O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i to'g'risida


-Mavzu: Xayot shamingni so’ndirma



Download 3,2 Mb.
bet33/34
Sana11.01.2022
Hajmi3,2 Mb.
#340208
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
2021 yangisi

25-Mavzu: Xayot shamingni so’ndirma.

Miqdori ko'p narsa qadr-qiymatini tez yo'qotadi. Har bir musulmon uchun vaqt eng qimmat tushunchadir. Ammo aql egalari uchun vaqt hech qachon qadrsizlanmaydi. Yuz yil qancha qimmatga ega bo'lsa, soat yoki daqiqaning qadri ham shu kabidir. Vaqt odamiga qarab eng qimmat yoki eng arzon matohdir.

    Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalom: "Ikki narsa borki, ko'pchilik uning qadriga yetmaydi. Biri - sog'lik, ikkinchisi esa - bo'sh vaqt", deb marhamat qilganlar.

    Kishi umrining hamma soatlarini, hattoki daqiqalarini foydali va sog'liqqa muvofiq mashg'ulotlar bilan to'ldirishi kerak, toki qayg'u-alam bosh suqadigan bo'sh joy qolmasin.

    Odamlarning o'zaro muomalalarida "bo'sh vaqt" degan ibora tez-tez tilga olinadi. Aslida vaqtning ham isrofi bo'lib, vaqtning isrofi bu - umrning isrofidir. Umr behuda sarf bo'ldimi, demak odam yaxshi ishlarni amalga oshira olmabdi. Insonlar uchun, jamiyat uchun foyda bermabdi. Vaqtning isrofi xuddi mevasiz daraxt kabi umr kechirishdir.

    Vaqtdan oqilona foydalanishni hamma o'zicha belgilaydi. Birov kitob o'qishni yaxshi ko'rsa, yana boshqasi sportdan bahra oladi.

    Olimlarimiz: "Vaqt hayotdir. Inson hayoti esa uning tug'ilgan vaqtidan toki vafot etgunicha yashab o'tadigan vaqtidir. Eng yaxshi vaqt, hayotini manfaatli ishlar bilan to'ldirgan odamdir", deganlar.

    Hasan Basriy hazratlari shunday degan ekanlar: "Ey odam bolasi, sen tashkil topgan kunlardan iboratsan. Sen uchun bir kuningni ketishi, umringni bir qismi ketishi demakdir".

    Bu yorug' dunyoda inson umri qanchalik uzun bo'lmasin, modomiki o'lim har tiriklikning nihoyasi ekan, baribir u qisqadir.

    Nuh alayhissalom ming yildan ortiqroq umr ko'rganlaridan keyin u kishini jonlarini olish uchun o'lim farishtasi kelib: "Ey payg'ambarlarning eng uzun umr ko'rgani, siz dunyoni qanday tushundingiz?", deb so'radi. Shunda Nuh alayhissalom: "Bu dunyo go'yoki bir hovlining ikki eshigi bo'lib, ularning biridan kirib, boshqasidan chiqib ketdim", degan ekanlar.

    Bizning "vaqt o'tmoqda" degan o'yimizda ozgina xatolik bor, vaqt emas, o'zimiz o'tib boryapmiz. Aslida yomonlikning eng katta alomati bu - vaqtni zoye ketkazishdir.

    Payg'ambarimiz Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallam: "Vaqt bir qilich kabidir, agar sen uni kesmasang, u seni kesadi", deb marhamat qilganlar.

    Xulosa o'rnida Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhuning aytgan so'zlarini keltirmoqchimiz: "Men bir kunning quyoshi botib, ajalim bilan oramizdagi masofa qisqarib, o'sha kunlik yaxshi ishlarim ko'paymaganiga qilgan pushaymonimdek qattiq pushaymon qilmadim. Agar kun o'tgan va men o'zimni Allohga yaqin qiladigan ilmimni ziyoda qilmagan bo'lsam, shu kunning chiqqan quyoshi men uchun barakali bo'lmagandir", degandilar.

    Har nafasimiz, har kunimiz uchun Allohga shukur qilib, uni qadriga yetaylik. Chunki bu vaqt barchamiz uchun omonatdir.




Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish