- Har qanday boshqaruv jamiyatda yuzaga keladigan turli munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Jamiyatda mavjud bo`lgan boshqaruv ijtimoiy boshqaruv hisoblanib, davlat boshqaruvi uning asosiy turlaridan biri sanaladi. Jamiyatda davlat boshqaruvidan tashqari ham boshqaruv mavjud bo`lsada, ma`muriy huquq faqat davlat boshqaruvi bilan bog`liq munosabatlarni tartibga soladi.
- Davlat boshqaruvi jamiyat a`zolarining birgalikdagi harakatlarning bir-biriga mosligini va intizomini ham ta`minlaydi. Davlat boshqaruvini davlat boshqaruv organlarining amaliy faoliyati kabi belgilash mumkin, u davlat faoliyati ko`rinishida namoyon bo`ladi, uning o`ziga xosligi davlat funksiyalarini amalga oshirishga oid kundalik amaliy ishlarni tashkil etishdan iboratdir.
Davlat boshqaruvi - bu tashkil etuvchi faoliyatdir. Turli darajadagi ijro etuvchi va boshqaruvchi faoliyat davomida xo`jalik yuritish, ijtimoiy-madaniy va ma`muriy-siyosiy qurilish sohasidagi vazifalarni bajaruvchi kishilarning birgalikdagi faoliyati tashkil etiladi. Bu maqsadda davlat boshqaruv organlari boshqarish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishni amalga oshiradilar, boshqariladigan tizimlarning faoliyat ko`rsatish bilan bog`liq umumiy masalalarni hal qiladilar, boshqarish munosabatlari qatnashchilarining faoliyatlarini birlashtiradilar va muvofiqlashtiradilar.
Davlat boshqaruvi jamiyat turmushining qandaydir alohida elementini emas, balki uning barcha sohasini qamrab oladi. Davlat boshqaruvi organlarining funksiyalari quyidagilar: O`zlarida ma`muriy huquq normalari bo`lgan davlat hokimiyat organlari va davlat boshqaruv organlarining huquqiy aktlari ma`muriy huquq manbalari hisoblanadi. - 1. Davlat boshqaruv organlarining huquqiy maqomlarini va ularning faoliyatini tashkil etish asoslarini, fuqarolarning asosiy huquq va majburiyatlarini belgilovchi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bosh manba hisoblanadi.
- 2. Ma`muriy-huquqiy me`yorlarni o`zida aks ettirgan qonunlar.
- 3. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ma`muriy boshqarish predmetiga taalluqli farmonlari.
- 4. O`zbekiston Respublikasi hukumatining davlat boshqaruvi masalalariga doir qarorlari.
- 5. O`zbekiston Respublikasining qonunlar majmualari, ya`ni O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksi, Soliq Kodeksi, Bojxona Kodeksi.
- 6. Vazirliklar va idoralarning buyruq va qarorlari.
- 7. Mahalliy boshqaruv organlarining farmoyish va qarorlari.
- 8. Davlat korhonalari, muassasalari va tashkilotlari mansabdor shaxslarning boshqaruv hujjatlari (buyruq, yozma va og`zaki ko`rinishdagi farmoyish).
Do'stlaringiz bilan baham: |