Koreyaning Geologiya va mineral resurslar instituti (KIGAM) bilan geologiya va tadqiqotlar sohasida ilmiy-texnik hamkorlik to‘g‘risida Bitim imzolangan. Bitimga asosan, O‘zbekistonning geologiya va geologik resurslari to‘g‘risida maʼlumotlar bazasini yaratish bo‘yicha ishlarni tashkil etish, katta maʼlumotlarni (big data) qidirish va boshqarish tizimini yaratish, xavfli geologik jarayonlar uchun 3D prognozlash tizimini qurish, Koreya va O‘zbekistonda xalqaro o‘quv dasturi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash ishlari olib borilmoqda.
Davlat geologiya qo‘mitasi xodimlari 2021-yilning noyabrida KIGAM hamda Shaxta va mineral resurslarni qayta tiklash bo‘yicha Koreya korporatsiyasi (KOMIR) tomonidan tashkil etilgan “Geologik resurslar va yer qaʼridan foydalanishning geoaxborot maʼlumotlarni boshqarish, shu jumladan maʼlumotlar bazasini va geoxavf monitoring tizimini yaratish” mavzusidagi anjumanda ishtirok etdi.
“Rosgeologiya” АJ bilan yer qaʼridan foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimga asosan, 2020 yilda Orol boʼyi hududining neft va gaz salohiyatini geologik oʼrganishning birinchi bosqichi yakunlandi hamda istiqbolli uchastkalar aniqlandi. 2021-yilda ikkinchi bosqich amalga oshirilib, istiqbolli uchastkalarda 111 kilometr seysmik tadqiqotlar o‘tkazildi. 2022-yilda izlanishlar hajmi 5 barobarga oshiriladi.
Ilg‘or xorijiy oliygohlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, zamonaviy o‘quv dasturlarini joriy qilish maqsadida Italiyaning Piza Universiteti filialini tashkil etish yuzasidan Bitim imzolandi hamda Moskva Davlat universiteti bilan 2022/2023-oʼquv yilidan qo‘shma taʼlim dasturini yo‘lga qo‘yish choralari ko‘rildi.
Piza Universiteti filialiga yiliga 50 nafar talaba qabul qilinib, taʼlim ingliz tilida amalga oshiriladi. Moskva Davlat universiteti bilan qo‘shma taʼlim dasturi bo‘yicha yiliga 25 nafar talaba rus tilida o‘qitiladi.
Shuningdek, geologiya-qidiruv ishlariga xalqaro meʼyorlar asosida zamonaviy standartlarni hamda ilg‘or texnika va asbob-uskunalarni joriy etish maqsadida, “SRK consulting”, “MTA” ekspertlari jalb qilinib, 45 nafar geologlar JORC kodeksi talablari bo‘yicha o‘qitildi. Shu bilan birga, Kanadaning “B2 GOLD” kompaniyasi malakali mutaxassislari ishtirokida tizim xodimlari uchun o‘quv-amaliy treninglar o‘tkazildi va 50 nafar mutaxassislarning malakasi oshirildi.
Xulosa o’rnida shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda O‘zbekistondagi har bir tashkilot va qo‘mita o‘z faoliyati davomida xoirj tajribalaridan keng foydalanilmoqda. Jumladan, Rossiya, Turkiya, Koreya, AQSh, Kanada, Yaponiya, Fransiya, Xitoyning ilg‘or tajribalari ikki davlat tashkilotlari o’rtasidagi mutaxassislar almashinuvi orqali o’rganilmoqda. Har yili mutaxassis kadrlarning xorijiy davlatlarda malaka oshirish jarayoni yo‘lga qo‘yilgan. Geologiya sohasidagi xorij tajribalarini O‘zbekiston imkoniyatlari va tajribalariga moslashtirish uning yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, 2018-yil 1-mart, PQ-3578-son.
Геология и минеральные ресурсы Научно-практический журнал, 2019.
ria.ru/
uzgeolcom.uz/uz
urangeo.uz/
Do'stlaringiz bilan baham: |