hollarda soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash
Vafot etgan jismoniy shaxsning soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash majburiyati
uning meros qilingan mol-mulkini qabul qilgan merosxo’ri (merosxo’rlari) tomonidan, meros
qilingan mol-mulkning qiymati doirasida va merosdagi ulushga mutanosib ravishda, meros qabul
qilib olingan kundan e’tiboran bir yildan kechiktirmasdan bajariladi. Vafot etgan jismoniy shaxs
to’lashi lozim bo’lgan penya va (yoki) jarimalarni to’lash majburiyati merosxo’rga
(merosxo’rlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
Vafot etgan jismoniy shaxsning soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash bo’yicha soliq
majburiyati summasi meros qilingan mol-mulk qiymatidan ortiq bo’lgan taqdirda, vafot etgan
jismoniy shaxsning soliq yoki boshqa majburiy to’lovni to’lash bo’yicha qarzining qolgan summasi
umidsiz qarz deb e’tirof etiladi.
Merosxo’r bo’lmagan taqdirda, vafot etgan jismoniy shaxsning soliq qarzi umidsiz qarz
hisoblanadi.
Soliq qarziga ega bo’lgan jismoniy shaxs vafot etgan taqdirda, jismoniy shaxs hisobga
qo’yilgan va (yoki) uning mol-mulki turgan joydagi davlat soliq xizmati organi vafot etgan
shaxsning merosxo’ri (merosxo’rlari) to’g’risida axborot olingan paytdan e’tiboran o’ttiz kun ichida
unga (ularga) soliq qarzi borligini ma’lum qilishi shart.
Sud tomonidan bedarak yo’qolgan deb topilgan jismoniy shaxsning soliq qarzi qonun
hujjatlariga muvofiq bedarak yo’qolgan shaxsning mol-mulkini boshqarish huquqiga ega bo’lgan
shaxs tomonidan bedarak yo’qolgan shaxsning mol-mulki hisobidan bajariladi.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan jismoniy shaxsning soliqlar va boshqa
majburiy to’lovlarni to’lash majburiyati uning vasiysi tomonidan muomalaga layoqatsiz shaxsning
mol-mulki hisobidan bajariladi.
Belgilangan tartibda bedarak yo’qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan jismoniy
shaxsning mol-mulki etarli bo’lmagan (yo’q bo’lgan) taqdirda, uning soliq qarzining ko’rsatilgan
mol-mulk qiymatidan ortiq qismi umidsiz qarz deb e’tirof etiladi.
Jismoniy shaxsning bedarak yo’qolgan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganligini bekor
qilish to’g’risida belgilangan tartibda qaror qabul qilingan yoki jismoniy shaxsni muomalaga
layoqatli deb topish to’g’risida qaror qabul qilingan taqdirda, ilgari hisobdan chiqarilgan soliq
qarzining amal qilishi, da’vo qilish muddatidan qat’i nazar, qayta tiklanadi.
Vafot etgan jismoniy shaxsning jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini va qat’iy
belgilangan soliqni to’lash bo’yicha qarzi umidsiz qarz deb e’tirof etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |