O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari Vazirligi Muhammad al - Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
OAT fanidan
2-Mustaqil ishi
Mavzu: Tolali optik raqamli aloqa tizimlarini loyhalashtirish . Loyhalashda sifat mezonlari . Optik aloqa tizimlari va tarmoqlarida o'lchash usullari va vositalari . Optik uzatish liniyalarini o'lchashda qo'llaniladigon refletometrlar va spektroanalizlar va ularda o'lcha sh usullari .
Guruh: 417-18
Bajardi: Abdurashidov D.
Tekshirdi: Normatova D.
Toshkent – 2021
REJA
2. Kirish
Tolali optik aloqa tizimining tuzilish prinsipi
Ikki tomonlama tolali optik aloqa tizimini tashkil etish usullari
Tolali optik aloqa tizimi liniyasini zichlashtirish usullari
Raqamli tolali optik aloqa tizimlarining uzatish va qabul qilish traktlari
Xulosa
Kirish
Tizimli yondashuv turli loyihalash bosqichlari (dastlabki effekt, texnik loyiha, ilmiy tadqiqot ishi va b.q.) da amalga oshirilishi mumkin, biroq eng samarali effektga tizimning tuzilish sxemasi tanlanadigan va uning asosiy parametrlari baholanadigan, dastlabki loyihalash bosqichida erishiladi.Optimal loyihalashga tizimli yondashuvning asosiy prinsiplarini quyidagicha ifodalash mumkin:
1. Optimal qismdan tarkib topgan tizim, umumiy holda optimal hisoblanmaydi. To‘liq holda tizimni optimallashtirish, qismlar bo‘yicha optimallashtirish bilan almashtirilganda, ko‘pincha xato xulosalarga olib kelishi mumkin. Qismlar bo‘yicha optimallashtirish to‘liq optimallashtirishdagidek natijalarga olib keladi, faqatgina shu holdaki, qachonki tizimning bir qismining parametrlari boshqa qismining parametrlarini tanlashga ta’sir etmasa, bu amaliyotda nisbatan kam uchraydi.
2. Tizimni optimallashtirish son bo‘yicha aniq va yagona, optimallash-tirish maqsadini matematik ko‘rinishda aks ettiruvchi, mezon bo‘yicha olib borilishi kerak. Tizimning optimallashtiriladigan parametrlarining funksiyasi ko‘rinishida namoyon bo‘lgan, optimallik mezoni maqsad funksiyasi deb ataladi. Qoida bo‘yicha u yoki bu usullar bilan o‘zaro bog‘liq, bir necha optimallik mezonlarining mavjudligi, jarayonni logik tugagungacha etkazishga imkon bermaydi, son bo‘yicha aniq mezonning mavjud emasligi ishlab chiqaruvchi tomonidan uning oldiga qo‘yilgan vazifani etarlicha tushinmasligi xaqida dalolat beradi.
3. Tizim optimallashtirilishi kerak, qachonki optimallashtiriladigan parametrlarga sonli aniq chegaralar berilsa. Optimallashtirish sharoitlariga bog‘liq bo‘lgani uchun tizimning optimalligi doimo nisbiy, shartli. SHuning uchun optimallashtirish sharoitlari real sharoitlar bilan etarlicha aniq mos kelishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |