Tolali optik aloqa tizimining tuzilish prinsipi
TOATning tuzilish sxemasi (1.5-rasm) ham OATga xos standart qurilmalardan iborat. Faqatgina optik signallarning tarqalishini ta ’minlash uchun uzatish muhiti sifatida optik kabel tolasi ishlatiladi.
TOATning tuzilish sxemasi tarkibiga quyidagilar kiradi [4]:
KHQU — kanal hosil qiluvchi uskuna;
MvQ — muvofiqlashtiruvchi qurilma;
OUz — optik uzatkich;
ONM — optik nurlanish manbayi;
MQ — moslashtiruvchi qurilma;
UzOM — uzatuvchi optik rnodul;
OT - optik tola;
OR - optik retranslyator;
OQq — optik qabul qilgich;
QqOM — qabul qiluvchi optik modul;
ONQq — optik nurlanish qabul qilgichi.
TOAT da signallar optik tola orqali yo‘naltirilganligi uchun ularda OOATga xos kamchiliklar mavjud emas. Shuning uchun telekom m unikatsiya tarm oqlarida, asosan, TOATdan foydalaniladi. Keyingi bo‘limlarda TOAT haqida bayon etiladi.
Ikki tomonlama tolali optik aloqa tizimini tashkil etish usullari
Ikki tomonlama tolali optik aloqa tizimini tashkil etishning quyidagi usullari mavjud: — ikki tolali, bir polosali, bir kabelli (to'rt o'tkazgichli, bir polosali, bir kabelli); — bir tolali, bir polosali, bir kabelli (ikki o‘tkazgichli, bir polosali, bir kabelli); — bir tolali ko‘p polosali bir kabelli yoki to‘lqin uzunligi bo‘yicha zichlashtirilgan tizimlar. 1.5-rasmda keltirilgan TOAT ning tuzilish sxemasida faqat uzatishning bir yo‘nalishi ko'rsatilgan. Bunday tuzilishda optik signallarni uzatish va qabul qilish ikki tola bo‘ylab (1.6-rasm), bitta to‘lqin uzunligida amalga oshiriladi. Har bir optik tola ikki simli fizik zanjirga o‘xshaydi, chunki kabelning optik tolalari orasida o‘zaro o‘tishlar bo‘lmaydi. Shuning uchun, TOAT ning uzatish va qabul qilish traktlari bir kabelning ikki tolasi bo'ylab tashkil etiladi, ya’ni TOAT bir kabelli hisoblanadi.
Tolali optik aloqa tizimi liniyasini zichlashtirish usullari
TOAT liniyalarining quyidagi zichlashtirish usullari mavjud: vaqt bo‘yicha, chastota va to‘lqin uzunligi bo‘yicha. Yaqt bo‘yicha zichlashtirish. Bu usulda bir necha informatsion oqimlarni bitta oqimga birlashtirish nazarda tutiladi. Birlashtirish elektrik signallar va optik signallar darajasida amalga oshirilishi mumkin. 1.9-rasmda elektr signallar darajasida vaqt bo‘yicha zichlashtirilgan TOAT liniya traktining tuzilish sxemasi ko‘rsatilgan A va B kirishdan tushayotgan elektr signallarning ikki qism impulslari (TVmanba bo‘lishi mumkin) birlashtiruvchi qurilma (BQ) yordamida vaqt bo‘yicha aniq ketma-ketlikka ega guruhli signalga birlashtiriladi. Guruhli signal optik uzatkich (OUz) da optik tashuvchini modulyatsiyalaydi. Optik nurlanish (OT) bo‘ylab tarqaladi va optik qabul qilgich (OQq) da qaytadan elektr signaliga o‘zgartiriladi. So‘ng bu signal ajratuvchi qurilma (AQ) yordamida A' va B chiqishlariga beriladigan impulslarga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |