7
tamoyillari asosida amalga oshiriladi:
barcha daromadlardan, ularning manbalariga bogʻliq boʻlmagan holda soliq
undirishning majburiyligi;
soliq undirishda barcha uchun yagona umumdavlat siyosati;
samarali ishlovchi korxonalarda hamda xoʻjalik yuritishning ilgʻor shakllari
uchun soliq meʼyorlarining ragʻbatlantiruvchi rolini taʼminlash;
soliq toʻlovi boʻyicha barcha subʼektlar majburiyati
ustidan moliyaviy
nazorat.
Soliq stavkasini belgilash bir qator tamoyillarga asoslanadi.
Naflilik tamoyili — turli shaxslardan, ularning soliqlar hisobiga
moliyalashtiriladigan dasturlardan foydalanishi darajasiga qarab turlicha soliq
undirilishi kerakligini bildiradi.
Toʻlovga layoqatlilik tamoyili — soliq miqdori soliq toʻlovchining boyligi
va daromadlari darajasiga mos kelishi zarur. Boshqacha aytganda, soliq solish
daromadlarning adolatli taqsimlanishini taqozo qilishi zarur.
Adolatlilik tamoyili — daromadlari va hukumat
dasturlaridan foydalanish
darajasi boʻyicha teng boʻlgan kishilar teng miqdorda soliq toʻlashi zarur.
Soliq boʻyicha imtiyozlar qonunchilik bitimlarida belgilangan tartib va
sharoitlar asosida oʻrnatiladi. Amaliyotda soliq imtiyozlarining quyidagi turlari
keng tarqalgan:
— obʼektlarning soliq olinmaydigan eng kam darajasini belgilash;
— soliq toʻlashdan alohida shaxs yoki maʼlum guruhlarni (masalan, urush
fahriylarini) ozod qilish;
— soliq darajasi stavkasini pasaytirish;
— soliq olinadigan summadan chegirish;
— soliqli kredit (soliq olishni kechiktirish yoki soliq summasini maʼlum
miqdorga kamaytirish).va uni hizmat qiladi.
Soliq islohotlari — soliq nazariyasi va amaliyotini muvofiqlashtirish
asosida soliq yukini
kamaytirish, soliqqa tortishni soddalashtirish, soliq
yordamida
iqtisodiy
rivojlanishni
taʼminlash
maqsadlarida
amalga
oshiriladigan davlat tadbirlari. Iqtisodiyotni
isloh qilishining muhim, ajralmas
8
qismi. Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan Soliq islohotlari
strategiyasi huquqiy va demokratik davlatni barpo etish konsepsiyasi asosida
shakllanmoqda. 1991 yildan boshlab Oʻzbekistonda oʻtkazilgan soliq
islohotlarini 3 asosiy bosqichga boʻlish mumkin:
Birinchi bosqich — 1991—1994-yillarda soliqqa oid qonun hujjatlarini
yaratish; tamomila yangi soliqlar va toʻlovlar tizimini
barpo etish va ularni
xoʻjalik amaliyotiga joriy etish; moliyaviy mablagʻlarni i. ch. infratuzilmasini
rivojlantirish, oʻz-oʻzini strategik resurslar bilan taʼminlashga erishish
maqsadlarida qayta taqsimlash; narxlarning oʻsishi va i. ch. ning pasayishi
sharoitida aholining turmush darajasi pasayib
ketmasligi va ijtimoiy
barqarorlikni saqlash; mustaqil tizim sifatida davlat soliq xizmatini
shakllantirish vazifalari bajarildi.
Ikkinchi bosqich — 1995—1999-yillarda soliq tizimini takomillashtirish va
korxonalarga nisbatan soliq yukini kamaytirish boʻyicha Soliq islohotlari amalga
oshirildi. Bu davrda soliqlarga doir mavjud qonun hujjatlari asosida Oʻzbekiston
Respublikasining Soliq kodeksi ishlab chiqildi va 1997 yilda qabul qilindi.
Uchinchi bosqich — 2000-yildan boshlab soliq islohotlari qonunchilikka
kiritilayotgan oʻzgarishlar asosida fuqarolar va korxonalar uchun soliq, yukini
yana-da kamaytirish, ayrim soliq turlarini bekor qilish, kichik va oʻrta
tadbirkorlik subyektlarini soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, samarali soliq
tizimi tamoyillarini yana-da toʻliq roʻyobga chiqarish, jahon andozalariga mos
soliq tizimini bosqichma bosqich barpo etishga yoʻnaltirilgan.
Jahondagi rivojlangan mamlakatlarda Soliq islohotlari davriy oʻtkazib
turiladi. Muayyan soliq turini joriy etish yoki bekor qilish, ayrim turdagi soliqlar
ulushini oshirish yoki kamaytirish. Soliq daromadlarini qayta taqsimlash va
boshqa koʻrinishlarda amalga oshiriladi.
Soliq imtiyozlari - davlat tomonidan soliq toʻlovchilarga berilgan
yengilliklar; soliqlar miqdorini kamaytirish, soliq toʻlash shartini yengillashtirish
yoki soliqdan toʻla ozod qilishdan iborat. Soliq imtiyozlari
soliq undiriladigan
daromad turlarini qisqartirib, umumiy kamaytirilgan daromaddan soliq olish,
soliq olinmaydigan minimal daromadni belgilash, soliq stavkalarini kamaytirish,
9
soliqni toʻlab boʻlish muddatini qulay qilish orqali amalga oshiriladi. Soliq
imtiyozlari soliq toʻlovchilarga nisbatan tabaqalashtiriladi, muayyan ijtimoiy
yoki iqtisodiy maqsadni koʻzlaydi. Soliq imtiyozlari davlat qoʻlida
bozor
iqtisodiyotini tartibga solishga xizmat qiladi. Ular orqali iqtisodiy faoliyatning
maʼlum bir turlari ragʻbatlantiriladi. Sharoitga qarab Soliq imtiyozlari qayta
koʻrib turiladi. Soliq imtiyozlari berishning xilmaxil shakllari jahondagi
koʻpgina mamlakatlarning soliq amaliyotida qoʻllaniladi. Oʻzbekiston
Respublikasining Soliq kodeksi 1997 da ayrim yuridik shaxslar va faoliyat
turlari uchun hamda jismoniy shaxslarning ayrim toifalari uchun Soliq
imtiyozlari belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: