1.3. AKTni sohasidagi qaror va farmonlar
Keyingi
yillarda
mamlakatimizda
ommaviy
axborot
vositalari-ni
rivojlantirish, fuqarolarning axborot olish sohasidagi huquq va erkinliklarini
ta’minlash, sohaga ilg‘or zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
borasida qator ishlar amalga oshirildi va bu jarayon izchil davom ettirib
kelinmoqda. Eng avvalo, bu borada yurtimizda mazkur sohani tartibga soluvchi
mukammal qonunchilik bazasi yaratilganini alohida ta’kidlash joiz.
Hozirgi davrda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali uzatiladigan
axborot jamiyat rivojining eng muhim shartlaridan biri bo‘lib qoldi. U ishlab
chiqarish resursi, insonlar orasidagi aloqani ta’minlovchi qudratli vositaga aylandi.
Shu bois davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, umuman, jamiyatning axborot
uzatish tezligi hamda sifatiga bo‘lgan talablari kun sayin ortib bormoqda.
Hukumat
tomonidan
telekommunikatsiya
tizimlari
va
axborot
texnologiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qator qonun hujjatlari va milliy
dasturlar ishlab chiqilib, qabul qilindi va shu asosda faoliyat olib borilmoqda.
Albatta, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida bo‘lgani kabi, axborot va
kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi islohotlar-ni muvaffaqiyatli amalga
oshirish, o‘z navbatida, ushbu sohaning huquqiy asoslarini shakllantirish va
takomillashtirib borishni taqozo etadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda
mazkur sohada samarali huquqiy mexanizmni yaratishga muhim ahamiyat
qaratilmoqda. Ushbu soha axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish
istiqbollarini hisobga olib, soha faoliyatini takomillashtirish va qo‘llab-
quvvatlashga qaratilgan qator me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda.
Mamlakat parlamenti tomonidan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
yanada rivojlantirish, jamiyatni axborotlashtirish, shuningdek, axborot tizimlarida
axborot xavfsizligi masalalarini tartibga soluvchi «Aloqa to‘g‘risida»,
«Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida», «Axborotlashtirish to‘g‘risida», «Elektron
raqamli imzo to‘g‘risida», «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida», «Elektron tijorat
to‘g‘risida», «Avtomatlashtirilgan bank tizimida axborot himoyasi to‘g‘risida».
«Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilinib, axborot
sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash borasidagi qonunchilik
tashabbuslari
ushbu
sohada
bosqichma-bosqich
amalga
oshirilayotgan
islohotlarning uzviy davomi bo‘lib, axborot olishning erkin va teng huquqliligini
ta’minlash, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida amalga oshirish, sohada
bozor mexanizmlarini yanada takomillashtirish va axborot texnologiyalarini keng
joriy etishning mexanizmlarini yaratishni nazarda tutadi.
Axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat
hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter
texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda
ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini
yanada to‘liqroq qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kirish hamda jahon
axborot resurslaridan bahramand bo‘lishni kengaytirish uchun qulay shart-
sharoitlarni yaratish maqsadida:
Quyidagilar
kompyuterlashtirish
va
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini rivojlantirish hamda ularning zamonaviy tizimlarini joriy
etishning birinchi galdagi eng muhim vazifalari deb hisoblansin:
zamonaviy ishonchli va xavfsiz milliy ma'lumotlar axborot bazalarini
yaratish, axborot resurslari va xizmatlarining bozorini rivojlantirish, axborot
almashuvning elektron shakllariga izchillik bilan bosqichma-bosqich o‘tish;
real iqtisodiyot tarmoqlarida, boshqaruv, biznes, fan va ta'lim sohalarida
kompyuter va axborot texnologiyalarini keng joriy etish, aholi turli qatlamlarining
zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan keng bahramand bo‘lishlari uchun
shart-sharoitlar yaratish;
maktablar, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy o‘quv yurtlarining
ta'lim jarayoniga zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini egallashga
hamda ularni faol qo‘llanishga asoslangan ilg‘or ta'lim tizimlarini kiritish;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida, birinchi navbatda dasturiy
vositalarni, ma'lumotlarning axborot bazalarini ishlab chiqish, respublika, tarmoq
va mahalliy axborot-kommunikatsiya tarmoqlarini shakllantirish, kompyuter va
telekommunikatsiya texnikasini ishlab chiqish sohalarida ishlash uchun yuqori
malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni tashkil qilish;
axborot-kommunikatsiya tarmoqlari va xizmatlari konvergensiyasini nazarda
tutgan
holda
mamlakatning
barcha
hududida
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining texnikaviy infratuzilmasini, shu jumladan ko‘chma aloqa, IP
texnologiyalari, boshqa zamonaviy telekommunikatsiya va ma'lumot uzatish
vositalarini jadal rivojlantirish;
milliy va xalqaro axborot tarmoqlariga g‘oyat tezkorlik bilan kirib borishni
joriy etish, aholi punktlari, shu jumladan qishloq aholi punktlarining ularga kirib
borishini ta'minlash;
sifatli mahalliy dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni eksport qilishni
rag‘batlantirishning samarali mexanizmini yaratish;
mahalliy kompyuter texnikasi va unga butlovchi buyumlar ishlab chiqish
hamda ishlab chiqarishni tashkil etishga ko‘maklashish.
O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi O‘zbekiston aloqa va
axborotlashtirish agentligi etib qayta tashkil etilsin hamda unga quyidagi asosiy
vazifalarni hal etish yuklansin:
mahalliy, shaharlararo, xalqaro telefon-telegraf va pochta aloqasi, matbuot
tarqatish, ma'lumot uzatish tarmoqlari, shu jumladan Internet, radioaloqa, radio
eshittirish va televidenie tarmoqlarini barpo etish, faoliyatini yo‘lga qo‘yish va
xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi strategik ustuvor yo‘nalishlarni ro‘yobga chiqarish;
pochta aloqasi tizimi faoliyatini boshqarish, telekommunikatsiyalar va
axborot uzatish tarmoqlarini rivojlantirishni davlat tomonidan boshqarish, ushbu
sohalarda raqobat muhitini vujudga keltirish, tegishli faoliyat turlarini
litsenziyalash;
axborot tizimlari, telekommunikatsiyalar va ma'lumot uzatish tarmoqlarini
rivojlantirish hamda takomillashtirishga xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun
sharoit yaratish;
zamonaviy xalqaro standartlarni joriy etish, telekommunikatsiya va axborot
texnologiyalariga oid mahalliy standartlarni, texnik shartlar va talablarni ishlab
chiqib, ularni tasdiqlash;
axborot resurslari bozorini rivojlantirish, davlat boshqaruvi, biznes, sog‘liqni
saqlash, fan va ta'lim sohalarida, shuningdek jamiyat hayotining boshqa sohalarida
axborot almashuvning elektron shakllariga o‘tish dasturlarini ishlab chiqish va
amalga oshirishni tashkil qilish.
Toshkent elektrotexnika aloqa instituti Toshkent axborot texnologiyalari
universitetiga aylantirilsin.
2002/2003 o‘quv yilidan boshlab Toshkent axborot texnologiyalari
universitetida dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, tarmoq texnologiyalari, ko‘chma
radiotelefon aloqasi, elektron tijorat va axborot xavfsizligi sohalari bo‘yicha
mutaxassislar tayyorlanishi nazarda tutilsin.
2006 yilning 1 yanvarigacha bo‘lgan muddatga:
Respublikaga
olib
kelinayotgan
kompyuter
ma'lumotlarini
uzatish
tarmoqlarini barpo etishga mo‘ljallangan asbob-uskunalar, kompyuter texnikasi va
unga butlovchi buyumlar, shuningdek dasturiy vositalar bojxona to‘lovlarini
(bojxona rasmiylashtirishi uchun yig‘im bundan mustasno) to‘lashdan;
kompyuter va axborot texnologiyalariga o‘qitish bo‘yicha xizmatlar, dasturiy
vositalarni sotish, shuningdek ularga servis xizmatlari ko‘rsatish qo‘shilgan qiymat
solig‘idan ozod etilsin.
O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuniga
muvofiq hamda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati
organlari (keyingi o‘rinlarda — davlat organlari) faoliyati samaradorligini oshirish,
davlat va jamiyat qurilishi sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan keng foydalanishni ta'minlash maqsadida:
Quyidagilar axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va
rivojlantirishning asosiy vazifalari etib belgilansin:
davlat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar axborot
tizimlarining bosqichma-bosqich integratsiyalashuvi asosida Milliy axborot
tizimini shakllantirishni ta'minlash;
davlat organlarining o‘z funksiyalarini bajarishda tezkorlik va sifatni
oshirishga imkon beruvchi faoliyatini avtomatlashtirish axborot tizimlarini
yaratish;
davlat organlari tomonidan tadbirkorlik sub'ektlari va aholiga ko‘rsatiladigan
interaktiv davlat xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish va sifatini yaxshilash, tegishli
axborot resurslaridan keng ko‘lamda, shu jumladan, qishloq joylarda foydalanishni
ta'minlash;
axborot resurslari, texnologiyalari va tizimlarini, shu jumladan axborot
xavfsizligini ta'minlash tizimlarini rivojlantirish holatini hisobga olgan holda
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari
sohasida
boshqarish
tizimini
takomillashtirish;
Milliy axborot tizimining axborot xavfsizligini, uning axborot tizimlari va
resurslari himoya qilinishini ta'minlash.
2013-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish dasturi.
Kompyuterlashtirishni
va
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini
rivojlantirish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash
davlat organlarida Internet tarmog‘idan foydalanishni rivojlantirish va uning
samaradorligini baholash bo‘yicha doimiy ishlaydigan ekspert guruhini tashkil
etsin;
Do'stlaringiz bilan baham: |