (ijtimoiy transportlar) va pul bo`lmagan
(nufuz, taqchil tovarlardan foydalanishda ustunlik) shakldagi “renta daromadlari”ni
hisobga olish lozim. Uy xo`jaligi davlatga qaramligining yuqori darajasi
buyruqbozlik iqtisodiyotinin
etakratik tizim sifatida tavsiflash imkonini beradi: “U
yoki bu ijtimoiy guruh davlat hokimiyati boshqaruviga
va davlat resurslarini
taqsimlash tarmoqlariga qanchalik yaqin bo`lsa, uning iqtisodiy va ijtimoiy mavqei
shunchalik yuqori bo`ladi”. Shuning uchun uy xo`jaligini birinchi galda davlat
siyosatining unga partiya-davlat iyerarxiyasidagi mavqei asosida rentani olish
imkonini beruvchi yo`nalishlari qiziqtiradi, bular: pensiya, uy-joy kommunal
siyosati, ijtimoiy ta’minot siyosati, ta’lim sohasidagi siyosat.
Bozor iqtisodiyotida uy xo`jaligi. Bozor instituti uy xo`jaligini kamyob
tovarlar va xizmatlarni qidirish hamda ular uchun navbatda turish bilan bog`liq
vaqtning yo`qotilishidan xalos etadi – xasid qilish jarayoni mutaassiblikka
aylanadi. Masalan, Fransiyada juma kuni kechqurun va shanba kuni ertalab
supermarketlarda xaridorlar to`lib-toshadi, shu kunlari kishilar an’anaviy
tarzda
dam olish kunlari va keyingi xaftaga yetadigan miqdorda xarid qilishadi.
Xaridning mutaassiblikka aylanishi natijasida bo`shab qoladigan kognitiv
imkoniyatlar nima uchun sarflanadi? Birinchidan, xarid xatti-harakatining o`zini
optimallashtirishga. Agar buyruqbozilik iqtisodiyotida nimani xarid qilish mumkin
bo`lsa, o`sha narsani sotib olish muhim hisoblansa, bozor iqtisodiyotida sifat va
narxning eng yaxshi o`zaro nisbati asosida iste’mol qilishda eng ko`p foydani
ta’minlovchi narsani xarid qilish muhim sanaladi. Iste’molni optimallashtirish
ishlab chiqaruvchilarning reklama yordamida talabni tartibga solishga intilishi
bilan murakkablashadi. Reklama xarid jarayonini
mutaassiblikka butunlay
aylanishiga to`sqinlik qilgan holda, doimiy ravishda yangi talablarni shakllantiradi.
Ikkinchidan, uy xo`jaligining u uchun asosiy daromad manbai bo`lgan
mehnat bozorida ishtirok etishi doimiy nazoratni talab etadi. Uy xo`jaligi mehnat
bozoridagi bandlikning muqobil varinatlari, uy xo`jaligini yuritish va bo`sh vaqt
o`rtasida tanlagan holda, mehnat bozorida o`z inson kapitalini eng foydali tarzda
sotishga intiladi. Bir tomondan, uy xo`jaligining a’zosi egalik qiladigan inson
kapitalining o`ziga xoslik darajasi qancha yuqori bo`lsa, uy xo`jaligini yurtish
bilan emas, balki o`z mehnat resurlarini bozorda sotish bilan shug`ullanish,
shunchalik foydali.
Ikkinchi tomondan, inson kapitalining o`ziga xoslik darajasi
qanchalik past bo`lsa, uning egasi uchun uy xo`jaligini yuritish bilan chegaralanish
shunchalik asoslidir. O`z navbatida, bandlikni optimallashtirish ham uy xo`jaligi
doirasida amalga oshadi.
Uy xo`jaligining asosiy daromad manbalarini bozor bilan belgilanadigan
sohaga yo`naltirish uning davlatdan kam qaram bo`lishini ta’minlaydi. Davlatning
faoliyati uy xo`jaligini faqatgina davlat mehnat bozorida bitimlar kafolati sifatida
ishtirok etish darajasida va u (soliq kodeksi orqali) uy xo`jaligi daromadining bir
qismiga da’vogar bo`lishi me’yorida qiziqtiradi.
O`tish iqtisodiyotida uy xo`jaligi. Uy xo`jaligi faoliyat ko`rsatadigan
istitutsional muhitning noaniqligi va beqarorligi mutaassibliklarning mavjud
bo`lishini shubha ostiga qo`yadi. Bunday sharoitda mutaassibliklar
doimiy
128
ravishda qayta ko`rib chiqilishini talab qiladi, ya’ni ular inson ongining ongsiz
sohasidan ongli va doimiy e’tiborni talab etuvchi sohasiga o`tadi. Islohotlar
qanchalik faol amalga oshirilsa, ularning mutaassibliklarga nisbatan yemiruvchi
ta’siri shunchalik kuchli bo`ladi. Bundan o`tish iqtisodiyotida uy xo`jaligining
maqsadi kelib chiqadi: uy xo`jaligining himoya funksiyasini saqlab qolishga
intilish borgan sayin ortib boruvchi sa’y-harakatlarni va imkon qadar ko`p e’tiborni
talab etadi.
Asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlar va renta daromadlari (pensiyalar,
ijtimoiy to`lovlar, xodimning obro`si) bilan yuzaga keladigan noaniqliklar uy
xo`jaligini o`z faoliyatini maksimal tarzda diversifikatsiya qilishga majbur etadi,
axir har qanday daromad manbai ham barqaror manba sifatida qaralishi mumkin
emas. A’zolarining inson kapitalini takror ishlab chiqarishga
aniq ixtisoslashuviga
tayanadigan bozor xilidagi uy xo`jaligidan farqli o`laroq, o`tish iqtisodiyotidagi uy
xo`jaligi ishchi kuchini mehnat bozorida sotish bilan ham, ijtimoiy transportlarni
iste’mol qilish bilan ham, shuningdek, tomorqa yeri yordamida o`zini o`zi
ta’minlash va ko`plab boshqa faoliyat turlari bilan ham shug`ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: