Termoelektron emissiya hodisasi Qizdirilgan metalldan elektronlarning ajralib chiqish hodisasini termoelektron emissiya hodisasi deb aytiladi. Oddiy, ikki elektrodli lampa, vakuumli diod yordamida termoelektron emissiya qonunlarini o’rganish mumkin. Havosi so’rib olingan bu lampa ichida K katod va A anod deb ataluvchi ikkita elektrod joylashgan(1-rasm).Agar diodni zanjirga ulab, katod qizdirilsa va anodga musbat kuchlanish berilsa, elektr toki hosil bo’ladi. Bu bog’lanish vakuumli diodning volt amper xarakteristikasi deyiladiBu holda, anod toki va kuchlanishi orasidagi bog’lanish diagrammasi egri chiziqdan iborat bo’ladi, ya’ni mazkur bog’lanish Om qonuniga bo’ysunmaydi.(2-rasm)
1-rasm
2-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |