Magistratra bo‘limining o‘quv jarayoni
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 20 maydagi “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1533-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2007 yil 10 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 190-sonli hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2012 yil 29 oktyabrdagi 418- sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risida”gi Nizomda belgilangan vazifalar bozor iqtisodiyoti sharoitida magistratura ta’limiga e’tiborning yanada kuchayishi va shu sohada davr talabiga javob beradigan yetuk mutaxassislarni tayyorlashni taqozo qiladi.
Magistratura bo‘limida bugungi kunda 2-kurs 12 ta mutaxassislik va yangi klassifikatorga muvofiq 1- kursda 11 ta mutaxassisliklar bo‘yicha magistrantlar tayyorlanmoqda. Mutaxassisliklar bo‘yicha ular quyidagicha.
Magistratura bo‘limida taxsil olayotgan talabalar haqida ma’lumot
Magistratura bo‘limida 2013-2014 o‘quv yilida jami 166 ta talaba, ya’ni 1-kursda 81 nafar va 2-kursda 85 nafar talaba tahsil olmoqda. Magistratura bo‘limida 39 nafar talaba davlat granti asosida 127 nafar talaba to‘lov-kontrakt asosida o‘qimoqda.
2013-2014 o‘quv yilida Magistratura bo‘limida 100 dan ortiq professor- o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda va ilmiy salohiyat bugungi kunda 100 foizni tashkil etadi.
Magistratura bo‘limida ta’lim- tarbiya, o‘quv va ilmiy ishlar tashkil qilishga asosiy e’tibor qaratilgan va yuqori saviyada amalga oshirilmoqda. Bu esa, Magistratura bo‘limida aniq mutaxassisliklar bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarni zarur yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlashga xizmat qilmoqda.
O‘qish jarayoni tasdiqlangan davlat ta’lim stardartlari, namunaviy fan va tasdiqlangan o‘quv rejalari asosida tashkil qilingan.
Magistratura bo‘limida tayyorlanayotgan mutaxassisliklar bo‘yicha yangi klassifikatorga DTSlari, namunaviy ishchi o‘quv rejalari, ushbu mutaxassisliklar o‘qitiladigan 120 ta fandan namunaviy va ishchi o‘quv dasturi mavjud.
Magistratura bo‘limida mutaxassislik tayyorlovchi jami 10 ta mutaxassislik kafedralari faoliyat olib boradi.Ular quyidagilar “Kimyoviy texnologiya”, “Oziq ovqat texnologiyasi”, “Servis”, “Bino va inshootlar qurilishi”, “Muhandislik komunikatsiyalari qurilishi”, “Mashinasozlik texnologiyasi va apparatlari”, “Texnologik jihozlar va mashina apparatlari”, “Elektr texnologiyasi, elektr texnikasi, elektr mexanikasi”, “Elektr ta’minoti”, “Elektronika va Asbobsozlik ” .
O‘quv jarayonini tashkil etishda Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan mahalliy va xorijiy korxonalar, ilmiy tadqiqot institutlaridan yetakchi amaliyotchi mutaxassislarni jalb etilib, nazariy masalalar bilan birga muommoli ma’ruzalari o‘tkazilmoqda. Bundan tashqari, TEMPUS loyihasi doirasida tayyorlangan o‘quv dasturlari asosida alohida fanlarni xorijiy mamlakatlarda malaka oshirgan professor o‘qituvchilar o‘qitishmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |