Mintaqaviy tahlil: Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyoda OIV bilan kasallanganlar keskin oshdi va bu ko‘rsatkich 1,4 million kishidan oshdi. 10 yildan kamroq vaqt ichida bu ko‘rsatkich 9 marta oshgan. Eng jiddiy va muqim epidemiya Ukrainada qayd etildi, bu mintaqada yashayotganlarning aksariyati yoshlardan iborat: 80% dan ko‘prog‘i 30 yoshgacha bo‘lganlarga to‘g‘ri keladi.
OITV tarqalish ko‘rsatkichi Markaziy Osiyo va Kavkaz Respublikalarida juda past 0,3%.
O‘zbekistonda esa OITV infeksiyasi yuqishi juda tez ortib bormoqda, O‘zbekistondagi OITS epidemiyasi eng yosh epidemiya hisoblanadi. Barcha ro‘yxatga olingan infeksiyalarning 91 % i 2001-2003 yillarda bo‘lib, O.I.T.V. ro‘yxati 2005 kishidan oshib ketgan. Epidemiya asosan Toshkent 48 % va unga yaqin hududlarda 20 % jamlangan, lekin mamlakatning barcha hududlarida O.I.T.V. topilmoqda.
OITV-Odam immun tanqisligi virusining qisqartirilgan nomi bo‘lib, u odamning immun tizimini zararlaydi, natijada odam organizmi kasalliklar va infeksiyalar oldida himoyasiz bo‘lib qoladi.
OITV virusi 1983 yilda Parijdagi bir guruh olimlar tomonidan bemorning limfa bezidan ajratib olingan, shu yili AQShda olimlar bemor qonidagi limfositlardan shu virusni topganlar. AQSh va Fransiya olimlari topgan Ikkala virus o‘xshash bo‘lib, u 1987 yili JSST tomonidan OITV deb nomlangan.
Bu virusning tuzilishi nihoyatda o‘ziga hos. U DNK, RNK va oqsildan iborat bo‘lib, birinchidan genetik informatsiya yo‘nalishi teskari bo‘lib, u DNKdan RNKga emas, balki RNKdan DNKga yo‘naladi. Ikkinchidan bu virus uzoq rivojlanadi. Virus o‘lchamlari juda kichik 100-120nm, masalan bir tiyinlik tangadek joyga bir necha o‘n million virus joylashadi.
Virus yuqori darajada genetik o‘zgaruvchan, shuning uchun u organizmda saqlanib qoladi. Virus odam hujayrasi tarkibini shu qadar o‘zgartirib yuboradiki, immun tizimi o‘zining hujayralarini “tanimay” hujum qilib, halok qila boshlaydi, ya’ni organizm virus ta’sirida o‘zini – o‘zi yemiradi.
Ko‘plab olimlar taxminlari bo‘yicha ba’zi bir maymun turlarida, xususan martishkalarda OITS virusi yashaydi. Bu virus hayvonlar a’zolarida yashaydi, ko‘payadi, lekin ularning oz’larida kasallik vujudga kelmaydi. Chamasi, virus bir necha yil mobaynida martishkalardan odamlarga ko‘chib o‘tgan bo‘lsa kerak deb taxmin qilinmoqda. Chamasi virusning ta’sir etish joyi bir qancha vaqt cheklangan bo‘lib, undan so‘ng ba’zi bir sabablarga ko‘ra Markaziy Afrika davlatlarida keng tarqalib, OITS virusi Gaitiga kelib qolgan. Bir qancha vaqtdan so‘ng u AQSH va Yevropaga o‘tgan.
Virus issiqqa o‘ta chidamsiz va ko‘p ishlatiladigan zararsizlantiruvchi vositalarda tez halok bo‘ladi. Virus efir, atseton, 20% etil spirti, 0,2% natriy gidrohlorid, vodorod peroksidi, 1% glyutaraldegidda oz’ kuchini yo‘qotadi, lekin u ionlashgan radiatsiya va ultrabinafsha nurlariga nisbatan chidamlidir. Qaynatilganda 15 minutda, 56 gradus isitilganda 30 minutda halok bo‘ladi. Quritilganda 3-7 kun, muzlatilganda uzoq saqlanadi. (10 yilgacha turgani aniqlangan) Shpritsning yopiq muhitida qonning qoldig‘i bilan 4 haftagacha o‘lmaydi.
OITS haqida. Nobel mukofoti laureati mashhur olim David Baltimorning ta’kidlashicha OITS AQSH uchun davlat ishtirokidagi urushlarga qaraganda ham ko‘proq xaflidir. Olimning ogohlantirishicha bu kasallik yaqin kelajakda eng muhim muammolardan biri bo‘lib qoladi.
AQSH da OITS dan zarar ko‘rgan birinchi 10 ming kishi uchun sarf 6,2 milliard dollarga tushgan. Bundan 1,4 mlrd – kasalxonada yotib davolanishga, 4,8 mlrd – bevaqt o‘lim bilan bog‘liq bo‘lgan yo‘qotish va bemorlarning nogiron bo‘lib qolishiga sarf bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |