O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i to'g'risida


- Mavzu: Axloq –odob va kiyinish madanyati



Download 3,2 Mb.
bet20/34
Sana11.01.2022
Hajmi3,2 Mb.
#340208
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34
Bog'liq
2021 yangisi

15- Mavzu: Axloq –odob va kiyinish madanyati.

Tayanch so’z va iboralar: Odob, axloq, me’yor, tarbiya, beodoblik, takalluf, kiyim.

Odob – jamiyat qonunlari ichida eng ahamiyatlisi

va eng hurmatga sazovoridir.

F. Laroshfuko

Odob – axloq borasida fransuz adibi Fransua de Laroshfuko ming bora haq deyish mumkin. Zero, insonlar orasida o‘ziga xos o‘zaro munosabat qonun – qoidalari mingyilliklar davomida shakllanib, insoni shaxs darajasida shakllanishida jamiyatning boshqa qonunlaridan ustunlik qilib kelmoqda.



Dunyoning qaysi bir millatiga nazar tashlamaylik, odob-axloq haqida har bir xalqning buyuk shaxslari hikmatli so‘zlar, she’rlar, doston-u, kitoblar yozib kelajak avlod uchun qoldirishgan. Adib Abdulla Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida odob-axloqli, ilmli bo‘lishlik avvalo tarbiyadan boshlanishini yonib ta’kidlab o‘tgan. Yoshlarni kelajak ruhida tarbiyalash katta muammo ekanligi ularni tarbiyasini kimga topshirish, ishonish mumkinligini o‘ylab shunday so‘zlarni aytib o‘tgan: «Tarbiyani kimlar qilur? Qayda qilur? Degan savol keladur. Bu savolga, «birinchi uy tarbiyasi. Bu ona vazifasidur. Ikkinchi maktab va madrasa tarbiyasi. Bu ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidur», - deb javob bersak, bir kishi derki, «Qaysi onalarni aytursiz, bilimsiz, boshi paxmoq, qo‘li to‘qmoq onalarmi? O‘zlarida yo‘q tarbiyani qanday qilib berurlar» -der. Mana, bu so‘z kishining yuragini ezar, bag‘rini yondirur. Otasiga nima dersiz, desak, «Qaysi ota? To‘ychi, uloqchi, bazmchi, do‘mbirachi, karnaychi, surnaychi, ilm qadrini bilmagan, ilm uchun bir pulni ko‘zlari qiymagan, zamondan xabarsiz otalarni aytursizmi? Avval o‘zlarini o‘qitmoq, tarbiya qilmoq lozimdur», - der.4

Abdulla Avloniy aytganlaridek:

Tug‘ub tashlov ila bo‘lmas bola, bo‘lg‘ay balo sizga,

Vujudi tarbiya topsa, bo‘lur ul rahnamo sizga.

Temirchining bolasi tarbiya topsa, bo‘lur olim,

Buzulsa xulqi, Luqmon o‘g‘li bo‘lsa, bo‘lg‘usi zolim.

Yomonlarga qo‘shildi Nuhning o‘g‘li o‘ldi beiymon,

Yurudi Kahf iti xo‘blar ila bo‘ldi oti inson.

Bir kuni Buqrotdan:

- Odobli bilan odobsizni o‘rtasida farq qanday? - deb so‘radilar.

- Gapiradigan hayvon bilan gapirmaydigan hayvon orasidagi farq kabi, - deb javob berdi.

Navoiy hazratlari odob-axloq haqida shunday fikrlarni bildirgan:

  • Odobli odam tabibga o‘xshaydi, u bilan suhbatlashish ko‘ngildagi g‘amni quvadi.

  • O‘zingdan keyingilarga ibrat bo‘lay desang, o‘zingdan ilgarigilardan ibrat ol.

Beodoblik shunday selki, u obro‘ va viqor qasrini qo‘parib, idrok bo‘ynini har xil arqonlar bilan bog‘lab tashlaydi. Oqil kishilarning aytishicha, odob rioyasi shunday surmaki, uning gardidan har bir kishiga sursa, e’tibor ko‘zining ravshanligi hech qanday sabab bilan zaiflik va illatga yo‘liqmaydi.

Zamonaning katta-kichiklari uning huzurini mehri - muhabbat bazmining chirog‘i, deb biladilar. Kundan kunga iqbolining yulduzi yuksaklikka ko‘tarilaveradi.

Hurmatli kitobxon kishini avvalo tashqi ko‘rinishi ko‘zga tashlanib, o‘zgalarda o‘sha kishiga nisbatan dastlabki fikrni uyg‘otsa, kishining mehmonga borishi va mehmon kutishi bizning xalqimizda o‘ta ahamiyatli jihat hisoblanadi. Shu bois e’tiboringizni kiyinish, mehmonga borish va mehmon kutish odobi haqida to‘xtalib o‘tishga qaratishni joiz topdik. Odob-axloqning turli ko‘rinishlari haqida boshqa mavzularda fikrlar bildiriladi.

Hozirda o‘quv muassasalarida yoshlarning kiyinishi borasida ko‘plab muammolar, turlicha qarashlar uchramoqda. Biz ko‘maklashish maqsadida, A Rustamova, B Fozilovalarning “Oilashunoslik” kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanmasida keltirilgan ayollar uchun kiyinish madaniyati borasidagi fikrlarni keltirib o‘tamiz.

Oqko‘ngillik barcha boshqa tuyg‘ularni bezaydi.


J. J RUSSO
***

Bir ketgan uyat qaytib kelmaydi.


SENEKA

Yaxshi kiyinish ham o‘ziga xos san’at hisoblanadi. Yaxshi did, avvalo kiyimlarni bir-biriga moslab kiyishda namoyon bo‘ladi. Moslab kiyilgan kiyim ma’lum sharoitga munosib, kishining mashg‘uloti, voqea, muhit va shu kabilar bilan muvofiq, hamda vaqti va joyiga qarab bashang bo‘lishi mumkin.

Respublikamiz iqlimi issiq bo‘lganligi bois bizning sharoitda ayollar uchun eng qulay moda - ko‘krak burma va pasti yaxlit bichimli «o‘zbekcha» ko‘ylak hisoblana­di. Buning afzalligi shundaki, issiq avjiga chiqib, kishi terlab turganda ham kiyim badanga yopishib qolmaydi. Shuning uchun ham ko‘krak burma ko‘ylak hech qachon modadan qolmaydi. Faqat ayrim detallari biroz o‘zgartirilib, zamonaviy tus bergan holda yangilanaveradi.

Chiroyli atlas, tovor kabi matolar qadimdan o‘zbek ayollari sevib kiyadigan milliy matolardir. Qancha-qancha zamonlar o‘tib ketsa ham, bu matolardan o‘z davriga moslab yarashtirib, xoh o‘zbekcha, xoh yevropacha tikilgan kiyimlar hamisha modadadir. Qaddi-qomati kelishgan ayollarga moda jurnalidagi modellarning har biri to‘g‘ri kelishi mumkin. To‘ladan kel­gan ayollarga belning past qismidan ulangan va keng etak bo‘lib tushgan ko‘ylaklar kiyish tavsiya etilmaydi. Ozg‘in ayollar esa tor badanga yopishib turadigan ko‘ylaklar kiymasliklari kerak. Bo‘yni uzun ayollar ko‘proq yelkalik ko‘ylak kiyganlari maqul. Bo‘yni kalta ayollarga tik yoqali va bo‘yin atrofidan o‘yilgan


Download 3,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish