U ning kichik. musbat qiymatlari sohasida termoelektron tok va anod kuchlanishi orasidagi bog’lanishni Boguslavskiy - Lengmyur qonuni yoki ba’zi hollarda «uch taqsim ikki» qonuni deb ham yuritiladi. Agar anod kuchlanishi oshirilib borilsa, dastlab zanjirdagi tok kuchi ham o’sib boradi. So’ngra esa, uning miqdori to’yinish toki deb ataluvchi maksimal qiymatga etgach, o’sishdan to’xtaydi. Bu jarayon, tcmpcraturasi o’zgarmas bo’lgan katoddan ajralib chiquvchi barcha elektronlarning to’liq holda anodga etib borishi ro’y bergunga qadar davom etadi. Bu esa to’yinish tokining zichligi katod materialining emissiya qobiliyatini xarakterlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |