O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 113 – moddasi. Bila turib, boshqa shaxsni tanosil kasalligini yuqtirib olish havfi ostida qoldirish – eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravarigacha jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yohud 3 oygacha qamoq bilan jazolanadi.
O‘zida tanosil kasalligi borligini bila turib, bu kasalni boshqa shaxsga yuqtirish 3 oydan 6 oygacha qamoq yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan harakatlar.
ikki yoki undan ortiq kishiga nisbatan;
voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa;
5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bila turib, boshqa shaxsni OITS kasalligini yuqtirish havfi ostida qoldirish yoki OITS yuqtirish–8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |