O’zbekiston Respublikasida byudjet daromadlarini shakllantirishning nazariy va huquqiy asoslari - Davlat byudjetining daromadlari mamlakat yalpi ichki mahsulotini taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonining bir elementi bo’lib, bunda ishchi va xizmatchilar ish haqi, tadbirkorlik foydasi, yer egalari rentasi, yollanma ishchilar daromadlari, tadbirkorlar va pul qo’yuvchilarning protsentlarini bir qismini soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va zaymlar ko’rinishida jamlash orqali shakllanadi.
- Byudjet daromadlarini rejalashtirish byudjet tasnifiga muvofiq amalga oshiriladi. Byudjet Kodeksining 3 bobida Byudjet tasnifiga quyidagicha ta’riy berilgan: “Byudjet tasnifi byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlari, shuningdek Davlat byudjeti taqchilligini qoplash manbalarini guruhlashdan iborat bo’lib, byudjet tizimi byudjetlarini shakllantirish, tuzish va ijro etishni tizimlashtirish uchun foydalaniladi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |