dalolatnomada soliq organi va soliq to’lovchining ma’lumotlari yoki hisobotlari bo’yicha
muayyan sanaga hisoblab chiqariladigan: hisoblangan (hisoblab yozilgan, qo’shimcha hisoblangan,
kamaytirilgan, tekshirishlar natijalari bo’yicha aniqlangan summalar) va kelib tushgan(qaytarilgan,
hisobga olingan, to’lov muddatlari uzaytirilgan, hisobdan chiqarilgan) soliqlar, majburiy ajratmalar,
badallar va boshqa to’lovlar bo’yicha summalarni aks ettiradigan, shu jumladan hisoblangan penya
va qo’llanilgan moliyaviy jarima summalari ko’rsatiladi. Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning
tegishli bitta turi bo’yicha byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg’armalarga to’langan va
to’lash uchun hisoblangan summasi o’rtasidagi ijobiy farq ortiqcha to’langan summadir. Soliqlar
va boshqa majburiy to’lovlarning tegishli bitta turi bo’yicha byudjet va byudjetdan tashqari
maqsadli jamg’armalarga hisoblanadigan summaning, qonunda belgilangan to’lov muddati
kelmasdan to’langan summa oldindan to’langan summa hisoblanadi.
Penya – soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni belgilangan to’lov muddatidan keyingi
kundan e’tiboran muddati o’tkazib yuborilgan har bir kun uchun, to’lov kuni ham shunga kiradi,
0,05 foiz miqdorida hisoblanadigan moliyaviy sanksiyadir. Soliq qarzini to’lashni kechiktirish
yoki bo’lib-bo’lib to’lash – qonun hujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan bir oydan yigirma to’rt oygacha
muddatga vaqtinchalik moliyaviy qiyinchilikka ega bo’lgan korxonalarga davlat tomonidan yordam
ko’rsatish maqsadida to’lash muddatini, soliq to’lovchi qarz summasini bir yo’la yoki bosqichma-
bosqich to’lagan holda, keyinroq muddatga ko’chirishdir.
Sud qaroriga binoan majburiyatlarning tugatilishi, qarzdorning bankrotligi, tugatilishi yoki
vafot etishi oqibatida yoxud da’vo qilish muddati o’tishi oqibatida uzish mumkin bo’lmagan qarz –
umidsiz qarz deb e’tirof etiladi.
Soliq to’lovchining shaxsiy hisob karotochkasidagi byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli
jamg’armalarga soliq va boshqa majburiy to’lovlar bir turidan ortiqcha to’lov summasini ushbu
soliq turi bo’yicha tushayotgan mablag’ hisobidan boshqa to’lovlar turidagi mavjud soliq qarzini
kamaytirishga belgilangan tartibda yo’naltirish – ortiqcha to’lov summasi hisobidan soliq qarzi
Do'stlaringiz bilan baham: |