5-TOPSHIRIQ:
Quyidagi tarixiy tushunchalarga izoh yozing
Tashqi siyosat tamoyillari. MDH. BMT. YEXHT. YUNESKO. YUNISEF.
1991-yil 8-dekabr kuni Rossiya,Ukraina va Belorussiya rahbarlari Viskuli(Belovej pushchasi)da SSSRning tugatilgani to’g’risidagi hujjatni imjolashdi.Shu bilanMustaqil davlatlar hamdo’stligi (MDH)tashkil topdi.MDHga asta sekin12 respublika a’zo bo’lib kirdi.Boltiqbo’yi davlatlari bundan mustasno.Har bir respublikaga o’z hududi va undagi tabiiy boyliklar,aholi,ishlab chiqarish korhonalari ,aholi jon boshiga yalpi ishlab chiqarish mahsulotlari ko’rsatkichi nasib etdi.
1985-1988yillardan boshlab sovet tuzumining susayishi tufayli bu respublikalarda ommaviy fuqarolik harakatlari namoyon bo’la boshladi.Avvaliga ular milliy madaniyat va tabiatni muhofaza qilish talabi bilan,keyinchalik respublikalarni xo’jalik hisobiga o’tkazish va nihoyat, haqqoniy suverenitet va mustaqillik talabi bilan chiqdilar.1989-yil may oyida uch mamlakat vatanparvarlari tomonidan saylangan Baltika assambleyasi burespublikalarning SSSR tarkibida bo’lishlari hech qanday huquqiy asosga ega emasligi bayon qilindi.
BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI(BMT)-yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni ta’minlash ,davlatning o’zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot .1945-yilda tuzilgan..BMTni barpo etish haqidagi qaror SSSR,AQSH,Angliyava Xitoy tashqi ishlar vazirining Moskvadagi kengashida 1943-yilda ,Ustavi esa San Fransisko konferensiyasida 1945-yilda qabul qilindi.BMT Ustaviga dastlab 51 davlat imzo chekkan,2000-yilda esa ular soni 189ga yetdi.BMTning doimiy ish o’rni (shtab kvartirasi)-NyuYork.BMTUstavidako’rilganidek ,u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash,xalqlarning teng xuquqli bo’lishi va o’z taqdirini o’zi belgilash qoidasiga amal qilib,millatlar orasida do’stlik munosabatlarini rivojlantirishni, iqtisodiy ,ijtimoiy ,madaniy muammolarnihal etishda xalqlar o’rtasida hamkorlik bo’lishini ta’minlashni ko’zda tutib ,shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uyg’unlashtirib turadigan markaz hisoblanadi.
2000-yil.6-8sentyabrda BMTning 55-sessiyasi doirasida”Ming yillik sammiti”bo’lib o’tdi.Unda 155dan ortiq mamlakatning davlat va hukumat boshliqlari ishtirok etdi.Mazkur anjumanda umum bashariy ahamiyatga ega bo’lgan ichtimoiy iqtisodiy ,ekologiya va xavfsizlikka doir muammolar muhokama qilinib, yangi yuz yillikning dastlabki yillarida amalga oshirilishi mo’ljallangan tadbirlar belgilandi.Sammit ishtirokchilari yakdillik bilan qabul qilgan deklaratsiyasida 2015-yilgacha o’ta qashshoqlikda yashayotgan odamlar sonini yarmiga kamaytirish,orttirilgan immunitet taqchilligi singdromi-OITS(SPID)kasalligining tarqalishini to’xtatish ,barcha bolalar uchun boshlang’ich ta’limni ta’minlash majburiyatini o’z zimmalariga oldilar,tengligiga asoslanadi.BMT davlatlarning ichki ishlariga aralashmaydi.Uning Ustaviga qayd etilgan barcha majburiyatlarni zimmasiga oladigan davlatlarBMTga a’zo bo’la oladi.Yangi a’zolarBMT XavfsizlikKengashi tavsiyasiga muvofiq ,BMT BoshAssambleya qarori bilan qabul qilinadi.BMT a’zolari xalqaro nizolarni tinch yo’l bilan hal etishlari lozim.Bosh kotibni XavfsizlikKengashi tavsiyasiga muvofiqBosh Assambleya 5yil muddatga tayinlaydi.Bosh kotib har yili BMTishi haqida Bosh Assambleyaga hisobot berib turadi,kotibiyat xodimlarini tayinlaydi.O”zbekiston o’z mustaqilligini e’lon qilgandan keyin ko’p o’tmay -1992-yil 2-martdaBMTga a’zo bo’ldi. Shu kuni BMTBosh Assambleyasi binosi oldida O’zRningDavlat bayrog’i ko’tarildi,ochildi(1993.24..8)BMTga O’zbekiston Respublikasi vakolatxonasi ish boshladi.
O’zbekiston o’z ovozi va mavqeiga ega bo’lgan a’zo sifatida BMT oldiga muhim va dolzarb masalalarni qo’yyapti. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning BMTAssambleyasi 48-sessiyasida (1993-y.sen),BMT tashkil etilganing 50yilligiga bag’ishlangan sessiyasida(1995-y.okt.),BMTBosh Assambleyasining”Ming yillik sammiti”(2000-y.sen.)da so’zlagan nutqlari dunyo jamoatchiligiga katta qiziqish uyg’otdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |