Reyting mas`uliyatga undaydi
BMT ekspertlarining fikricha, 2016
yilda O'zbekistonda elektron
hukumatning rivojlanish indeksi 0,5434 yoki eng yuqori ko'rsatkichga nisbatan 54
foizni tashkil qildi. Bu yurtimizning elektron hukumat ravnaqi yuqori bo'lgan
davlatlar qatoriga kirishiga zamin yaratdi (50 foizdan yuqori).
BMTning iqtisodiy hamda ijtimoiy masalalar bo'yicha departamenti 2016
yilda dunyoning turli davlatlarida elektron hukumatning rivojlanishi haqida
navbatdagi hisobotini e`lon qildi. BMT uslubiyotiga binoan Elektron hukumatning
rivojlanishi bo'yicha indeksi asosida mamlakatlarning reytingi shakllantiriladi. Bu
indeks uchta omil, ya`ni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasi,
inson kapitali va elektron xizmatlar rivojidan iborat. Yana boshqa juda muhim
ko'rsatkich — elektron ishtirok etish indeksidagi o'sish ham katta ahamiyatga ega
hisoblanadi. Mazkur indeksga binoan, hukumatning fuqarolar, biznes sub`yektlari
hamda davlat organlari o'rtasida muloqotni rivojlantirish maqsadida axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishiga baho beriladi,
erishilgan natijalar o'rganiladi.
Yana bir diqqatga sazovor jihati, O'zbekiston elektron ishtirok etish reytingida
24 pog'ona — 2014 yilgi 71-o'rindan 2016 yilda 47-o'ringa ko'tarildi. Ushbu
indeksning o'sish sur`atlari bo'yicha respublikamiz Markaziy Osiyo mamlakatlari
orasida birinchi o'rinni, Hamdo'stlik davlatlari o'rtasida esa uchinchi pog'onani
egalladi. BMT ekspertlari O'zbekistonda uy-joy mulkdorlari shirkatlari portali (e-
kommunal.uz), ochiq ma`lumotlar portali (data.gov.uz) va normativ-huquqiy
hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portali (regulation.gov.uz) ishga
tushirilganiga e`tibor qaratishgan. Ularning fikricha, bu sa`y-harakatlar davlat
organlari faoliyati ochiqligini ta`minlash hamda xalq bilan muloqot amaliy
mexanizmlarini joriy etish borasida ijobiy qadam hisoblanadi.
Elektron hukumat rivojlanishi bo'yicha O'zbekiston indeksining o'sishida
elektron xizmatlar ko'rsatish darajasi (56 foiz o'sish bo'lgan) muhim o'rin tutdi.
Lekin bunda AKT infratuzilmasi rivojlanishi bo'yicha o'sish u darajada yuqori
bo'lmadi (6 foiz). Ushbu indeks muqim va mobil telefon aloqasi abonentlari soni,
aralash hamda simsiz keng polosali aloqa tarmog'i, shuningdek, internetdan
foydalanuvchi aholi soni asosida shakllantiriladi. 2016 yilda O'zbekistonda
internetdan muntazam foydalanadigan aholi ulushi 46,4 foizni tashkil qildi, keng
polosali internetdan foydalanadiganlar soni esa, bor-yo'g'i, 1 million 900 ming
kishiga yaqinni tashkil etdi. Inson kapitalining rivojlangan darajasi bo'yicha indeks
esa 3,5 foiz tushgan. Bunda yoshi katta kishilarning savodxonligi, aholining ta`lim
tizimi bilan qamrab olinganlik darajasiga alohida e`tibor qaratilgan.
Mutaxassislar fikriga ko'ra, onlayn xizmatlar sohasida bunday o'sishga,
asosan, ochiq ma`lumotlar portali, kommunal xizmatlarga internet orqali to'lov
imkoniyatlarining kengayishi, aholiga turli onlayn-maslahatlar berish hisobiga
erishilgan.
Ish samaradorligini oshirishga nima xalaqit bermoqda?
Elektron hukumat faoliyati samaradorligiga idoralararo elektron aloqalarning
yaxlit tizimisiz erishib bo'lmaydi. Mamlakatimizda haligacha Elektron hukumatni
rivojlantirish dasturi doirasida tegishli vakolatli davlat organlarining tadbirkorlik
sub`yektlarini ro'yxatga olish, ularga litsenziya va boshqa ruxsat beruvchi
hujjatlarni taqdim qilishga oid ma`lumotlar bazasini integratsiyalash borasidagi
vazifalar to'liq ro'yobga chiqarilmagan. Yer uchastkalari ajratish, qurilishga ruxsat
berish, mulkka bo'lgan huquqni ro'yxatga olish, muhandislik-kommunikatsiya
tarmoqlariga ulanish bo'yicha tartib-taomillar interaktiv asosga o'tkazilmagan.
“Soliq”, “Bojxona”, “Lisenziya”, “Kommunal” axborot tizimlari majmualari
“yagona darcha” tamoyilining barcha tartib-taomili o'tishi mumkin bo'lgan yagona
platformaga birlashtirilmagan.
Hozirgi paytda har bir idora ish yuritish hamda ma`muriy tartib-taomillar
bo'yicha alohida nizom va yo'riqnomalar asosida faoliyat olib bormoqda. Afsuski
bu holatda ko'plab muammolar yuzaga kelayotir. Bunday tartib ma`lumotlarni
yig'ish hamda qayta ishlashni qiyinlashtirayapti, ortiqcha byurokratik to'siqlarni
yuzaga keltirmoqda. Ayniqsa, ruxsatnoma berish bosqichida murojaat etuvchining
shaxsan hozir bo'lishi va hujjatlarning asl nusxalarini topshirishi (ularning
haqqoniyligiga ishonch hosil qilish maqsadida) zarurligi davlat xizmatlarini
masofadan turib ko'rsatish samarasini yo'qqa chiqarib yubormoqda.
Bunday integratsiyalashmagan holatlar oqibatida takrorlash, “qisman”
avtomatlashtirish hamda axborot resurslarining yopiqligi hosil bo'layapti. Oqibatda
axborot tizimlari va resurslarini joriy etish hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi hamda aholi turmush sifatini oshirishga ta`sir ko'rsatmayapti. Masalan,
“Doing Business — 2016” hisobotida “Qurilishga ruxsatnoma olish” bo'yicha
O'zbekistonda 28 kun talab qiladigan qo'shimcha 6 ta tartib-taomil borligi qayd
etilgan. Natijada aynan mana shu ko'rsatkich bo'yicha O'zbekiston 2011 yildagiga
nisbatan quyi pog'onaga pastlagan. Yer uchastkalari ajratish va qurilishga
ruxsatnoma berish eng murakkab tartib-taomillardan biri bo'lib qolayapti. Buni
tadbirkorlik sub`yektlari o'rtasida o'tkazilgan so'rovlar ham tasdiqlaydi.
Bugungi kunda respondentlarning 37,5 foizi biznes uchun yer olish
taomillarini salbiy baholaydi. Bu kayfiyat Buxoroda 50,3 foizni, Andijonda 48,6,
Jizzaxda 38,4, Samarqandda 37,7, Namanganda 37,4, Toshkent shahrida 38 foizni
tashkil qiladi. “Mulkni ro'yxatga olish” yo'nalishida ham mana shunday salbiy
vaziyat ko'zga yaqqol tashlanadi.
Ustuvor yo'nalishlar
Aytish joizki, elektron hukumat faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishda
idoralararo elektron hamkorlik tizimidan foydalanishni kengaytirish talab etiladi.
Shuni unutmaslik kerakki, elektron hukumat faoliyatida ma`lumotlar muayyan
davlat muassasasidan tashqariga chiqadi. Bu esa axborot xavfsizligi tizimini
takomillashtirishni kun tartibiga qo'yadi.
Turli idoralar axborot tizimlari o'rtasida elektron hamkorlikka o'tilishi aynan
elektron hukumatning shakllanish jarayoni sanaladi. Ushbu jarayonning markazida
davlat organi emas, aynan foydalanuvchi turmog'i lozim.
2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida elektron hukumat tizimini
yanada rivojlantirish masalasiga alohida e`tibor qaratilgan. Xususan, Xalq bilan
muloqot va inson manfaatlari yilida 2018 — 2021 yillarga mo'ljallangan tegishli
dastur ishlab chiqilishi belgilangan. Joriy yilning o'zida “Lisenziya” portali ishga
tushirilishi ko'zda tutilayapti, notarial xizmatlar avtomatlashtiriladi hamda
soddalashtiriladi. Eksport-import operatsiyalari bo'yicha ruxsat beruvchi hujjatlarni
bir xillashtirish davom ettiriladi. Davlat organlari xodimlari va aholining
internetdan
foydalanish
imkoniyatlarini
kengaytirish
hamda
kompyuter
savodxonligi oshirilishi bo'yicha chora-tadbirlar ko'riladi.
Qisqasi, bu va boshqa dolzarb vazifalarning muvaffaqiyatli ro'yobga
chiqarilishi davlat xizmatlari soni hamda sifatini oshiradi, xalq bilan muloqotni
yanada yangi,
Do'stlaringiz bilan baham: |