rasm.Yelkadan tasvirga olish
rasm.Yelkadan olish jarayoni
28-29-amaliyot kunlari 06-07.05.2021
6-may kuni operator sifatida Farrux aka, boshlovchi sifatida Feruza opa ishladi. 7-mayda esa operator sifatida Avaz aka, boshlovchi sifatida Bobur Zakirovich ishladi. Biz amaliyotchilar efirgacha bo‟lgan vaqtda operatorning ishini kuzatdik. Ko‟rsatuvni tasvirga olish jarayoni tugagandan so`ng shu ko`rsatuvni montaj ishlari o`tkaziladi. Montaj ishlarini o`tkazish uchun maxsus jihozlangan xona ajratiladi.
23-rasm . Rejissor pulti xonasi
30-31-amaliyot kuni 08-10.05.2021
10- may dushanba kuni soat 13:00 da yana jonli efirda qolgani sizdan ko‟rsatuvini tasvirga olish jarayonida qatnashdik. Operator sifatida Avaz aka ishladi.
24-rasm. ABS-1 studiyasida “Qolgani sizdan” ko‟rsatuvi
32-33-amaliyot kuni 11-12.05.2021
Yoshlar telekanalida ko‟rsatuv efirlari vaqti o‟zgardi. Endi soat 13:00 da “Qolgani sizdan” ko‟rsatuvi emas “O‟yla, o‟yna ” ko‟rsatuvi efirga chiqa boshladi. Bu ko‟rsatuvni ham Avaz aka tasvirga oldi. Ko‟rsatuv jonli efirda ekanligi uchun savollarimizni efirgacha yoki efirdan keyin berishga harakat qildik.
24-rasm. ABS-1 studiyasida “O‟yla, o‟yna” ko‟rsatuvi
Xulosa
Oxirgi yillarda kadrlar tayyorlash masalasiga qaratilgan e‟tibor samarasini barcha sohalarda o‟z mevasini berayotganini ko‟rish mumkin. Barcha oliygoh talabalari o‟qitish tizimining ushbu bosqichlardan o‟tish shart. Chunki nazariy olgan bilimlarini amalyotga qo‟llab ko‟rish ko‟nikmasi hosil qilish juda ham muhim sanaladi.
Amaliyot davomida ushbu sohaga qiziqishim yanada ortdi. Televideniyadagi menga biriktirilgan amaliyot rahbarim ushbu sohaning sir-sinoatlarini o‟rgatdilar va amaliyot paytida guruh bilan ishladim.Jumladan rejissorlik pulti bilan ishlash malakasi,operatorlarni va kameralardagi tasvirlarni qanday ustalik bilan boshqarish,ovoz operatorining mahorati,studiyaning chiroqlar yordamida yoritilshi va shu kabi qolgan ko‟plab ishlarni o‟zlashtirdim. Men O‟zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasining “Yoshlar” telekanalida 33 kunlik o‟quv amaliyoti davomida universitetda olgan nazariy bilimlarimni qo‟llab ko‟rdim..
Ushbu amaliyot menda juda ham katta ta‟surot uyg‟otdi. Zamonaviy televideniya imkoniyatlari oshib borayotgani tufayli biz yoshlarga ham o`z sohamizni mukammalroq o`rganish vazifa qo`yilmoqda. Bu so`zlar hukumatimiz tomonidan kadrlar tayyorlash masalasi haqida olib borilayotgan ishlar misolida ko`rish mumkin. Demak sohamizni chuqurroq o`rganish va ommaga yetkazib berish shu jumladan biz yosh teledasturchilarning ham vazifamiz ekanligini anglab yetamiz.Yaratib berilgan imkoniyatlardan to`liq foydalanishga harakat qilamiz.
F
Do'stlaringiz bilan baham: |